«Reklama ishlab chiqarish sohasidagi innovatsiyalar»
«VITRINA PLUS» reklama-ishlab chiqarish korxonasi 2007-yil yanvar oyida tashkil etilgan. Uning ta’sischilari O‘zbekiston hududidagi reklama sohasining eng yirik kompaniyalari – Toshkent Xalqaro Biznes-markazi va «SIYMO SAVDO» MChJ hisoblanadi.
«VITRINA PLUS» reklama-ishlab chiqarish korxonasining asosiy vazifasi – O‘zbekiston reklama bozorini tashqi reklama, yuqori sifatli keng formatli, sublimatsion va UF-bosma, shuningdek, POS/POSM materiallari (savdo joylarini bezatish va mijozlar bilan muloqot vositalari: vitrinalar, peshlavhalar, degustatsiya stollari, jumbilar, lavhachalar, bayroqlar, girlyandalar, mobayllar, polga yopishtiriladigan stikerlar, yorug‘lik qutilari, ustunlar (stellajlar), dispenserlar, kassadagi mayda pul idishlari va h.k.) ishlab chiqarish sohasidagi “birinchi qo‘l”dan olinadigan yangi va qiziqarli g‘oyalar bilan sifatli to‘ldirishdan iborat. JUMBI — bu mahsulotning hajmli, bir necha barobar kattalashtirilgan maketidir.
Kompaniya sifatli mahsulotlar yaratish uchun o‘zining ishlab chiqarish bazasi, dizayn-studiyasi va eksklyuziv uskunalariga ega. Korxona jamoasi reklama biznesi sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar — o‘z faoliyat yo‘nalishlarida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan menejerlar, dizaynerlar, ishlab chiqarish xodimlari (muhandis-texnologlar) va marketologlardan tarkib topgan. Kompaniyaning maqsadi bozorni yuqori sifatli reklama mahsulotlari bilan to‘yintirish, jahon standartlariga tayanib, reklama ishlab chiqarish darajasini eng yuqori cho‘qqiga olib chiqishdir. Kompaniya maqbul narxlarda standartlashtirilgan reklama mahsulotlarini keng miqyosda ishlab chiqarish bo‘yicha bozorning asosiy segmentini egallashni rejalashtirgan. Shuningdek, ham intellektual, ham ishlab chiqarish mahsulotini yaratishning yagona mexanizmini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
63.
“Faoliyat – bilishning yagona yo‘lidir”
“VLS SOLMOK” MChJ ishlab chiqarish-tijorat firmasi — Vladimir Aleksandrovich Stepuxin rahbarligida sport trenajyorlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan Xususiy tadbirkorlar birlashmasi rivojining mantiqiy davomidir.
Firmaning asosiy faoliyati — kuchishlatar tuzilmalar, vazirliklar va idoralar uchun sport trenajyorlarini seriyali ishlab chiqarishdan iborat. Bugungi kunga kelib, davlat tuzilmalari, korporativ buyurtmachilar va tijorat tashkilotlariga qarashli 1300 dan ortiq sport zali bizning trenajyorlarimiz bilan jihozlangan. Ayni vaqtda kompaniya Markaziy Osiyoda trenajyorsozlik sohasidagi yetakchi ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Faqat sifatli metall prokatdan yasalgan trenajyorlarimiz mustahkamligi va sifati jihatidan G‘arb namunalaridan qolishmaydi.