“Sifat — hal qiluvchi omil”
“Plastilin group” MChJ 2004-yil yanvar oyida tashkil etilgan. Jamiyatning ta’sischilari — Garifulina Nailya Shayxullayevna va Yevdokimov Vitaliy Yuryevich.
“Plastilin group” MChJning asosiy faoliyat turi reklama xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: professional fotosuratga olish, video va animatsion roliklar yaratish, tashqi reklama, reklama kampaniyalarini o‘tkazish, ofislarni bezatish, bukletlar, reklama plakatlari, logotiplar dizaynini ishlab chiqish va hokazo.
Agentlikning yuzi — Anneliya Garifulina. U O‘zbekistonda Nestle, Coscom, Roison, Slake va boshqa kompaniyalar uchun imij yaratgan, shuningdek, Seul (Janubiy Koreya), Tokio (Yaponiya), Taypey (Tayvan) shaharlaridagi modellik agentliklarida ishlagan fotomodeldir.