Babayev Kamoliddin Dadajanovich
1987-yil 24-avgustda tug‘ilgan.
2015-yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining (ToshPTI) davolash fakulteti magistraturasini infeksionist, epidemiolog mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlagan.
Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya, shuningdek, deratizatsiya, dezinfeksiya va dezinseksiya sohalarida ko‘plab malaka oshirish kurslari va seminarlarda qatnashgan.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining yuqumli kasalliklar kafedrasida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda.
2009-yilda “DOKTOR-K AND EURODEZ” MChJ kompaniyasiga asos solgan.
Oilali, bir o‘g‘ilning otasi.
Deratizatsiya, dezinfeksiya va dezinseksiya – epidemiyaga qarshi kurash tadbirlari bo‘lib, tibbiyot fanining bir qismidir. Hashamatli restoran, nufuzli sanatoriy, ishlab chiqarish sexi yoki xususiy uy bo‘lsin, birorta ham bino parazitlarning kutilmaganda “joylashib olishidan” himoyalanmagan. Biz turli xildagi xavfli zararkunandalar – yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari va toksinlardan tortib, infeksiya tashuvchi hasharotlar va kemiruvchilargacha bo‘lgan barcha turlari bilan ishlaymiz. Ularni yo‘q qilish yoki oldini olishga qaratilgan tadbirlar maxsus xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda, puxta tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislar – professionallar tomonidan amalga oshirilishi lozim. Dezinfeksiya klinikamiz shtatida maxsus ma’lumotga ega va qo‘shimcha tayyorgarlikdan o‘tgan shifokor-epidemiologlar va infeksionistlar, hamshiralar hamda dezinfektor mutaxassislar faoliyat yuritadi. Ular obyektda ish boshlashdan avval men o‘qitadigan maxsus kursda tahsil oladilar.
BIZNING VAZIFAMIZ – nafaqat binoni va unda yashovchi yoki ishlovchi odamlarni zararli parazitlardan xalos etish, balki ularning qayta paydo bo‘lishining oldini olishdir. Ma’lumki, davolashdan ko‘ra oldini olish osonroq bo‘lgan xavfli kasalliklarning profilaktikasida ishimizning aynan shu jihati muhim o‘rin tutadi. Biz “to‘liq tayyor holda” tamoyili asosida ishlaymiz: o‘z tozalash xizmatimizga egamiz va u ishlov berishdek muhim jarayonning yakunida maxsus professional tozalash ishlarini amalga oshiradi. Biz sifatga katta e’tibor qaratamiz, shuning uchun ham O‘zbekistonning salmoqli kompaniyalari bizga ishonch bildiradi.
BIZ YIRIK DAVLAT VA TIJORAT OBYEKTLARI HAMDA XUSUSIY SEKTOR BILAN ISHLAYMIZ. Har bir mijozimiz biz uchun muhim va jiddiy, mas’uliyatli munosabatga munosibdir. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas – axir, gap inson salomatligi va hatto hayoti haqida ketmoqda. Biz eng so‘nggi texnologiyalar va uskunalardan, sifatli va xavfsiz dezinfeksiya vositalaridan foydalanamiz, Yevropaning qat’iy standartlariga muvofiq ish yuritamiz. Bizning sohamizda chuqur bilim, tajriba, o‘z salohiyatini rivojlantirish va tibbiyot faniga chuqur singib ketmasdan turib, katta muvaffaqiyatlarga erishish, ish natijalarining sifati va samaradorligini kafolatlash imkonsiz.
TIBBIYOT – mening hayotiy da’vatim. Ayni vaqtda ToshPEDI qoshidagi yuqumli kasalliklar kafedrasida shifokor bo‘lib ishlayman, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanaman, ilmiy rahbarim – tibbiyot fanlari doktori, professor Ilhom Asomovich Qosimov boshchiligida doktorlik dissertatsiyasini yozyapman. Bu inson ko‘p yillardan buyon epidemiologiya va yuqumli kasalliklar kafedrasiga mudirlik qilib kelayotgan teran bilim sohibidir. U kishining shogirdi ekanimdan faxrlanaman va tajribalarini o‘zlashtirishga harakat qilaman. O‘z ishimni, jamoamni sevaman, bu mening tibbiyot mutaxassisi va inson sifatidagi hayotimning muhim bir qismidir. Bordi-yu, qachondir tanlov qarshisida qolsam, men tibbiyotni tanlagan bo‘lardim. Biznes – o‘tkinchi, tibbiyot esa abadiydir. Kuch bor ekan, har narsaga ulgurish uchun harakat qilish kerak.
