PY Pavlov Yuriy
O‘zbekistonning 100 ta eng muvaffaqiyatli top-menejeri

Pavlov Yuriy

«Yotgan toshning tagidan suv oqmaydi.»

1965-yilda tug‘ilgan.

Sankt-Peterburg davlat texnologiya institutini tamomlagan.

2009-yilda “Aqua Style Group” MChJ kompaniyasiga asos solgan.

SUVDAGI BIZNES — jozibador va istiqbolli, biroq ayni paytda o‘ta murakkab, mashaqqatli mehnat hamda chuqur bilim talab etadigan soha. Loyiha ilk bor ishga tushirilganida ko‘pchilik hayratda edi: axir suvimizning sifati a’lo bo‘lsa, filtrlar nega kerak? Ammo suv — cheksiz manba emas, uning sifati tobora yomonlashmoqda. Insonning antropogen ta’siri ham o‘z izini qoldirmay qolmayapti, u atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Dunyoda toza ichimlik suvi zaxiralari kamayib boryapti, ko‘plab mamlakatlarda suv neftdan ham qimmat turadi va bu — jahon miqyosidagi birinchi raqamli muammo. Bizning mintaqamiz bu borada nisbatan barqaror: tog‘lar, suv omborlari bizni suvbilan ta’minlab turibdi, lekin tabiatda hech narsa abadiy emas. Faoliyatimiz kuchli ekologik ahamiyatga ega, negaki inson, millat va atrof-muhit salomatligi ichimlik suvi sifatiga bog‘liq. Eng so‘nggi ishlanmalar har qanday sifatdagi suvdan sof H2O molekulasini ajratib olish imkonini beradi. Bugungi kunda bunday ilg‘or texnologiyalar nafaqat koinotda, balki O‘zbekistonning ko‘plab sanoat korxonalarida ham qo‘llanilmoqda.

ASRLAR TUTASHGAN PALLADA biz ommaviy “menejerlik”ka duch keldik — hamma ishchi kasblarni mensimay, “oq yoqalilar”ga aylandi-qoldi. Vaholanki, mamlakat yalpi ichki mahsulotining asosiy ulushini aynan ishlab chiqarish ta’minlaydi. Bugungi kunga kelib ishchi kadrlar tanqisligi keskin sezilmoqda. Ishchilar sinfini qayta tiklash, ishlab chiqarish yo‘nalishlarini rivojlantirish, malakali texnik mutaxassislar tayyorlaydigan maxsus kollejlarni tashkil etish zarur. Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari yangi ish o‘rinlari yaratishga va ishchilar sinfini qaytadan shakllantirishga tayyor.

“AQUA STYLE GROUP” AKTIVLARI — o‘z ishlab chiqarish bazasi, dastgohlar parki, shuningdek, kichik, ammo malakali mutaxassislardan iborat shtatni o‘z ichiga oladi. Ular orasida uskunalar montajchilari, chilangar-yig‘uvchilar, muhandis-texnologlar, payvandchilar, tokarlar bor — bularning barchasi “TAPOiCh”, “Foton”, “Texnolog” kabi zavodlardan chiqqan kadrlardir. Biz uskunalar ishlab chiqaramiz va servis markazining barcha xizmatlarini ko‘rsatamiz: montaj, ta’mirlash, kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatish, quvvatni oshirish talab qilinganda esa mavjud suv tozalash tizimlarini modernizatsiya qilish shular jumlasidandir. Doimiy mijozlarimiz ayni shunday mahalliy mahsulotni olish evaziga valyuta mablag‘larini sarflashdan ozod bo‘lishgan.

HAR QANDAY ISHDA pirovard natijani ko‘ra bilish va u bilan — bajarilgan ish sifati, bejirim tashqi ko‘rinishi, odamlarga keltirayotgan foydasi bilan faxrlanish muhim. Yangi mijozlarimiz “Filtrlaringiz qayerdan olib kelinadi?” degan savolga “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” degan javobni eshitib, hayron qolishadi. Biz oldinga intilmoqdamiz: ishlab chiqarishni kengaytirish, marketingni joriy etish va asosiy e’tiborni mahsulotni xorijga sotishni rivojlantirishga qaratishni rejalashtiryapmiz. Bugungi kunda mahsulotlarimizni MDH mamlakatlarida sotish uchun ulgurji kompaniyalar xarid qilmoqda, biz esa bu jarayonni yanada madaniylashtirmoqchimiz.

BIROVGA YOLLANIB ISHLASANGIZ, kuniga 8 soat mehnat qilasiz, o‘zingiz uchun ishlasangiz — sutkasiga 24 soat. Birinchi holda, ishingizdan boshlig‘ingiz rohatlanadi, ikkinchisida esa — o‘zingiz. Farqi ham aynan shunda.

Kompaniya haqida

MChJ «AQUA STYLE GROUP»

«Aqua Style Group» suv tayyorlash tizimlari, ichimlik suvini tozalash tizimlari uchun komponentlar, kimyoviy moddalar dozatorlari, elektroliz, xlorlash va ozonlashtirish uskunalari, xlorsiz suvni qayta ishlash tizimlari, filtrlar hamda tozalash qurilmalarini ishlab chiqaradi va ularga xizmat ko‘rsatadi. Kompaniya to‘qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoati, chorvachilik hamda qishloq xo‘jaligi sohalari uchun maqbul yechimlarni taklif etadi, uylar va kottejlar uchun suv tozalash ishlarini amalga oshiradi, qozonxonalar uchun kimyoviy tozalangan suv (XTO) tayyorlash tizimlarini taqdim etadi, favvoralar, basseynlar va akvaparklar uchun uskunalar, aksessuarlar va attraksionlar, shuningdek sanoat va maishiy-xo‘jalik oqova suvlari uchun tozalash qurilmalarini ishlab chiqaradi va yetkazib beradi. Kompaniya filtrlar uchun sarf materiallarini yetkazib beradi, suvning kimyoviy tahlilini o‘tkazadi hamda suv tayyorlash bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi.

Markaziy Osiyo sharoitlariga moslashtirilgan, Italiya butlovchi qismlaridan foydalangan holda korroziyaga chidamli materiallardan tayyorlangan «Aqua Style Group» uskunalari O‘zbekistonning davlat va tijorat tashkilotlariga tegishli 160 ta ishlab chiqarish obyektida o‘rnatilgan. Ular orasida: «Singapur-Samarqand», «Karvon», «Neftgazmontaj», «Bio-Sut», «Al-Salam», «Arko-Style», «Wolfson Sharq Interprises», «Avtooyna», «Kibrayvino», «Sirdaryovino», «Parkentvino», «Denovvino», «Toshkentvino», «O‘zmetkombinat», «Buxorolegmash», «Rus Kvas», «Moskovskiye Delikatesy», «Arctika», «Premier», «Lamirel», «Hayot», «Coolup», «Noyob Manba», «777», «Ayran», «Stoletov», «Garzan», «Wave», «Gidro-bio», «Istok», «Yod=Salomatlik» va boshqa ko‘plab korxonalar mavjud.

Manzil
100158, Toshkent sh., Bektemir shoh ko'chasi, 31
Telefon
(+998) 90 9653020, (+998) 94 6617857
Sayt
www.aquastyle.uz
E-mail
afilter.5@mail.ru