Kompaniya

MChJ «SOVPLASTITAL»

Xalq iste’moli mollari - savdo, ishlab chiqarish

«SOVPLASTITAL» — 2007-yilda MDHdagi eng yaxshi kompaniya.

«SOVPLASTITAL» kompaniyasi 1987-yil sentyabr oyida tashkil etilgan.

«SOVPLASTITAL» MChJ polimer materiallar, chinni, rangli shisha, keramika va boshqa materiallardan mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 2006-yilda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 1,8 baravar o‘sgan bo‘lsa, 2007-yilda bu ko‘rsatkich yana 1,4 baravarga oshdi.

«Sovplastital» MChJ milliy o‘ziga xoslikni aks ettiruvchi butunlay yangi xalq iste’moli mollarini yaratish sohasidagi yutuqlari hamda ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining yuqori sifati uchun AQSH, Angliya, Rossiya, Shveysariya, Turkiya, Ispaniya, Ukraina, Meksika, Daniya, Fransiya va O‘zbekistonda o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmalarning mukofotlari bilan taqdirlangan.

O‘tgan davr mobaynida korxonada 1000 turdagi yangi yuqori sifatli plastmassa buyumlar, 7000 dan ortiq turdagi chinni, keramika, rangli shisha mahsulotlari va Yangi yil assortimenti ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda korxonada plastmassani qayta ishlash bo‘yicha barcha ma’lum texnologiyalar joriy etilgan, dunyoda biror yangilik paydo bo‘lsa, qisqa vaqt ichida u «Sovplastital» MChJda ham qo‘llaniladi. Korxona mutaxassislari doimiy izlanishda: ular marketing tadqiqotlarini olib boradi, ichki va tashqi bozorlar kon’yunkturasini o‘rganadi, plastmassani qayta ishlash bozorida korxonaga xalq iste’moli mollari ishlab chiqaruvchi yetakchilardan biri sifatidagi nufuzini ta’minlaydigan zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqadi va joriy etadi.

2007-yil 27-aprelda «SOVPLASTITAL» MChJ «MDHning eng yaxshi kompaniyasi» xalqaro mukofotining sohibi bo‘ldi. Moskvada bo‘lib o‘tgan «MDHning eng yaxshi kompaniyalari» xalqaro sammiti doirasida bunday mukofotning olinishi o‘z sohasida haqiqatan ham eng yaxshi deb topilgan korxonalarning xizmatlari e’tirof etilganining belgisidir. Shuningdek, bu yil kompaniya «Sifat uchun jahon brillianti» xalqaro mukofoti; «Milliy iqtisodiyot yetakchilari» faxriy nishoni va diplomi; Iqtisodiyot sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari uchun «Hamdo‘stlik Yulduzi» ordeni va Faxriy yorlig‘i kabi mukofotlarga sazovor bo‘ldi.

Manzil
100185, Toshkent sh., Bunyodkor shoh ko‘chasi, 29A
Telefon
(+998) 97 1788883
Sayt
www.sovplastital.uz
E-mail
sovplastital@inbox.ru