Kompaniya

MChJ «SHAYANA FARM»

Farmatsevtika

O‘zbekistondagi 7 yillik muvaffaqiyatli faoliyat.

«Shayana Farm» MChJ 2002-yil oktabr oyida tashkil etilgan. Dori vositalarini import qilish va ulgurji sotish bilan shug‘ullanuvchi «Shayana Farm» MChJ farmatsevtika kompaniyasi quyidagi dori vositalari ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning eksklyuziv distribyutori hisoblanadi: «CADILA Pharmaceuticals Limited» (Hindiston), «Sherus Pharma (PVT.) LTD.» (Hindiston), «Mac Milan & Company LLC.» (AQSh), «OMNI Lens PVT. LTD.» (Hindiston), «Li Taka Pharmaceuticals LTD.» (Hindiston), «Naprod Life Sciences Pvt. Ltd.» (Hindiston), «Bal Pharma LTD» (Hindiston), «Saga Laboratories» (Hindiston), «Phoenix Pharmaceuticals» (Hindiston), «Rajat Pharmachem» (Hindiston), «Ziva Impex» (Hindiston), «AconBiotech» (AQSh), «Standerd Diagnostic» (Koreya), «Reliance Life Sciences» (Hindiston), «Mecca Industries» (Hindiston), «United Phosphorus LTD.» (Hindiston).

Kompaniya WHO GMP xalqaro standartlari talablariga javob beruvchi keng turdagi dori vositalarini yetkazib beradi: og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, antibakterial, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari uchun, vitaminli, yo‘talga qarshi, antatsid, allergiyaga qarshi preparatlar, antibiotiklar, o‘smalarga qarshi vositalar va boshqa dori vositalari.

«Shayana Farm» MChJ silga qarshi dasturlar, veterinariya, agrokimyo, oftalmologiya, xirurgiya va boshqa yo‘nalishlarda eng ishonchli kompaniyalardan biri sifatida e’tirof etilgan. Kompaniya mahsulotlari qatorida mamlakatdagi yetakchi brendlar: «Miagra», «Doleks», «Serikof», «Serikold», «Balgil», «Dolak», «Pstal», «Omni Lens» va boshqa mahsulotlar mavjud.

Kompaniyaning istiqboldagi rejalari qatorida «Eksen-forte» (vitaminlar bilan boyitilgan fosfolipidlar) preparatini, avvalo O‘zbekistonda, in’eksiya shaklida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ham mavjud. Kompaniyaning Hindistonning Ahmadobod shahrida o‘z bo‘linmasi mavjud bo‘lib, u yerda WHO GMP standartlari talablariga qat’iy rioya qilgan holda yuqori sifatli mahsulotlar — «SHAYANA HEALTHCARE PVT. LTD» ishlab chiqariladi.

Manzil
100057, Toshkent sh., Qoraqamish-1/4 dahasi, Gulsaroy ko'chasi, 19
Telefon
71 2072193, 71 2072191
Sayt
www.shayanafarm.com
E-mail
info@shayanafarm.com
Rahbarlar

Kompaniya shaxslari