Kompaniya

VAKOLATXONASI «KRKA»

Farmatsevtika

“Sog‘lom turmush tarzi yo‘lida”

“KRKA” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi 2003-yilda ochilgan. “KRKA” kompaniyasi Yevropadagi yetakchi generik dori vositalari ishlab chiqaruvchi farmatsevtika korxonalaridan biridir. “KRKA” o‘z mahsulotlarini shaxsiy savdo belgilari ostida dunyoning 70 dan ortiq mamlakatiga yetkazib beradi hamda xorijda 42 ta korxona va vakolatxonaga ega. “KRKA” kompaniyasi faoliyatining maqsadi sifatli, xavfsiz, samarali va hamyonbop narxdagi generik preparatlarni ishlab chiqish hamda sotishdan iborat. “KRKA” assortimentidan retsept bo‘yicha beriladigan preparatlar, o‘z-o‘zini davolash uchun mo‘ljallangan vositalar, veterinariya va kosmetika mahsulotlarining keng turlari o‘rin olgan. Mahsulot sifati “KRKA”ning asosiy raqobatdosh ustunligi va kompaniya muvaffaqiyatining garovidir. Sifat, bu tushunchaning eng keng ma’nosida, korxonaning barcha xodimlari tomonidan yaratiladi va ta’minlanadi hamda ular buning uchun bevosita javobgardirlar. Shu tariqa, “KRKA”da tushuniladigan va amalda bo‘lgan sifat standartlar, qoidalar va ko‘rsatmalar doirasidan chetga chiqdi, negaki u xodimlarning ish kunining bir bo‘lagiga, hayotining oddiy bir qismiga aylangan.

Manzil
100015, Toshkent sh., Afrosiyob ko‘chasi, 14
Telefon
78 1502828, 78 1502929
E-mail
info@krka.biz
Rahbarlar

Kompaniya shaxslari