Xolmatov Ulug'bek Baxtiyorovich
1964-yil 19-sentyabrda shifokorlar oilasida tug‘ilgan.
1986-yilda ToshMI stomatologiya fakultetini tamomlagan.
1986-yildan 2000-yilgacha xususiy tibbiy amaliyot bilan shug‘ullangan.
1995-yilda Respublika tadbirkorlar tanlovida g‘olib bo‘lib, Shvetsiyaga sayohat bilan taqdirlangan.
1992-yildan buyon “STOMASERVICE” MChJ bosh direktori.
Oilali, ikki nafar farzandi bor.
Kosmik texnologiyalar va abadiy qadriyatlar. Sakkiz yil muqaddam stomatologiyani o‘ta ilmtalab soha deganimda, ko‘plab hamkasblarim bu yo‘nalishda bunchalik ilgarilab ketish mumkinligini tasavvur ham qila olishmasdi. O‘ylab ko‘ring-a, insonning ishini yuzlab marta tezroq va taqqoslab bo‘lmas darajada aniqroq ishlaydigan robot-dastgoh bajarsa. Bemor klinikaga kelib, avvallari ikki-uch hafta kutgan natijasini bir necha soatda olsa. Hozirda klinikamiz ixtiyorida bo‘lgan noyob uskunalar Yevropaning ham hamma klinikalarida yo‘q. Laboratoriyamizda tish texnigining xonasi saqlanib qolgan, ammo hozir u men uchun eskilik sarqiti, go‘yoki tosh davridek tuyuladi. Uning yonida esa superzamonaviy dastgoh turibdi. Dasturiy ta’minoti og‘iz bo‘shlig‘ining panoramali suratini olib, uni shu zahoti modellashtirish va qoplamani tayyorlashga yuborish imkonini beradi. Bunga atigi 15-40 daqiqa vaqt ketadi. Aql bovar qilmaydi!
NAFAQAT KO‘P NARSALAR, balki deyarli hamma narsa o‘zgardi! Endi shifokorga o‘z sohasini bilib, davolashning o‘zi kifoya qilmaydi, u bu kosmik texnologiyalarning barchasini o‘zlashtirishi, ular bilan “sen”lab gaplasha olishi kerak. Kimdir taraqqiyotga juda tez qo‘shilib ketadi, kimgadir esa vaqt kerak. Ammo uskunamizning barcha imkoniyatlaridan foydalanmaslik – bu xuddi faqat qo‘ng‘iroq qilish uchun iPhone sotib olgandek gap. Xodimlarim buni a’lo darajada tushunib, sharikli ruchkalarini bir chetga qo‘yib, klaviatura qarshisiga o‘tirayotganidan xursandman. Butun ofisim – telefonimda. Uni yer sharining istalgan nuqtasidan real vaqt rejimida ko‘rib turishim mumkin.
“STOMASERVICE” faqat badavlat odamlar uchun, degan fikr yuradi. Aslida unday emas. Biz xarid qiladigan uskunalar ancha sekin, bir necha yil davomida o‘zini oqlaydi, lekin shunga arziydi. O‘ylaymanki, bizning bemorlarimiz istalgan narsadan – zararli yegulik, kiyim-kechak, ko‘ngilxushliklardan tejashlari mumkin, ammo sog‘liqdan hech qachon tejashmaydi. O‘z navbatida, biz ham uskunalar, ta’lim va servisdan tejab o‘tirmaymiz – hammasi adolatdan. Qaysidir nuqtada biz ana shunday insonlar bilan uchrashamiz – aynan ular mijozlarimizning doimiy qatlamini tashkil etadi. Har olti oyda ular bizdan profilaktika mablag‘larni sezilarli darajada tejashga yordam berishi haqida SMS yoki jingle-eslatma olib turishadi. Oddiy hisob-kitobning o‘ziyoq buning davolanishdan 15-20 baravar arzon tushishini ko‘rsatadi. Men bunday odamlarni aqlli va uzoqni ko‘ra biladiganlar deb atagan bo‘lardim.
“STOMASERVICE” HAMON KADRLAR MAKONI. Bizda ma’lum muddat muvaffaqiyatli ishlagan ko‘plab shifokorlar, mehnat daftarchasidagi “STOMASERVICE” yozuvi bilan xorijda katta talabga ega. Bu go‘yo sifat, madaniyat, intizom, tartiblilik va professionallik kafolatiga o‘xshaydi. Yigirma yil davomida maoshni bir soatga ham kechiktirmaslik qoidamga hech qachon xiyonat qilmaganman. Shifokorlarim oyiga ikki marta o‘z pullarini oladilar va tirikchilik tashvishini qilmaydilar. Ularga tushlikni diplomli oshpazlar tayyorlab berishadi. Evaziga nima talab qilaman? Namunali servisni! Bemorga e’tiborni! Muolajalarga qat’iy rioya etishni! Professionallik va intizomni!
