“Energetika — hech qachon eskirmaydigan, doimo zamonaviy va zaruriy soha”
“TOSHKENT TRANS ENERGO” ishlab chiqarish-savdo korxonasi 2004-yil mart oyida tashkil etilgan. Korxonaning asosiy faoliyati past va yuqori kuchlanishli elektr uskunalarini ishlab chiqarishdan iborat. Uning vazifasi import o‘rnini bosuvchi uskunalar ishlab chiqarish hamda respublikamizda tayyorlangan mahsulotlarni eksport qilishdir. Jahon energetikasining mahsulotlarimizga bo‘lgan talabi ham muhim jihat sanaladi. Korxona jamoasi yosh, biroq tajribali mutaxassislardan tarkib topgan bo‘lib, ularning har biri energetika sohasida chuqur bilimga va ilg‘or texnologiyalardan foydalanish tajribasiga egadir. Ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlarga besh yilgacha kafolat beriladi. Uskunalar akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyada majburiy sinovdan o‘tkazilib, Davlat sifat standartlariga muvofiqlik sertifikati taqdim etiladi. Metall konstruksiyalar kukunli bo‘yoq bilan qoplanadi, transformator chulg‘amlari vakuumli kameralarda quritilgach, yig‘ish sexida yig‘iladi. Barcha butlovchi qismlar sifat nazoratidan o‘tkaziladi. “TOSHKENT TRANS ENERGO” IChSK 6–10–35–110–220 kV kuchlanishli past va yuqori kuchlanishli elektr-texnika uskunalari hamda transformator podstansiyalarini ishlab chiqarish bo‘yicha ISO 9001 sifat menejmenti tizimining muvofiqlik sertifikatiga ega.
Tender savdolaridagi muvaffaqiyat garovi — bu elektr-texnika uskunalari ishlab chiqaruvchilari orasidagi maqbul narxlar, egiluvchan chegirmalar tizimi, tayyorlash va yetkazib berishning qisqa muddatlaridir. Ishlab chiqarilayotgan uskunalardan neft-gaz, elektr energetikasi, sanoat, shuningdek, respublika xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlaridagi korxonalar keng foydalanadi. “TOSHKENT TRANS ENERGO” ISHK O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan “Tashabbus–2009” ko‘rik-tanlovida “Yilning eng yaxshi tadbirkori” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib, “Tashabbus–2010” ko‘rik-tanlovida esa “Yosh tadbirkor” nominatsiyasi bo‘yicha sovrindor bo‘lgan. “TOSHKENT TRANS ENERGO” IChSK buyurtma berishdan tortib, to mahsulotni qabul qilib olishgacha bo‘lgan jarayonda vazifalaringizni kompleks tarzda hal etadi. Yuqori malakali mutaxassislarimiz uskunalardan foydalanish jarayonida sizga yordam beradi va sizni qiziqtirgan har qanday qo‘shimcha ma’lumotni qisqa muddatlarda taqdim etadi.