SG Saidov G'ayrat
O‘zbekistonning 100 ta eng muvaffaqiyatli top-menejeri

Saidov G'ayrat

Ta’sischi, direktor MChJ «EXPO KABEL»
«Yetti o‘lchab bir kes” yoxud muhim qadam tashlashdan oldin jiddiy o‘ylab ko‘r»

1968-yil 20-sentyabrda tug‘ilgan.

1983-yilda qurilish texnikumiga o‘qishga kirgan.

1994-yilda Politexnika institutining sanoat va fuqaro qurilishi fakultetini tamomlagan.

Qurilish kompaniyalarida ta’minotchi va xavfsizlik texnikasi muhandisi lavozimlarida ishlagan.

2006-yilda «Expo Kabel» MChJga asos solgan.

Tadbirkor do‘stlarimning maslahati bilan o‘z ishimni boshladim va qurilishda ishlab orttirgan elektr ta’minoti sohasidagi malakali loyihalash tajribamdan to‘liq foydalana oldim. “Expo Kabel” – qarindoshlarning ulushli ishtirokidagi oilaviy biznesdir. O‘g‘lim institutni tamomlab, men bilan birga ishlamoqda. Biz kafolat beramiz: “Expo Kabel” MChJ iste’molchilarga taklif etayotgan mahsulotlar o‘zining a’lo sifati, yuqori darajadagi yeyilishga chidamliligi, uzoq xizmat muddati va hamyonbop narxi bilan ajralib turadi. Biz har bir mijozga moslashuvchan yondashamiz va mahsulotlarni ular talab qilgan hajmlarda yetkazib beramiz.

BUNDAN 10 YIL OLDIN biz kichik bir xonani ijaraga olishdan boshlagan edik. Asta-sekin savdo va omborxona resurslarimizni kengaytirib, bugungi kunda o‘zimizning shinam va keng ofisimizga ega bo‘ldik. Men xonalarni dizayn asosida bezashga qiziqaman. O‘zim ishlab chiqqan dizayn-loyiha asosida ofisimiz ta’mirlanib, interyeri bezatildi. Biz o‘zimizga o‘xshash kompaniyalar qatorida mustahkam o‘rin egallab, bugunga kelib o‘zimizni ishonchli his qilish imkonini beradigan darajaga yetdik.

BIR QARASHDA savdoga asoslangan biznes juda jo‘n ko‘rinadi: mijoz tovarni sotib oldi, biz esa foyda ko‘rdik. Lekin bu aysbergning faqat uchidir. Biznesimizning o‘ziga xos jihati – marjinallikning past foizda ekanligi. Bu esa bizni miqyosni kengaytirishga undaydi: aylanmani oshirishimiz kerak, shundagina foyda ulushi sezilarli bo‘ladi. Xo‘sh, mijozni hamkorlikka qanday jalb qilish va uni o‘zimizda saqlab qolish mumkin? Buning uchun uni qiziqtirish, har biriga individual yondashuvni ishlab chiqish zarur. Mening asosiy vazifam – uzoq muddatli hamkorlikka zamin yaratadigan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishdir, zero biznes muvaffaqiyati ayni shunga bog‘liq.

ISHNI BOSHLASHDAN OLDIN o‘z imkoniyatlaringizni to‘g‘ri baholashingiz, ish boshlashda muqarrar bo‘lgan qiyinchiliklarni yengishga o‘zingizni sozlab, muvaffaqiyat uchun zarur bo‘lgan iroda kuchini shakllantirishingiz lozim. Men maqsad qo‘yar ekanman, yo‘l-yo‘lakay duch keladigan muammolarni hal qilgan holda, unga albatta erishishimga qat’iy ishonaman.

ESKIRGAN KABEL TARMOQLARINI yangilash zarurati yetilib keldi. Hozirgi zamonaviy jahon yong‘in va elektrotexnika xavfsizligi standartlariga ko‘ra, ochiq havoda tortilgan “yalang‘och” simlardan foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ishlab chiqarish korxonalarida yangi avlod kabel-o‘tkazgich mahsulotlarining yuqori texnologiyali turlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda va biz ham ularni sotuvga joriy etishni rejalashtiryapmiz. Yangi mahsulotning afzalliklarini mijozlarga tushuntirish va uni keng amaliyotga tatbiq etish uchun vaqt kerak bo‘ladi.

HAQIQIY TADBIRKOR HECH QACHON: “Men hamma narsaga erishdim, endi rivojlanishdan to‘xtasam ham bo‘ladi”, demaydi. Kompaniyaning shakllanishi yangi yutuqlar uchun zarur bo‘lgan katta sarmoyalarni talab etdi. Biznesning o‘sishiga mutanosib ravishda maqsad ham yuksalib bordi: agar boshida u kichik bo‘lgan bo‘lsa, kundan-kunga ko‘lami kengayib boraverdi. G‘ildirak aylanib, tezligini oshirgani sari bo‘shashishga imkon qoldirmaydi. Men bu jarayonni to‘xtatish mumkin degan xayolga bormayman va kuch-g‘ayratimni yangi yo‘nalishni rivojlantirishga qaratmoqchiman. Kelajakda ishlab chiqarishni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilgan loyihani amalga oshirish niyatidaman.

O‘ZGARMAS QOIDALARIM – halol va astoydil ishlash, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, o‘z arziganni esa boy bermaslik, shuningdek, oilamning qo‘llab-quvvatlashi oyoqqa mustahkam turib olishimga va mijozlar hurmatini qozonishimga yordam berdi. Endi meni farzandlarimni oyoqqa turg‘izishdek oliy maqsad olg‘a undaydi va bu bir daqiqa bo‘lsin to‘xtashimga yo‘l qo‘ymaydi.

Kompaniya haqida

MChJ «EXPO KABEL»

«Expo Kabel» MChJ Markaziy Osiyo mintaqasida kabel va sim mahsulotlari ishlab chiqaruvchi eng yirik korxona bo‘lgan «UZKABEL» QK AJning rasmiy distribyutori hisoblanadi.

«Expo Kabel» assortimentida past narxlarda taqdim etiladigan 2 197 turdagi yuqori sifatli kabel va sim mahsulotlari mavjud. Kompaniya Yevropa standartlariga muvofiq ishlab chiqarilgan, xizmat muddati 50 yilgacha bo‘lgan o‘zaro tikilgan polietilen izolyatsiyali kuch kabellarini sotadi. Mahsulotlarning barcha assortimenti sertifikatlangan.

Manzil
100057, Toshkent sh., Usta Shirin ko‘chasi, 134
Telefon
(+998) 90 3233233, (+998) 97 1170070, (+998) 98 8125553
E-mail
expo-kabel@mail.ru