«Lex Uz» advokatlik firmasi 2004-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunga kelib u fuqarolik va jinoyat ishlarini yuritishdan tortib, biznesni huquqiy kuzatishgacha, oilaviy mulkiy nizolar va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishdan tortib, korporativ huquq masalalarigacha, jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi nizolarni hal qilish kabi munosib, integratsiyalashgan va kompleks yuridik xizmatlarni taklif qiluvchi yetakchi kompaniyalardan biriga aylangan. Firma o‘z faoliyati davomida turli murakkablikdagi masalalarni hal qilish bo‘yicha salmoqli tajriba to‘plagan.
«Lex Uz» advokatlik firmasi davlat va nodavlat tuzilmalarida birdek yo‘lga qo‘yilgan mustahkam ishbilarmonlik aloqalariga ega bo‘lib, O‘zbekistonning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotidan doimo xabardordir. «Lex Group» hamkorlar guruhi ikkita mustaqil advokatlik tuzilmasi — «Lex Uz» advokatlik firmasi va «Astrea Solution» advokatlik byurosi negizida tashkil etilgan. Belgilangan maqsadlar, ish uslubi va masalalarni hal etishga yondashuvlarning o‘xshashligini inobatga olib, kompaniyalar yuridik xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini oshirish hamda mijozlar manfaatlarini yuqori darajada himoya qilish uchun o‘zaro birlashdilar.