SAKKIZ YIL AVVAL STOMATOLOGDAN QO‘RQISHNING ASOSIY SABABI og‘riq edi. Shu vaqt mobaynida stomatologda og‘riydi, degan stereotip nihoyat o‘z kuchini yo‘qotib, ikkinchi planga o‘tdi. Endi eng asosiysi – xavfsizlik va sterillik! Klinikamizda zamonaviy sterilizatsiya uskunalari o‘rnatilgan. Biz davolashimiz sifati uchun javob beramiz. Aytish joizki, “STOMASERVICE” faoliyati davomida norozilik uchun atigi ikkita holat bo‘lgan. Bu shikoyatlarni ham tezkorlik bilan va mijoz foydasiga hal qilganmiz.
O‘TMISHDAN NIMA QOLDI? Klinikamiz hovlisining o‘rtasida 1881-yilda ekilgan asriy eman daraxti. Yaqinda uni biroz kesishga to‘g‘ri keldi, “qariya” endi og‘ir shoxlarini ko‘tarib turolmayapti, bir nechta shoxi kuzda sinib tushdi. Uni kesaturib, yig‘lab yuboray dedik. Endi hamma yog‘i yam-yashil barglar bilan qoplanishini intiqlik bilan kutyapmiz. Shuningdek, shikoyat va takliflar qutisi ham saqlanib qolgan, unga shaxsan menga atalgan xatni tashlash mumkin. Ha, sayt, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa aloqa vositalari qatorida mana shunday eski usul ham bor. Devorda hamon Gippokrat qasami osig‘liq turibdi.
MEN ISHLARNI asta-sekin o‘g‘lim Oybekka topshiryapman. Chunki rahbar-shifokorlar davri o‘tib borayotganini, ular o‘z o‘rnini yangiliklar va IT-texnologiyalarni (Axborot texnologiyalarni) oson o‘zlashtiradigan, yuridik ma’lumotga ega yosh, g‘ayratli rahbarlarga bo‘shatib berishi kerakligini tushunib yetyapman. Kelajak – ular qo‘lida! Biz, katta avlod vakillari esa abadiy qadriyatlar qatorida qolib, hamisha maslahat, shirin so‘z bilan yordam beramiz, degan umiddamiz. Shunday bo‘lishi ham kerak. Aqlli kelajak dono o‘tmishni chetga surib qo‘ymaydi. U shunchaki uning yonidan joy oladi.
MChJ «STOMASERVICE»
«STOMASERVICE» MChJ 1992-yil 1-dekabrda tashkil etilgan bo‘lib, terapiya, jarrohlik va protezlash bo‘yicha yuqori zamonaviy darajada stomatologik yordam ko‘rsatib kelmoqda.
«STOMASERVICE» MChJ Germaniyaning «Sirona», AQShning «Dentsply» va Shveytsariyaning «Maillefer» kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan stomatologik uskunalar bilan jihozlangan. Kompaniya mutaxassislari xorijda malaka oshirgan bo‘lib, eng yangi raqamli texnologiyalar asosida faoliyat yuritadi.
«STOMASERVICE» klinikasida ko‘rsatiladigan muolajalarning sifati va ishonchliligiga 10 000 dan ortiq bemor ishonch bildiradi. Ular orasida elchixonalar, konsulliklar, xalqaro tashkilotlar xodimlari, shuningdek, mamlakatimiz estrada, kino va televideniye yulduzlari bor.
Sterillik va xavfsizlikka alohida e’tibor qaratiladi. Klinikaning yigirma yillik faoliyati davomida gepatit va boshqa yuqumli kasalliklarni yuqtirish bo‘yicha birorta ham holat qayd etilmagan.
1996-yildan buyon «STOMASERVICE» MChJ Toshkent shahar Tadbirkorlar palatasi tomonidan rasman eng yaxshi tibbiyot muassasasi deb tan olingan.
2005-yilda Yevropa Ittifoqi tomonidan «Sifat va samaradorlik uchun» diplomi va oltin medali bilan taqdirlangan.
2014-yilda Jenevada «Yuqori sifat» uchun xalqaro diplom olingan.
2016-yilda estetik stomatologiya klinikasi raqamli stomatologiya klinikasi deb qayta nomlandi.
Kompaniyaning shiori: «Shaxsga hurmat! Mijozga e’tibor! Ishda yuksak sifat!»
- Manzil
- 100187, Toshkent sh., Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi, 235
- Telefon
- (+998) 98 3144488, 78 1136488
- Sayt
- www.stomaservice.uz
- clinica@stomaservice.uz