“SOLAR COLORIT” REKLAMA-MATBAA MAJMUASI — eksklyuziv reklama va poligrafiya majmuasi.
“SOLAR COLORIT” reklama va poligrafiya majmuasi 2005-yilda tashkil etilgan. Faoliyatining nisbatan qisqa muddati ichida kompaniya o‘zi taklif etayotgan mahsulotlarning yuqori sifati, qisqa tayyorlash muddatlari va hamyonbop narxlari tufayli O‘zbekiston bozorida munosib o‘rin egallashga muvaffaq bo‘ldi.
Bugungi kunda “SOLAR COLORIT” RMM nostandart suvenirlar, poligrafiya mahsulotlari, yuqori sifatli keng formatli interyer chopini ishlab chiqarish bo‘yicha to‘liq xizmatlar majmuasini, shuningdek, professional grafik dizayn, veb-dizayn va saytlarni dasturlash, interyer, eksteryer hamda landshaft dizayni xizmatlarini taklif etadi. Ishlab chiqarish binosida to‘qimachilik mahsulotlari hamda yassi/silindrsimon/konussimon buyumlarga tamponli va trafaretli choplarni tushirish uskunalari, lazerli o‘yma mashinasi (turli xil materiallarni kesish va o‘yish), frezerli-o‘yma dastgohi o‘rnatilgan. Shuningdek, kompaniyamiz tamponli va trafaretli chop uchun qoliplar tayyorlash, chopgacha va chopdan keyingi ishlov berish (risolalash, tikish, termoyelimlash, qog‘oz kesish, laminatsiya, bosma naqsh va o‘yma naqsh tushirish) xizmatlarini ham ko‘rsatadi.
Bu yil to‘qimachilikka termotransfer, plastik kartalar ishlab chiqarish, stereo-vario chop va shishaga o‘yma naqsh solish yo‘nalishlarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. “SOLAR COLORIT” RIK Qozog‘istonda o‘z filialiga ega (“SOLAR COLORIT ALMATY” RMM). Yaqin orada O‘zbekistonning Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Navoiy va Samarqand shaharlarida, shuningdek, Dushanbe shahrida “SOLAR COLORIT TJ” RMM (Tojikiston) filiallari ochiladi.