Mamatqulov Adham Umarovich
23-iyun 1975-yilda tavallud topgan.
Oilali - 4 farzandning otasi.
Farg‘ona Politexnika Institutining Qo‘qon filialini tugatgan, tadbirkorlik bilan 2010-yildan boshlab shug‘ullanadi.
2009 yilda Prezidentimizning tadbirkorlik haqidagi qarori chiqqanidan so‘ng tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga qaror qilib, Xitoy shahrida bo‘lib o‘tgan bir necha kichik ko‘rgazmalarda bo‘lib, tadbirkorlik korxonamizni tashkil etishga qaror qildik va 2010 yilda o‘z tadbirkorlik korxonamizni ochdik. Avvaliga korxonamiz oilaviy edi, keyinchalik korxonani o‘zim boshqara boshladim. Biz ochgan korxona sumka ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi, chunki Shanxaydagi korxonalarda bo‘lganimda sumkalar ishlab chiqaradigan fabrikalarda bo‘lib, ularning mahsulotlari meni o‘ziga jalb etgan va korxonamiz ochilishiga sabab bo‘lgan.
TALABALIK YILLARIM vaqtidayoq tushga qadar o‘qib, keyin hunar o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘lganman. Shu sababli ham menda tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqish kuchli bo‘lgan. Bu borada albatta ustozlarimning xizmati katta. Ustozim Holmirzayev Akbarjon shu kunga qadar o‘z maslahatlari bilan yordam berib turadilar.
ISHNI XITOYDAN TIKUV MASHINALARI OLIB KELIB, 18 ta kollejni bitirgan qizlar bilan boshlaganmiz. Hozirda ana shu qizlar yangi kollejni bitirib kelgan ishchilarimizga rahbarlik qilishmoqda. Korxonamizni ochayotgan vaqtda 4 nafar ishchimizni Xitoyning Guan Jou, Pekin shaharlariga yuborib, ish o‘rgatib kelganman.
TADBIRKOR RAHBAR, MENING NAZARIMDA, TALABCHAN BO‘LGANI MA’QUL, shunda siz ishlab chiqarayotgan mahsulot sifatli va jahon bozorini zabt eta oladi. Bu esa tadbirkor uchun o‘ta muhim deb hisoblayman.
ISH JARAYONIDAGI men qo‘llaydigan talab – adolatli bo‘lish. Chunki rahbar adolatli bo‘lsagina, qo‘l ostida mehnat qilayotgan ishchilar ham chin dildan ishlaydi, chiqarayotgan mahsuloti ham sifatli bo‘lib, jahon talablariga javob beradi. Rahbar o‘z ustida doimo ishlamog‘i, oddiy safar, suhbat chog‘ida ham biror bir yangilikni o‘tkazib yubormasligi va o‘z ish uslubidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotida foydalanmog‘i kerak. Bu esa foydadan holi emas. Chet ellik hamkorlar bilan ishlash ham o‘z samarasini beradi. Birinchidan, ish o‘rganasiz, ikkinchidan, yangi texnikalar olib kelasiz. Biz o‘z korxonamizni ochganimizda yuz foiz xomashyoni Xitoydan olib kelganmiz, hozirda bo‘lsa 60% xomashyo o‘zimizda O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda. Bu nur ustiga a’lo nur deb o‘ylayman.
2016 YILDAN boshlab qo‘shni Qirg‘iziston, Qozog‘iston Respublikalariga mahsulot eksport qilish ishlarini boshlab yuborganmiz. Rossiyaning Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada qatnashdik, ularga ham o‘z mahsulotlarimizni eksport qilish niyatimiz bor. Hozirda sumkalardan tashqari qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan kamarlar – remen – ishlab chiqaryapmiz. Har xil turdagi kamarlar, mashinalar uchun ham himoya kamarlari yangi mahsulotlarimiz turiga kiradi. Ba’zida har bir insonda bo‘ladigan ko‘ngilchanlik ishda pand berishi mumkin. Bu tadbirkorlikda bo‘lmasligi kerak deb o‘ylayman, tadbirkor har doim izlanuvchan bo‘lishi kerak. Bu ish samarasiga katta yordam beradi. Tadbirkorlarda bo‘lgani singari yangi rejalarimiz bor, hozircha bu korxonamiz siri bo‘la qolsin.
BOBOMIZ AMIR TEMUR kuchni adolatda deb bildilar va shu yo‘l bilan butun dunyoga o‘z kuchlarini ko‘rsatdilar. Men ham tadbirkorlikda mezon sifatida adolatni asos qildim va shu yo‘ldan muvaffaqiyatga erishishga ishonchim komil.
NAVQIRON YOSHDAGI YURTIMIZ tadbirkorlarining mehnat samarasi albatta jamiyat taraqqiyoti uchun foydadan holi emasligi ularni yangi zafarlar sari chorlaydi.
MChJ «ADAN TEXTILE PLUS»
«Adan Textile Plus» korxonasi 2014-yildan buyon ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadi. Maqsadimiz — xalqimizni sifatli sumka maxsulotlari bilan ta’minlash va dunyo bozoriga chiqib, O‘zbekistonimizni dunyoga tanitish.
- Manzil
- 150700, Qo‘qon sh., Adabiyot ko‘chasi, 49A
- Telefon
- (+998) 90 5655551, (+998) 91 2030283
- adan1975@mail.ru