Qo‘chqorov Dmitriy
1966-yil 3-noyabrda tug‘ilgan.
Ma’lumoti – oliy texnik.
2003-yil – O‘zbekistondagi birinchi injiniring kompaniyasi bo‘lgan “Techno food service” MChJ direktori va ta’sischisi.
2005-yil – “Kristi-Art” reklama va poligrafiya kompaniyasi ta’sischisi.
2007-yildan – “TechnoInterFinans” ulgurji savdo va lizing kompaniyasi ta’sischisi.
2010-yil – O‘zbekiston–Yaponiya markazi (UJC) huzuridagi Professional menejment dasturini (PMR) tamomlagan.
2014-yildan buyon UJC huzuridagi PMP dasturida “Loyihalarni boshqarish” kursi murabbiyi. Moskva texnologiya institutida “Ishlab chiqarish menejmenti” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olmoqda. Xobbi va qiziqishlari: alpinizm, qoyaga tirmashish, chang‘i va ot sporti, videofilmlar suratga olish va montaj qilish.
Oilali, bir o‘g‘il va bir qizning otasi.
Hayot - kesishuvchi va bir-birini to‘ldiruvchi vektorlar yig‘indisidir. Men uchun bu oiladagi, do‘stlar va hamkorlar bilan uyg‘unlikdir. Men jamiyatga berayotgan qadriyatlar darajasidagi biznesga qiziqaman. Harakat yo‘nalishini aniqlab, o‘z vazifangizni anglash, o‘z mehnatingiz bilan yaqinlaringizga, jamiyatga yordam berish va dunyoni yaxshilash muhim!
"Techno food service" VAZIFASI - nou-xau izlash. Biz mahalliy ishbilarmonlar uchun rejalashtirish koridorini kengaytirib, bozor rivojlanishini oldindan ko‘ra bilgan holda va kelajakni 10-15 yilga bashorat qilgan holda, bugunoq amalga oshirish mumkin bo‘lgan ilg‘or imkoniyatlarni taqdim etmoqdamiz. Kompaniya strategik jihatdan ilg‘or mamlakatlarning sanoat yetakchilaridan ko‘p yillar davomida dolzarb bo‘ladigan eng yangi texnologiyalarni taklif etadi. Mijozimiz "ko‘p yillar o‘tgach ham meva berishi uchun bugun daraxt ekish" yondashuvini qo‘llaydi.
Ishlab chiqarish sektori uchunSOLIQ imtiyozlari mantiqan uning faol rivojlanishiga olib keladi, ammo ishlab chiqarish menejmenti "oqsaydi," ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish madaniyati zaif. Rejalashtirish, xarid qilish va ishlab chiqarish jarayonlarining logistikasidan boshlab, malakali biznes modelini yaratish zarur. Oddiy qadamlar o‘sha texnologiyalar va o‘sha odamlar bilan raqobatbardoshlikning o‘sishiga olib keladi. Mening vazifam - hozirgi iqtisodiy sharoitda juda dolzarb bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish va o‘zgarishlarni boshqarish (loyihalarni boshqarish) bo‘yicha malakali konsaltingni yo‘lga qo‘yish.
O‘zbekiston-Yaponiya markazi tinglovchilari uchun "LOYIHALARNI BOSHQARISH" KURSI faol dam olish bilan yakunlanadi - qishda Beldersoy tog‘larida chang‘i va snoubordda uchishni o‘rganamiz, yozda esa 30 metrlik qoyaga chiqib, Chimyonni zabt etamiz. Poxod loyiha boshqaruvi qoidalari asosida qurilgan nazariy materialni o‘zlashtirish imtihoniga aylanadi: muammo, maqsadni belgilash, rejalashtirish va vazifalarni amalga oshirish. Xavf-xatarlar o‘rganiladi, xavfsizlik, ta’minot, tashish va madaniy dastur uchun mas’ullar tayinlanadi. Butun loyiha uchun ishlayotganda, har bir kishi o‘z oldiga shaxsiy maqsad qo‘yadi - balandlikdan qo‘rqishni yengish, o‘z kuchini sinab ko‘rish. Maqsad va shaxsiy natijaga erishgandan so‘ng, inson yangi bosqichga, ba’zan hatto butun hayotiga sakrab chiqadi!
ALPINISTLAR - baxtli insonlar. Ular o‘z maqsadlarini — cho‘qqini zabt etishni aniq anglaydilar. U tom ma’noda ko‘rinadi va jismonan seziladi. Unga erishgach, siz aql bovar qilmas tuyg‘uni boshdan kechirasiz, bu baxtdir! Hayotda bo‘lgani kabi, cho‘qqiga erishish jarayoni ham yuqori talablarni qo‘yadi. Moddiy jihatdan tayyor bo‘lish kerak. Tegishli jihozlarga va a’lo darajadagi jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lish, ma’naviy va ruhiy jihatdan kuchli bo‘lish. Biri ikkinchisisiz ishlamaydi - faqat bog‘lamda. Alpinizm - hayotning boshqa jihatlariga ham ta’sir ko‘rsatadigan yorqin model.
Yaqin kelajakdagiVAZIFALAR: biznes uchun shaxsiy kouching kursini yaratish va joriy etish, biroq standart shaklda emas, balki amaliy ko‘nikmalar bilan boyitilgan holda. O‘z-o‘zini yangicha anglash bilan birgalikda u insonga nafaqat maqsad qo‘yishga, balki unga erishishga ham yordam beradi. Maqsad qo‘yish va unga erishish ketma-ketligi bo‘yicha "Maqsad anatomiyasi" kitobini yozish. Unda G‘arb, Sharq biznes-gurularining ezgulik, adolat, ma’naviyat va oila kabi boqiy qadriyatlarga asoslangan xalqimizning o‘ziga xos mentalitetiga moslashtirilgan asarlaridan eng sara parchalar jamlanadi. "Lenin cho‘qqisi"ga chiqish, dengiz sathidan 7134 metr balandlikka ko‘tarilish jarayoni men uchun juda qiziqarli. Tog‘lar mening hayotni rejalashtirilgan natijaga erishish uchun ketma-ket harakatlarni amalga oshirish jarayoni sifatida tushunishimga mos keladi.
MChJ «TECHNO FOOD SERVICE»
«TECHNO FOOD SERVICE» kompaniyasi mahalliy tadbirkorlarga kompleks muhandislik xizmatlarini ko‘rsatadi: yuqori texnologiyali nonvoychilik, qandolatchilik, makaron ishlab chiqarish, dozalash va qadoqlash uskunalarini yetkazib berishni tashkil etish bo‘yicha texnik maslahat xizmatlari, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini quritish va qayta ishlash uskunalari bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi. Kompaniya uskunalarni foydalanishga topshirish, barcha turdagi ta’mirlash ishlarini bajarish, o‘z servis markazi negizida modernizatsiya qilish, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni uskunalarda ishlashga o‘qitish hamda lizing xizmatlarini ko‘rsatadi.
- Manzil
- ...
- Telefon
- ...
- Sayt
- www.tfs.uz
- technofood@yandex.ru