"Fido-biznes" kompaniyasi 1993-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda kompaniya O‘zbekiston bozorida axborot tizimlari va texnologik yechimlarning eng yirik ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilaridan biri hisoblanadi.
Hozirda kompaniyada 70 dan ortiq kishi doimiy asosda mehnat qilmoqda. Oracle MBBT va Oracle E-Business Suite bo‘yicha o‘qitilgan va sertifikatlangan mutaxassislar mavjud.
"Fido-biznes" Oracle, IBM, Bull, Microsoft, Fujitsu Siemens, "InfoTex" OAJ, IDS Scheer kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi.
Kompaniya faoliyati tizimli integratsiya va korxonalar hamda tashkilotlar faoliyatini avtomatlashtirish tizimlarini ishlab chiqish, korporativ tizimlarni yaratishdan iborat:
Axborot tizimlarining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish;
Oracle yechimlarini maslahat berish, joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlash;
Oracle MBBT, axborot xavfsizligini ta’minlashning dasturiy-texnik vositalari, server, bank va ofis uskunalarini yetkazib berish, joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlash.