«AZIYOELEKTROENERGIYA — Dunyoda munosib o‘rin egallash»
«Aziyoelektroenergiya» ilmiy-ishlab chiqarish tashkiloti 2002-yilda tashkil etilgan. Olti yillik qisqa muddat ichida tashkilot iste’molchilar ishonchini qozonib, O‘zbekiston elektrotexnika uskunalari bozorining teng huquqli hamkori va faol ishtirokchisiga aylandi.
«Aziyoelektroenergiya» IICHB ishlab chiqaruvchi zavodi — bu ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun to‘liq mas’uliyat va kafolatni o‘z zimmasiga olgan «A dan Z gacha energiya» demakdir. «Aziyoelektroenergiya» IICHBda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nafaqat O‘zbekistonda, balki yaqin va uzoq xorij mamlakatlarida ham yuqori talabga ega. Bugungi kunda «Aziyoelektroenergiya» mahsulotlarining yuksak sifatiga ishonch hosil qilgan Rossiya, Qozog‘iston, Afg‘oniston, Eron, Janubiy Koreya va Xitoy korxonalari bilan mustahkam aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Bu — oqilona tafakkur, innovatsion g‘oyalar va bilimlarning samarasidir.
«Aziyoelektroenergiya» IICHB mahsulotlari neft, gaz, ko‘mir, konchilik, metallurgiya, energetika va sanoatning boshqa tarmoqlaridagi korxonalarda, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va temiryo‘l transportida qo‘llaniladi. Korxonaning sifat menejmenti tizimi ISO 9001:2000 xalqaro standartiga mos keladi.
«Aziyoelektroenergiya» IICHBning barcha mahsulotlari korxonaning akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyasida sinchkovlik bilan sinovdan o‘tkaziladi va O‘zbekistonning yetakchi sertifikatlashtirish idoralari tomonidan sertifikatlanadi. Barcha mahsulotlarga 5 yilgacha kafolat beriladi.
«Aziyoelektroenergiya» IICHB dunyoning yetakchi kompaniyalarining yangi texnologik liniyalarini joriy etish orqali o‘z faoliyatini takomillashtirish ustida ish olib bormoqda. Bu esa ichki va jahon bozorlariga raqobatbardosh mahsulotlar yetkazib berish imkonini yaratadi.