“ALTAIR MET.KON” MChJ 2000-yilda tashkil etilgan. Kompaniya nostandart uskunalar va turli metall konstruksiyalarni tayyorlashga ixtisoslashgan. Xodimlar soni – 20 kishi. Korxona metallga mexanik ishlov berish dastgohlari parki, temirchilik-presslash, gazpayvand va boshqa uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, ularning aksariyati kompaniyaning “nou-xau”si hisoblanadi.
Kompaniya loyihalari:
Qishki bog‘ – buyurtmachi O‘zR PA IChB Inshootlardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish departamenti;
Qoplama plitalarni “quruq” usulda o‘rnatish uchun mahkamlagichlarni loyihalash va tayyorlash. Ular Senat, Hukumat uyi, Moliya vazirligi, QKMK biznes markazi, G‘aznachilik binolarini pardozlashda qo‘llanilgan;
“GREEN WORLD” QK, “DUMMAS” MChJ uchun texnologik uskunalar tayyorlash.
Ishlarni bajarishda kompaniya mutaxassislari o‘zlarining ishlanmalaridan foydalanadilar.