Kompaniya

XIIK «SUPROMED»

Tibbiyot uskunalarini ishlab chiqarish

Tibbiyot asbobsozligida innovatsion yechimlar.

“SUPROMED” kompaniyasi 1997-yilning mart oyida tashkil etilgan.

“SUPROMED” – turli tibbiy va boshqa murakkab uskunalarni loyihalash hamda ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonadir.
Korxona mahsulotlari asosan O‘zbekiston Respublikasi va qo‘shni davlatlardagi tibbiyot muassasalarini – davlat korxonalarini ham, xususiylarini ham jihozlashga mo‘ljallangan. Korxonaning manfaatlar doirasi va ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘z ichiga loyihalashning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini oladi: fizioterapiya, diagnostika, jarrohlik, sanitariya, kosmetologiya va boshqa sohalar uchun apparatlar.

Korxona mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi viloyatlaridagi qishloq vrachlik punktlarini jihozlash uchun apparatlar ishlab chiqilib, ishlab chiqarishga joriy etildi. Tashkiliy jihatdan korxona konstruktorlik byurosi – ya’ni, konstruktorlik bo‘limi va o‘zining tajriba-sinov ishlab chiqarishi tamoyili asosida qurilgan. Ishlab chiqarish hajmi va mahsulotlar nomenklaturasi doimiy ravishda o‘sib bormoqda.

Bugungi kunga qadar 25 turdan ortiq mahsulot ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan 20 turi seriyali ishlab chiqarishga yo‘lga qo‘yilgan, mahsulotlar uchun 5 ta patent, shuningdek, O‘zR Sog‘liqni saqlash vazirligining 12 ta ro‘yxatga olish guvohnomasi olingan.

2001-yilda firma “Bolalar yili”, “Ona va bola” Davlat dasturlari bo‘yicha Davlat buyurtmasini bajarishda ishtirok etdi. “SUPROMED” XIIK kollej va litseylarni laboratoriya va namoyish uskunasi bilan jihozlash dasturlarida qatnashib kelmoqda. 11 turdan ortiq laboratoriya va namoyish uskunasi ishlab chiqilgan.

Manzil
Toshkent sh., Bunyodkor shoh ko‘chasi, 4
Telefon
(+998) 90 9778007
Sayt
www.supromed.uz
E-mail
supromed@mail.ru
Rahbarlar

Kompaniya shaxslari