O‘zbekiston buxgalterlar, auditorlar va konsultantlar federatsiyasi (O‘BAKF).
2010-yil 21-dekabrda Federatsiya O‘zbekiston biznes fanlari o‘qituvchilari assotsiatsiyasidan O‘zbekiston buxgalterlar, auditorlar va konsultantlar federatsiyasi sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi. 2011-yil 23-aprelda Federatsiyaning tashkil etilganiga 10 yil to‘ldi.
Federatsiya faoliyatining asosiy maqsadi: buxgalter, auditor va konsultant kasblarining rivojlanishiga hamda maqomini oshirishga ko‘maklashish, Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (IFAC) va Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari kengashi (IASB) tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro professional standartlar va kasbiy etika me’yorlarini joriy etish va qo‘llashdan iborat.
O‘BAKF 474 nafar CAP sertifikati sohiblarini va 36 nafar CIPA sertifikati sohiblarini birlashtiradi. O‘BAKF ekspertlari O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi, audit va soliq bo‘yicha konsalting sohalaridagi qonunchilik bazasini ishlab chiqishda ishtirok etadilar.
«SULTANOVA TA’LIM» trening kompaniyasi yuqori malakali sertifikatlangan mutaxassislarni tayyorlash uchun keng ko‘lamli sifatli ta’lim dasturlarini, shuningdek, aholining keng qatlamlari uchun moliyaviy, huquqiy va kasbiy bilimlarni oshirishga qaratilgan dasturlarni taqdim etadi.
«PROFESSIONAL RAVNAQ» konsalting kompaniyasi soliqqa tortish, buxgalteriya hisobi, menejment, moliya va logistika masalalari bo‘yicha o‘z sohasida zarur malaka va tajribaga ega bo‘lgan sertifikatlangan amaliyotchi mutaxassislarni jalb etgan holda maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi. Kompaniya bo‘sh ish o‘rinlari va ish izlovchilar bo‘yicha keng ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lib, ish izlovchilarni ishga joylashtirish hamda ish beruvchilar uchun xodimlarni tanlashga ko‘maklashadi.