Sadinov Timur
1978-yil 9-fevralda tug‘ilgan.
2001-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Huquq magistri.
2015-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi kurslarini tugatgan.
O‘zbekiston davlat tuzilmalarida yurist sifatida faoliyat yuritgan.
2015-yilda “Invictus Group” advokatlik byurosini ochgan.
Oilali, ikki qiz va bir o‘g‘ilning otasi.
Bugun O‘zbekistonda qonunchilikning o‘zgarishi munosabati bilan tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Mamlakatimizga xorijdan sarmoyalar kirib kelmoqda, yangi kompaniyalar tashkil etilmoqda, sifatli yuridik xizmatga bo‘lgan talab esa kun sayin ortib boryapti. Garchi hozir “Invictus Group”da kichik bir jamoa ishlayotgan bo‘lsa-da, vaqt o‘tib, maslakdoshlar bilan birga keng ko‘lamli loyihalar ustida ishlash uchun “Invictus Group”ni xalqaro miqyosda tanilgan yirik yuridik firmaga aylantirmoqchiman. Buning uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Menga jamoa bo‘lib ishlash yoqadi, shu sababli ham firma nomida kelajakka poydevor sifatida “Group” so‘zi bor.
ADVOKAT ISHI favqulodda qiziqarli. Har kuni – yangi ish, yangi odamlar. Oila huquqiga doir masalalarda men nafaqat advokat, balki, aftidan, psixolog ham bo‘laman. Juftlik ajrashish uchun kelganida, men albatta bu qarorni yana bir bor o‘ylab ko‘rishni taklif qilaman, oilani saqlab qolish uchun dalillar keltiraman, ajrim – eng so‘nggi chora ekanini, ittifoqni asrab qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish zarurligini aytaman. Ko‘pincha munosabatlarni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lamiz. Uy va oila – har bir inson hayotidagi eng asosiy qadriyatdir. Ma’naviy huzur esa har qanday pul mukofotidan afzal.
ADVOKATNING VAZIFASI – javobni qayerdan izlashni bilish va uni amalda qo‘llay olishdir. Men hali ko‘p narsani o‘rganishim kerak bo‘lgan inson – kasbdagi ustozim Mustafshira Iskandarxo‘jayevadir. U barcha qonunlarni yoddan biladi va istalgan savolga har bir bandi bo‘yicha batafsil javob bera oladi. Yangi qonun chiqsa, uni nozik jihatlarigacha bilishi uchun bir marta o‘qib chiqishi kifoya. Bu esa ulkan axborot qatlami degani!
BIZ MIJOZLAR FIKRINING GAROVIMIZ. Advokat natijani kafolatlay olmaydi, biz faqat mijoz huquqlarining Qonun nuqtayi nazaridan professional himoyasini va o‘z ishimiz sifatini kafolatlaymiz. Mijoz shuni yodda tutishi kerakki, ish yuzasidan qarorni faqat sud chiqaradi. Biroq O‘zbekistonda advokatura instituti jadal rivojlanmoqda, bahsli masalalarni hal qilish yoki o‘z fikrini tasdiqlatish uchun advokatlarga murojaat qilish madaniyati shakllanyapti. Advokatlarga kelayotgan odamlarning aksariyati huquqiy jihatdan savodli. Lekin na biz, na mijozlar to‘xtab qolishimiz kerak emas. Barchamiz o‘z huquqiy savodxonligimizni oshirib borishimiz lozim, chunki bu – fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishning muhim tarkibiy qismidir.
INSON pulni sevmasligi kerak, ammo undan nafratlanishi ham ahmoqlik. U pul topishni bilishi lozim. Pul hech qachon butga, sanamga aylanib qolmasligi kerak. Agar inson o‘z ustida tinimsiz ishlasa, kasbini sevsa, ishidan zavq olsa, vaqtni behuda sarflamay, tanlagan yo‘lidan borsa va aynan o‘zi yoqtirgan ish bilan shug‘ullansa, har qanday odam muvaffaqiyatga erisha oladi. Muvaffaqiyat siri – har kuni o‘z ustingda ishlashda, maqsad sari intilishda, garchi u g‘ayrioddiy tuyulsa ham. Uni amalga oshirishga hech bo‘lmaganda urinib ko‘rish kerak. Men qachonlardir “Invictus Group” haqida Vikipediyada yozilishini orzu qilaman.
MEN HUQUQSHUNOSLIKKA MEHR QO‘YGANMAN, ishimni sevaman, hech qachon charchamayman va ko‘p narsaga ulguraman. Kasbimda men uchun eng asosiysi – yordam bera olish, odamlarga kerakli bo‘lish imkoniyatidir. Beg‘araz yordam – bu g‘ayritabiiy holat emas, balki me’yordir. Erkak kishining saxovati doim bir necha barobar bo‘lib qaytadi, uni ayash kerak emas.
ADVOKATLAR BYUROSI «INVICTUS GROUP»
«Invictus Group» advokatlik byurosi korxonalar va jismoniy shaxslarga yuridik xizmatlar ko‘rsatadi. Biz huquqning turli sohalari bo‘yicha malakali yuridik maslahatlar taqdim etamiz. «Invictus Group»da Siz bir martalik yuridik yordam olishingiz yoki abonentlik asosida yuridik xizmat ko‘rsatish xizmatidan foydalanishingiz mumkin.
«Invictus Group» mijozlari qatoriga — «Lukoyl Uzbekistan Operating Company» MChJ, «Agrobank» ATB, Lombardlar milliy assotsiatsiyasi, «Actavis International LTD», «Glenbay», xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari va boshqa tashkilotlar kiradi. «Invictus Group»ning ixtisoslashuv yo‘nalishlari — yuridik xizmat ko‘rsatish va oilaviy huquq sohasidir.
- Manzil
- Toshkent sh., M. Tarobiy 4-tor ko‘chasi, 10/11
- Telefon
- (+998) 90 9802112
- invictustash@gmail.com