Kompaniya

IXTISOSLASHGAN KORXONA «TASHELEKTROSHIT®»

Elektrotexnika uskunalari - ishlab chiqarish, sotish

«Suvsobuskunamash» OAJ zavodining tarixi 1942-yilda Suv xo‘jaligi xalq komissarining buyrug‘i bilan tashkil etilgan mexanik ustaxonalar bazasining tashkil etilishidan boshlanadi.

1999-yilda «ISTEL» SG (sanoat guruhi) fond bozorida zavod aksiyalarini sotib oldi hamda korxonani modernizatsiya qilishga mablag‘ yo‘naltirdi. Zavodda modernizatsiya ishlari bundan avval oxirgi marta 1976-yilda amalga oshirilgan edi. Barcha stanoklar tom ma’noda qo‘lda qayta ta’mirlandi. Zavod transformator podstansiyalarini 1987-yildan buyon ishlab chiqarib kelmoqda. Chirchiq shahrida joylashgan Butunittifoq Transformator qurilishi instituti tomonidan korxonaga konstruktorlik va texnologik hujjatlar topshirildi, ishchi va mutaxassislar esa «ChTZ»da stajirovka o‘tadilar.

Zavodning umumiy maydoni 68 800 kv. m ni, ishlab chiqarish maydoni esa 18 560 kv. m ni tashkil etadi. Zavod metall kesish, bolg‘alash-presslash va yuk ko‘tarish uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, ularning umumiy soni 190 tani tashkil qiladi. Ishlab chiqarish metall konstruksiyalar, apparat, mexanika va asbobsozlik sexlaridan tashkil topgan. Uchastkalar: galvanik ishlov berish, ikkilamchi kommutatsiya va transport uchastkalari. Yordamchi xizmatlar: elektr ta’mirlash sexi, ta’mirlash-mexanika sexi. Transformator podstansiyalari qabul qilish-topshirish sinovlaridan o‘tkaziladi. Buning uchun zamonaviy laboratoriya jihozlangan bo‘lib, u Gosstandartda ro‘yxatdan o‘tgan. Laboratoriyaning akkreditatsiya guvohnomasi № 128.

Korxona mintaqada uskunaning xizmat muddatini bir necha barobar uzaytiruvchi polimer-kukunli qoplamani qo‘llaydigan yagona muassasadir. “Energoshchit” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi elektrotexnika uskunalari ishlab chiqarish bo‘yicha texnik shartlarni ishlab chiqqan va joriy etgan muallif va asl nusxa egasidir.

“Tashelektroshchit®” – bu “Energoshchit” IIChBga tegishli savdo belgisi bo‘lib, u nafaqat O‘zbekiston va O‘rta Osiyo mintaqasida, balki Rossiya bozorida ham tanilgan va ishonch qozongan.

2006-yilda kompaniya mahsulotlari ISO 9001 sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Bugungi kunda kompaniya to‘liq xususiy korxona hisoblanadi.

Manzil
...
Telefon
...
E-mail
info@tashelektroshield.uz