“Biz uchun arzimas ishning o‘zi yo‘q...”
“FIDES” advokatlik byurosi 1999-yilda tashkil etilgan, biroq uning faoliyati boshlanishini 1996-yil — “TEMIS” faktoring agentligi tuzilgan vaqtdan deb hisoblash mumkin. “FIDES” AB rasman Faktoring agentligining huquqiy vorisi bo‘lmasa-da, uning an’analari, tajribasi va tamoyillarini o‘zlashtirgan hamda davom ettirmoqda.
Bugungi kunda “FIDES” — tadbirkorlik bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq huquq sohalariga ixtisoslashgan advokatlik tuzilmasidir. U tadbirkorlik faoliyatini huquqiy qo‘llab-quvvatlash va huquqiy konsalting bilan shug‘ullanadi, o‘z mijozlarining manfaatlarini turli organlarda, jumladan, sud idoralarida himoya qiladi. Advokatlik byurosi xodimlarining yuksak professionalligi — ko‘rsatiladigan yuridik yordam sifati kafolatidir.
Byuroning asosiy mijozlari iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi banklar, ishlab chiqarish, investitsiya, savdo, media korxonalari hamda turli tashkiliy-huquqiy shakllardagi, jumladan, xorijiy kapital ishtirokidagi boshqa korxonalar bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Byuro xalqaro investitsiya loyihalarini huquqiy kuzatib boradi, Rossiya, Turkiya, Xitoy, Isroil va boshqa davlatlar kompaniyalarining manfaatlarini nafaqat O‘zbekiston hududida, balki uning tashqarisida ham himoya qiladi.
Byuro har yili 100 dan ortiq sud ishida o‘z mijozlari manfaatlarini ifodalaydi.