MUVAFFAQIYAT ko‘plab omillarning uyg‘unlashuvidan tashkil topadi: chuqur ilmiy asos, o‘z kasbini mukammal bilish, qat’iyat, o‘ziga nisbatan talabchanlik, g‘ayrat, sabr-toqat, ijobiy fikrlash va maqsad sari yetaklovchi doimiy rivojlanish. Men o‘z ishimni ilmiy asosga qo‘yib, sezilarli natijalarga erishdim. Yangi texnologiyalar va preparatlarning paydo bo‘lishini diqqat bilan kuzatib boraman, biz sifat standartlariga qat’iy rioya qilamiz, qadamma-qadam oldinga intilamiz.
AGAR SHIFOKOR BILAN SUHBATDAN SO‘NG BEMORNING AHVOLI YENGILLASHMASA, U SHIFOKOR EMAS. Men hamisha odamlarga kerakli, yaxshi shifokor bo‘lib qolishni istayman. Eshikdan kirib kelgan har bir insonga yordam berish, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, sabr bilan munosabatda bo‘lish va u uchun qo‘limdan kelganicha harakat qilishni o‘z burchim deb bilaman. Qalbimda insonlarga nisbatan katta mehr bor, ularga kerak bo‘lish va foyda keltirish ehtiyojini his qilaman.
MENGA ODAMLAR, KITOB VA SPORT KUCH BAG‘ISHLAYDI. Shifokor a’lo jismoniy holatda va barqaror ruhiy kayfiyatda bo‘lishi kerak, sport esa stressni yengishga, zo‘riqishdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Kitob o‘qigan inson donoroq bo‘ladi va ko‘p narsani o‘rganadi. Hayotda muvaffaqiyatga erishgan insonlar bilan suhbatlashishni yaxshi ko‘raman. Muvaffaqiyatlarimda onam Sayyora Farhodovna Boboyevaning hissasi juda katta, buning uchun undan bir umr minnatdorman. Do‘stlar men uchun ulkan qadriyatdir. Turli kasb egalari bo‘lgan do‘stlarim – sportchi, huquqshunos, me’mor, aktyor va tadbirkor – bilan birga o‘z sohamizda eng yuqori cho‘qqiga erishishni maqsad qilganmiz. Kasbining eng zo‘ri bo‘lishga intilish doimiy harakatda bo‘lishga, rivojlanishga, o‘z ustida ishlashga, maqsad sari olg‘a borishga va yutuqlarga erishishga undaydi. Qachondir biz, albatta, o‘z yutuqlarimiz bilan O‘zbekiston nomini butun dunyoga tanitamiz. Agar inson biror narsani chin dildan istasa, tortishish qonuni ishga tushadi. Shunday ekan, orzu qilishdan to‘xtamang, shunda albatta maqsadingizga erishasiz!
MChJ «DOCTOR-K AND EURODEZ»
«DOKTOR-K AND EURODEZ» MChJ — O‘zbekistondagi professional dezinfeksiya kompaniyasi bo‘lib, har qanday obyektlarda zararkunandalar va parazitlarni yo‘q qilish hamda ularning oldini olish maqsadida kompleks yondashuv asosida faoliyat olib boradi. Kompaniyaning sanitariya xizmati barcha me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilgan holda xonalarni deratizatsiya, dezinfeksiya va dezinseksiya qilish xizmatlarini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan litsenziya kompaniyaga jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan xususiy, davlat, budjet tashkilotlari hamda umumiy ovqatlanish korxonalari bilan ishlash huquqini beradi. Zamonaviy uskunalar, sertifikatlangan dezinfeksiya vositalari va xodimlarning yuqori malakasi sanitariya muammolarini bartaraf etish, tezkor, samarali va xavfsiz natijani hamda maqbul narxlarni ta’minlaydi. Parazitlarni yo‘q qilish va ularning oldini olish inson uchun xavfsiz, maxsus xizmatlar tomonidan foydalanishga ruxsat etilgan vositalar yordamida amalga oshiriladi.
- Manzil
- Toshkent sh., Birlashgan ko‘chasi, 1/3
- Telefon
- 71 2073444, (+998) 55 9007777
- Sayt
- www.eurodez.uz
- eurodezuz@mail.ru