Kompaniya

TIBBIY MARKAZI «ANIK»

Tibbiyot

“ANIK” tibbiyot markazi — bolalar va kattalarda tayanch-harakat tizimi kasalliklarini davolash va oldini olish bo‘yicha respublikada tan olingan peshqadam, A. K. Nazarov tomonidan ishlab chiqilgan noyob davolash metodikasi asosida muqobil tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi O‘zbekistondagi ilk xususiy klinikalardan biridir. Metodikaning mohiyati umurtqa pog‘onasiga kompleks ta’sir o‘tkazish orqali har qanday a’zoning nerv oxirlari faoliyatini tiklashdan iborat.

Markazning professional mutaxassislari — manual terapevtlar, pediatrlar, vertebrologlar, nevrologlar, ortopedlar, artrologlar, LOR-shifokorlar, lazeroterapevtlar, fizioterapevtlar va osteopatlar keng ko‘lamli xizmatlarni taqdim etadi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: biorezonans refleksodiagnostikasi, igna bilan davolash (refleksoterapiya), lazeroterapiya, manual terapiya, traktsion terapiya (tortish usuli bilan davolash), maxsus massaj, fizioterapiyaning eng so‘nggi usullari, elektrostimulyatsiya, fitoterapiya, takomillashtirilgan shifobaxsh gimnastika hamda ingliz metodikasi bo‘yicha korreksiyalovchi gimnastika mashqlari.

Manzil
100052, Toshkent sh., Katta Darxon ko‘chasi, 5
Telefon
71 2861001, 71 2861857, (+998) 99 8161001
Sayt
www.doktornazarov.uz
E-mail
centr.nazarova@mail.ru