O‘ZBEKISTON BUXGALTERLAR VA AUDITORLAR MILLIY UYUSHMASI
«Kasbiy bilimlardan ishdagi professionallikka.»
1992-yil 13-martdan boshlab O‘zbekistonda o‘sha vaqtga kelib qariyb ikki yuz nafar faol buxgalterni birlashtirgan Buxgalterlar uyushmasi rasman faoliyat yurita boshladi. 2001-yil 22-maydan boshlab uyushma «O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi» deb atala boshlandi.
Bugungi kunda O‘BAMA Andijon, Buxoro, Guliston, Qarshi, Nukus, Samarqand, Urganch, Farg‘ona va Navoiy shaharlarida joylashgan to‘qqizta hududiy bo‘limga ega.
O‘BAMU O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan yaqin hamkorlik qiladi hamda buxgalteriya hisobi va audit bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etadi. 1998-yildan boshlab O‘BAMA «Hamdo‘stlik» Buxgalterlar va auditorlar assotsiatsiyasi (MDH) a’zosi, 2000-yildan boshlab Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (IFAC) a’zosi, 2001-yildan esa Sertifikatlangan buxgalterlar va auditorlarning Yevroosiyo kengashi (SBAYK) a’zosi hisoblanadi.