Kompaniya

MChJ «HAPPY JOURNEY»

Turistik, buxgalteriya va sug‘urta xizmatlarini taqdim etish

«Dam olishingiz — Bizga tashrif buyurishdan boshlanadi!»

Biz Sizga oilaviy va plyajdagi dam olish, sanatoriy-kurort davolash xizmatlari, ekskursiya va ma’rifiy turlarning keng tanlovini taklif etamiz. Kompaniyamiz mamlakatimiz fuqarolarining dunyoning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha safarlarini tashkil etishga, shuningdek, xorijiy fuqarolarni respublikamizga qabul qilishni tashkil etishga ixtisoslashgan. O‘zbekiston fuqarolari va xorijiy fuqarolarga O‘zbekistonga viza olishda ko‘maklashish xizmatlarini taqdim etamiz. Mutaxassislarimiz avia yoki temir yo‘l chiptalarini, shuningdek, mehmonxonalarni bron qilish bilan bog‘liq turlarni tashkil etadi hamda xorijga chiquvchi fuqarolar uchun sug‘urta xizmatlarini taqdim qiladi.

Faoliyatimizning asosiy yo‘nalishlari:

  • O‘zbekiston bo‘ylab va xorijda turli yo‘nalishdagi turlarni tashkil etish;
  • respublikamiz tog‘larida: Chorvoq, Chimyon, Oqtosh, Zomin va boshqa hududlarda dam olishni tashkil etish;
  • O‘zbekiston hududida va xorijda mehmonxonalarni bron qilish;
  • Yevropa va Osiyo mamlakatlariga safarlarni tashkil etish;
  • Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab ma’rifiy turlarni tashkil etish: Buxoro — Samarqand — Xiva;
  • Chexiya, Germaniya, Koreya, Isroil, Hindistonga davolanish va sanatoriy-kurort turlarini tashkil etish;
  • gid va tarjimon xizmatlarini ko‘rsatish;
  • O‘zbekistonga viza olish hamda xorijga chiquvchi fuqarolar uchun viza olishda ko‘maklashish;
  • xalqaro va ichki yo‘nalishlar bo‘yicha avia va temir yo‘l chiptalarini bron qilish;
  • transfer xizmatlarini tashkil etish;
  • O‘zbekiston hududida transport xizmatlarini tashkil etish;
  • mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari, konferensiyalar va ma’ruzalarni tashkil etish;
  • seminarlar tashkil etish;
  • O‘zbekiston hududida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalar va ko‘rgazmalarda ishtirok etishni tashkil etish;
  • korporativ turlarni tashkil etish.

Plyajda dam olishni xohlovchilar uchun Turkiya, Goa, Bali va Xaynan orollariga sayohatlarni taklif etamiz, ekzotik sayohatlarni yoqtiruvchilar uchun esa Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari — Singapur, Indoneziya, Malayziya, Tailand, Xitoy, Maldiv orollari va BAAga sayohatlarni tavsiya qilamiz. Kompaniyamiz xizmatlaridan foydalanib, Chexiya, Fransiya, Gretsiya, Ispaniya, Italiya, Avstriya, Germaniya, Polsha va boshqa Yevropa mamlakatlarining diqqatga sazovor joylari bilan tanishishingiz mumkin. Biz Qrim, Sochi, Yalta, shuningdek, Rossiyaning boshqa hududlarida dam olishni tashkil etishga yordam beramiz.

Manzil
100194, г. Ташкент, кв-л Юнусабад-12, 16/14
Telefon
(+998) 90 9393988
Sayt
www.happyjourney.uz
E-mail
happy.journey@mail.ru
Rahbarlar

Kompaniya shaxslari