“Holis Guruh” auditorlik tashkiloti: “Mustaqillik va mas’uliyat — faoliyatimiz asosi”.
“Holis Guruh” — 1996-yilda tashkil etilgan yetakchi mustaqil auditorlik kompaniyasi bo‘lib, bugungi kunda O‘zbekiston audit va konsalting bozoridagi eng yirik auditorlik kompaniyalari qatoridan o‘rin olgan. O‘zbekiston Respublikasidagi dastlabki auditorlik kompaniyalaridan biri bo‘lgan “Holis Guruh” o‘z kasbiy mahoratini yuksaltirish va ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini takomillashtirish yo‘lida uzoq rivojlanish bosqichini bosib o‘tdi. “Holis Guruh” auditorlik tashkiloti “Baker Tilly International” xalqaro auditorlik tarmog‘ining a’zosi bo‘lib, bu kompaniyaga jahon moliya markazlarida mijozlarga xizmatlar taklif etish imkonini beradi. Tarmoqqa a’zolik “Holis Guruh” mijozlariga uning a’zolari tomonidan to‘plangan noyob tarmoq tajribasidan foydalanish uchun sharoit yaratadi. “Holis Guruh” mijozlariga “Baker Tilly International” ofislari faoliyat yuritayotgan dunyoning 110 mamlakatining istalganida qo‘llab-quvvatlash kafolatlanadi. 2007-yil aprel oyida kompaniyamiz menejment tizimining DIN EN ISO 9001:2000 standarti talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi sertifikatni qo‘lga kiritdi. Kompaniya Xalqaro va Milliy audit standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlar auditi sohasida sifat menejmenti tizimini joriy qilgan va amalda qo‘llab kelmoqda. Dastlabki mustaqil reyting kompaniyasi bo‘lgan “Audit reyting” bahosiga ko‘ra, “Holis Guruh” so‘nggi bir necha yildan buyon O‘zbekistonning eng yaxshi auditorlik tashkiloti sifatida e’tirof etilmoqda.