Kompaniya

ADVOKATLAR BYUROSI «GALERA»

Advokatura

«GALERA» advokatlik byurosi: «ADVOKAT — BU NATIJA!»

«GALERA» advokatlik byurosi yuridik xizmatlar bozorida 7 yildan buyon muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Byuro tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni birlashtirgan. Kompaniya fuqarolar va tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda xorijda turli yo‘nalishlar bo‘yicha malakali yuridik yordam ko‘rsatadi. «GALERA» xo‘jalik, fuqarolik, mehnat, jinoyat, ma’muriy, bojxona va soliq huquqi sohalarida ixtisoslashgan.

«GALERA» advokatlari — oliy yuridik ma’lumotga ega, O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda xorijda advokatlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan malakali va mas’uliyatli mutaxassislardir.

«GALERA» advokatlik byurosi quyidagi yuridik xizmatlarni taqdim etadi:

  • Korxonalarni (MChJ, QK, AJ, YoAJ, YaTT va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllardagi subyektlarni) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish. Xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari hamda ularning xodimlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish. Korxonalarning asosiy faoliyat yo‘nalishlari uchun zarur litsenziyalarni olishda huquqiy ko‘mak ko‘rsatish;
  • Xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun biznes yuritish modellarini ishlab chiqish va optimallashtirish, amaldagi soliq imtiyozlarini hisobga olgan holda soliqqa tortish masalalari bo‘yicha maslahat berish;
  • Xorijiy investorlar uchun bozorning iqtisodiy-huquqiy tahlilini o‘tkazish hamda rasmiy yozma xulosalar tayyorlash;
  • Iqtisodiy (xo‘jalik), ma’muriy, jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda manfaatlarni himoya qilish;
  • Tadbirkorlar va jismoniy shaxslarga doimiy (abonentlik) asosida kompleks yuridik xizmat ko‘rsatish;
  • Korxonalar va xususiy tadbirkorlarga huquqiy xizmatlar ko‘rsatish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligida tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida huquqiy yordam ko‘rsatish.
Manzil
100025, Toshkent sh., A. Qahhor ko‘chasi, 47
Telefon
(+998) 90 9997315, (+998) 94 6987315
E-mail
tim_leader@mail.ru
Rahbarlar

Kompaniya shaxslari