Tag‘ayev Yusuf Ahmedovich
1958-yil 22-mayda tug‘ilgan.
1982-yili Toshkent davlat konservatoriyasining skripka sinfini tamomlagan.
1979–1994-yillarda musiqa ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullangan.
1994-yildan boshlab tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
1995-yildan buyon “CENTRUM”, “FORPUS”, “2x3” savdo belgilarining O‘zbekistondagi rasmiy vakili.
2005-yildan buyon Energetika vazirligi ehtiyojlari uchun elektr tarmoqlari faoliyatini ta’minlaydigan murakkab, yuqori sifatli elektrotexnika uskunalarini loyihalash, texnik jihatdan ishlab chiqish va ishlab chiqarish sohasidagi yetakchi korxona – “Xarkovenergopribor” (Ukraina) kompaniyasining dileri.
Oilali, uch nafar farzandi bor.
Kanselyariya mollari ham moda o‘zgarishlariga uchraydi, shu sababli biz doim taraqqiyotga intilib, bu yo‘nalishni kengaytirib boramiz. Agar ilgari ofis sektori uchun mo‘ljallangan anjomlarga ko‘proq e’tibor qaratgan bo‘lsak, hozirda asosiy diqqatimizni bolalar ijodiyoti va maktab mahsulotlari turini ko‘paytirishga qaratganmiz. Kompaniyamiz Polshaning “2x3” savdo belgisining distribyutori bo‘lib, maktab sinflari va ofislarni jihozlash uchun mo‘ljallangan interaktiv doskalar hamda sensorli moslamalarni bozorimizda faol targ‘ib qilmoqda. Biz bu mahsulotlarni O‘zbekiston bozoriga birinchi bo‘lib olib kirdik va ushbu innovatsion mahsulotning xaridorgir bo‘lganidan mamnunmiz. Pedagoglar bu yangiliklarning afzalliklarini munosib baholadilar: o‘quv materialini taqdim etishning qulayligi va ko‘rgazmaliligi, mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishdagi tezkorlik, o‘quvchilarning darsga yuqori darajada jalb etilishi va diqqatini jamlashi, bu esa darsni yanada yaxshiroq o‘zlashtirish va eslab qolish imkonini beradi. “Aqlli” doska asl manbalar va haqiqiy kitoblar bilan ishlashni inkor etmaydi, u shunchaki o‘qish jarayoniga yordam berib, uni interaktiv va dinamik qiladi.
BIZNES VA IJODKORLIK – o‘xshash tushunchalar. Ijodiy ko‘nikmalar biznes yuritishda juda qo‘l keladi. Ish jarayonini xuddi notalar asosida bir maromda yo‘lga qo‘yishga o‘xshaydi. Musiqa bilan shug‘ullanish insonda sabr-toqat, matonat va qat’iyatni tarbiyalaydi, murakkab masalalarni yechishga va g‘ayrioddiy vaziyatlardan chiqishga ijodiy hamda nostandart yondashishga o‘rgatadi. Biznesda bo‘lgani kabi, musiqa bilan ham, umuman, har qanday ish bilan ko‘p va astoydil shug‘ullanish kerak. Shundagina natijaga erishish mumkin.
OILA – MENING SUYANCHIG‘IM. Ota-onam mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bo‘lishiga qaramay, hayotda va ishda katta muvaffaqiyatlarga erishganlar. Onam O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan moliya xodimi unvoniga sazovor bo‘lgan va Prezidentimiz tomonidan taqdirlangan. Dadam esa oddiy haydovchilikdan yirik avtokorxona direktori lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tib, shu yerda o‘z mehnat faoliyatini yakunlagan. Ular bizga bergan barcha narsalari uchun men ota-onamdan minnatdorman. Men uzoq yillik istiqbolga mo‘ljallangan oilaviy tadbirkorlikning yangi an’anasini yo‘lga qo‘yib, sulolaviy biznesimizga asos solmoqchiman.
XK «PREMER-OFIS»
O‘zbekistondagi eng yirik Yevropa ishlab chiqaruvchilari — «CENTRUM», «FORPUS», «2x3» kompaniyalarining rasmiy distribyutori. Toshkent shahrida kanselyariya do‘konlari tarmog‘iga ega, shuningdek, hududlardagi dilerlar bilan faol hamkorlik qiladi.
«PREMER-OFIS» XK hayotni yanada qulay va sifatli qiladigan yechimlarni taklif etadi. «PREMER-OFIS» XK mahsulotlari shunchaki kundalik foydalanish buyumlari emas, balki ish jarayonida ishonch va qulaylikni ta’minlaydigan moddiy qadriyatlardir. Assortimentda 2000 dan ortiq nomdagi mahsulotlar mavjud — ofis, maktab, bolalar ijodiyoti uchun turli xil buyumlar, shuningdek, narx va sifatning maqbul nisbatini uyg‘unlashtiruvchi sovg‘alar hamda suvenirlar.
Kanselyariya mahsulotlari — bu doimo talabga ega bo‘lgan va ofisda yoqimli hamda qulay ishlash imkonini yaratadigan mahsulotlardir. «CENTRUM», «FORPUS», «2x3» brendlari ostida ishlab chiqariladigan mahsulotlar eng yuqori standartlarga javob beradi.
Bizning istiqboldagi rejalarimiz — O‘zbekistonda kanselyariya mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va ularni mahalliy brend ostida chiqarish.
- Manzil
- 100015, Toshkent sh., Mirobod ko‘chasi, 29/32
- Telefon
- 71 2523955, 71 2522538
- premer.ofis@mail.ru