«Mutlaqo yangi preparatlarni o‘zlashtirish yo‘lida»
«Radiks» XIIK farmatsevtika korxonasi 2001-yil 27-sentyabrda tashkil etilgan.
Dori vositalari zamonaviy uskunalarda sifatli xomashyodan ishlab chiqariladi va xalqaro standartlarga mos keladi.
«Radiks» XIIK muayyan dori turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 8 ta ishlab chiqarish sexiga ega:
- tabletka va kapsulalar;
- ampuladagi inyeksiya uchun eritmalar; damlamalar, sirop va spirtli eritmalar;
- malham, pasta va linimentlar ishlab chiqarish;
- infuzion eritmalar ishlab chiqarish;
- inyeksiya uchun antibiotiklar ishlab chiqarish.
Ayni paytda korxona 20 ta farmakoterapevtik guruhga oid 70 dan ortiq nomdagi generik va original preparatlarni ishlab chiqarmoqda. Korxona generik preparatlar bilan bir qatorda «Loringosept», «Pentakold» va boshqa brendlar ostida bir qator dorilarni yaratdi. Har yili ishlab chiqariladigan dorilar ro‘yxati keng va yo‘naltirilgan terapevtik ta’sirga ega yangi preparatlar bilan boyitilmoqda. Inyeksion preparatlar, polimer idishdagi infuzion eritmalar, steril kukunlar va flakondagi antibiotiklarni ishlab chiqarishning ikkinchi bosqichini o‘zlashtirish rejalashtirilgan.
«Radiks» XIIKda ishlab chiqarish jarayoni ISO va GMP xalqaro standartlari talablariga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan. Xodimlarni o‘qitish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilgan. Bu sa’y-harakatlar natijasi – har bir xodimimizning professionalligi va zamonaviy tayyorgarlik darajasidir.
«Radiks» XIIK shiddatli bozor raqobati sharoitida barqaror iqtisodiy mavqe va o‘sishni namoyon etmoqda.