Yetakchi falsafasi,
tadbirkorlikning boqiy ruhi
Hurmatli tadbirkorlar!
«Golden Pages» kompaniyasining yangi loyihasi — «Yetakchilar falsafasi yoki tadbirkorlikning abadiy ruhi» nomli biznes nashrini e’tiboringizga havola etishga ijozat bergaysiz. Ayni paytda ushbu nashrning to‘rt qismi chop etildi.
Dunyo taraqqiyotning yangi davriga — axborot iqtisodiyoti deb ataluvchi bosqichga qadam qo‘ymoqda. Bunday sharoitda nafaqat sarmoyaga ega bo‘lish yoki biror noyob ishni bajara olish, balki farovonlik qoidalari va qonunlarini bilish eng asosiy omilga aylanadi.
Bu bilim yetakchining o‘ziga xos muhri kabidir: unga hayotni tirikchilik uchun kurashga aylantirib qo‘yadigan bir xillikdan qutula olgan, o‘ziga erkin bo‘lishga ruxsat bergan, o‘zining hayotiy mazmunini mustaqil izlash, topish va belgilashga jur’at etgan hamda, nihoyat, o‘zi da’vat etilgan ishni qilishdek ko‘pchilik uchun nasib etmaydigan hashamatga erishganlargina ega bo‘ladilar.
Shunda insonning o‘z falsafasi — nima asosiy va rad etib bo‘lmas ekanini aniq anglash tuyg‘usi dunyoga keladi. Yashashga va o‘z ishini rivojlantirishga yordam beradigan shaxsiy, mualliflik tamoyillari yaraladi. Yetakchilar nafaqat pul topishni, balki uni oqilona tasarruf etishni ham biladilar. Yetakchilar g‘oyani topib, uni o‘z tavakkalchiligi bilan amalga oshirishni uddalaydilar. Ularning asosiy o‘ziga xosligi — o‘z taqdiri va yelkasida turgan insonlar taqdiri uchun mas’uliyatni his etishidir. Tadbirkorlik ruhi — taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biridir.
Siz qanday falsafaga amal qilasiz, missiyangiz va asosiy tamoyillaringiz nimalardan iborat?
«Yetakchilar falsafasi yoki tadbirkorlikning abadiy ruhi» nashri kompaniyamizning besh yillik yubileyiga bag'ishlangan edi. Bu jiddiy tahliliy ish bo‘lish bilan birga, O‘zbekiston biznesining bo‘lajak hamkorlari uchun muhim axborot manbasidir.
Yangi nashr — yorqin xarakterlar va iste’dodli Shaxslarning uchrashuv maskani, g‘oyalar va professionallik namoyishidir. U o‘z oldiga qo‘ygan yuksak marralarga erishgan, nomlari bosh harf bilan yoziladigan Liderlarning timsolidir. Ular yangi avlod tadbirkorlarini tarbiyalashga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan o‘z qadriyatlar tizimini yaratib, uni ilgari surmoqdalar. Bizning kompaniyamiz esa o‘z kasbiy falsafasiga muvofiq, bu ma’lumotni barcha uchun ochiq va ommabop qiladi.