Ismailov Abror
1984-yil 23-oktyabrda tug‘ilgan.
2007-yilda Toshkent avtomobil-yo‘llar institutining transport iqtisodiyoti fakultetini hamda arxitektura va dizayn kurslarini tamomlagan.
2007-yildan buyon «Nilem Proekt Stroy» MChJ bosh direktori lavozimida ishlab kelmoqda.
Oilali, ikki nafar farzandi bor.
Odamzod Odam Atodan buyon uy qurib keladi va bu jarayonni to‘xtatib bo‘lmaydi. Soha jadal va shiddat bilan rivojlanmoqda. Bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lish uchun doim “jarayon ichida” bo‘lish va sur’atni oshirib borish kerak: yangiliklarni kuzatish, Yevropa yondashuvi va texnologiyalarini joriy etish, zamonaviy jahon trendlariga ergashish va ularni hayotga tatbiq etish lozim. Bugungi kunda materiallardan yuqori aniqlikda foydalanishga, ularning ortiqcha sarflanishiga yo‘l qo‘ymaslikka, vaqtdan yutishga hamda qurilish sifatini sezilarli darajada yaxshilashga yordam beradigan uskunalar mavjud. Rivojlanishdan to‘xtab, erishilgan darajada qotib qolish xavfi doim bor. Bizning sohamizda esa bunga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
NILEM — g‘aroyib, chaqqon, g‘ayratli, tirikchilikka o‘ch va juda chiroyli baliq — kompaniyamiz uchun mukammal nom. Arxitektura — bizning ona stixiyamiz, o‘z sohamizda o‘zimizni suvdagi baliqdek his qilamiz, biroq maqsadlarimizga erishish uchun ularga tomon shiddat bilan “suzishimiz” kerak.
ARXITEKTURA — QONIMIZDA BOR: uzoq bobokalonimiz me’mor bo‘lgan va avlodlar o‘tib, bu gen ustunlik qilgan. Onam — tug‘ma iste’dod sohibasi, me’mor bo‘lmasalar-da, bir nechta ajoyib uylarni loyihalashtirganlar, ulardan birida biz yashaymiz. Mutaxassislarning e’tirofiga ko‘ra, onam arxitektura nuqtayi nazaridan mukammal, yashovchilar uchun qulay va shinam uylarni yaratgan. Aynan shu narsa men uchun turtki bo‘ldi, onam qalbimdagi iste’dodni uyg‘otdi.
TALABALIK YILLARIMDA soha mutaxassislari bilan tanishdim, ularning ishlarini o‘rgandim, arxitektura byurosi va dizayn guruhini tuzdim. Institutni tamomlagach esa orzuimni ro‘yobga chiqarib, “Nilem Proekt Stroy”ga asos soldim. O‘shanda biz to‘rt kishi edik, xato qildik va xatolarimizni tuzatdik, tajriba va bilim orttirdik. Bugun esa “Nilem Proekt Stroy” — 30 nafar birinchi darajali mutaxassis, murakkab va nostandart muhandislik yechimlarini tatbiq etadigan hamda eng yangi, noyob binolarni loyihalashtiradigan iste’dodli me’morlar, kasbiy ko‘rik-tanlovlar g‘oliblaridan iborat kuchli jamoa. Biz nafaqat butun O‘zbekiston bo‘ylab, balki Rossiya, Qozog‘iston va dunyoning boshqa mamlakatlarida ham ishlaymiz, qurilish sohasini o‘zlashtirib, o‘z kuchimiz bilan loyihalarni “noldan” boshlab, “kaliti bilan” topishiradigan darajaga yetdik.
BIZ OYOQDA MUSTAHKAM TURAMIZ, har qanday daraja va maqsadga mo‘ljallangan binoni loyihalashtira olamiz. Arxitektura turli sohalar bo‘yicha bilimlarni talab qiladi. Masalan, tibbiyot muassasasini qurish uchun loyiha shifokorlar va bemorlarga qulay hamda xavfsiz bo‘lishi lozim. Buning uchun esa ish jarayonining tafsilotlariga kirishish, jihozlarning joylashuvi va saqlanishi xususiyatlarini hisobga olish kerak. Har bir yangi ishda shunday yondashamiz: loyihani amalga oshirishga kirishishdan avval, ish tizimini o‘rganamiz, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlaymiz.
MENING ORZUIM — mamlakat miqyosida global. Men O‘zbekiston barcha sohalarda, jumladan, qurilishda ham dunyoning rivojlangan davlatlari erishgan yuksak darajaga yetishini istayman. O‘zbekiston global rivojlanishga intilmoqda va men bu jarayonga o‘zimning salmoqli hissamni qo‘shishni xohlardim.
MChJ «NILEM PROEKT STROY»
«Nilem Proekt Stroy» loyihalash-arxitektura firmasi har qanday murakkablikdagi obyektlarni qurish bo‘yicha kompleks loyiha ishlarini amalga oshiradi, nostandart va murakkab texnik yechimlarni taklif etadi, sport majmualari, ofis binolari, sanoat binolari, savdo majmualari, turar joylar, shaharsozlik va obodonlashtirish, rekonstruksiya ishlari uchun loyihalarni bajaradi, loyihani kelishish va qurish jarayonida ko‘maklashadi, buyurtmachining noodatiy g‘oyalarini aniq amalga oshirilishini kafolatlaydi.
Qurilish bo‘yicha 300 ta loyiha amalga oshirilgan, mas’uliyat darajasi birinchi bo‘lgan 20 ta obyekt loyihalashtirilgan, 22 ta qurilish obyekti va 63 ta interyer loyihasi amalga oshirilgan.
Mijozlar: «Hamkorbank», «Akfa», «Garant Keramiks», «Asia Mosaik», «Grand Icecream», NNT «Best Solution», XK MChJ «Hualu» va boshqalar.
Kompaniya № 002589-08 guvohnoma asosida faoliyat yuritadi, I, II, III murakkablik darajasidagi bino va inshootlarni loyihalash huquqiga hamda Bosh loyihachi funksiyalarini bajarish vakolatiga ega.
- Manzil
- Toshkent sh., Al-Farg'oniy ko'chasi, 15
- Telefon
- (+998) 93 5145820, (+998) 93 5967100
- Sayt
- www.nilempro.uz
- nilem.proekt@mail.ru