Ulikov Abdurashid Abdurahimovich
09 sentyabr 1979-yilda tavallud topgan.
Oilali, o‘g‘il va to‘rtta qizni voyaga yetkazmoqda.
Biznesga odim: 2010-yil - mahsulotning dast-labki chiqarilishi, 2013-yil - mahsulot savdoga qo‘yildi.
Uz ishim - biznesimni yaratish orzu va maqsadi doimo meni olg‘a yetakladi, ammo men hayotini dalada mehnat qilib kechirgan sodda, xokisor insonlar farzandi bo‘lganim uchun, bu haqda jiddiy o‘ylashga imkonim bo‘lmagan. Tasodif meni bu yo‘lga jadallatdi. Kunlardan bir kun biz - oddiy ishchilar guruhi Toshkentning Italiyadan keltirilgan qurilish materiallari bilan savdo yurituvchi juda yaxshi do‘konga kirdik. Do‘kon maslahatchilari istiqbolli mijozlar bilan o‘ta band bo‘lganlaridan bizga e’tibor ham qilmadilar. Bu ko‘nglimga og‘ir botdi. Shunda ilk bor o‘ylab qoldim: shularga o‘xshash mahsulotlarni o‘z yurtimizda ishlab chiqarsak bo‘lmasmikan?
BOZORNI O‘RGANDIK: bizda chet eldan keltirilgan jahon miqyosidagi ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari keng tarqalgan. Dastlabki qadamga yarim yil kerak bo‘ldi: avval o‘z kuchimizni sinab ko‘rdik, test namunalarini chiqardik, yuqori sifat darajasini qo‘lga kiritishga ko‘p urindik, o‘z ustimizda ishlash hamda mahsulotni mukammallashtirishda tinmay izlanishlar olib bordik. Bu, albatta, oson bo‘lmadi. Ishning natijasi darrov yaxshi chiqmadi, ammo sinovlar, tuzatilgan xatolar oqibatida a’lo yakunlarni qo‘lga kiritdik. Endi ish jarayonini tag - tubidan aniq bilaman, chunki nozik tomonlarini his etib, jarayonni o‘zlashtirib ishni ibtidosidan boshladim. Ilk bor mahsulotimni yaxshi baholab, xarid qilgan mijozimni haligacha unutmayman...
Asta - sekin buyurtmalar tushib, talab ham o‘sa boshladi, ishlarimiz yurishib ketdi: bugungi kunda barcha qurilish materiallari savdo shaxobchalarida mahsulotimiz talabga sazovor bo‘lmoqda, o‘zimizning firma do‘konimiz va omborimiz bor. Toshkentda korxonaning taraqqiy etish strategiyasi bilan shug‘ullanuvchi ofis quryapmiz, ishlab chiqarish jarayoni esa Vatanimizda ishlovchilar uchun yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
ISHCHILARIMGA O‘ZIM ISH O‘RGATAMAN, zarurat bo‘lsa, darhol maxsus ish kiyimlarini kiyib, ular bilan sidqidildan birga ishlayman. Ishlab chiqarishdagi ishlarni ukam boshqaradi, men esa savdoni boshqaraman, tartibga solaman, mijozlar topaman. Buning ustiga men marketolog, mol sotish bo‘limi xodimi, texnolog, ham ustozman. Hozir bu lavozimlarga malakali mutaxassislarni olish imkoniyati tug‘ildi, biznes endigina oyoqqa turayotgan paytlarda hammasini o‘zim eplashimga to‘g‘ri kelgandi.
BIZ MAHSULOTIMIZGA O‘N YIL MUDDATGA KAFOLAT BERAMIZ. Bu muddatni hisoblab chiqish uchun sinovlar, testlarni yilning to‘liq davrlari - qish, bahor, yoz, kuz fasllari davomida o‘tkazdik, natijalarni tahlil qildik, tanqidiy yondashdik, muayyan muddatga mo‘ljal qildik, endilikda bo‘lsa, kafolat muddatiga shubhalanmay kafolat bera olamiz.
MENGA TINCHLIK BERMAYDIGAN FIKR: men bilan yonma - yon, ko‘cham, shahrimda istiqomat qi-layotgan insonlarni ish bilan ta’minlash bo‘ldi. Hozir bizda faqat beshtagina ish joyi mavjud, ammo biz qo‘shimcha kerakli shtatlar yaratishga allaqachon shay turibmiz. Inson farovon hayot kechirishi hamda oilasini yetarlicha ta’minlashi uchun qancha pul kerakligini yaxshi bilaman, anglab yetganman. Shulardan kelib chiqqan holda ish haqqini shunday belgilash kerakki, uni olgan ishchi oilasi harajatlarini qoplab, rafiqasi, bolalari, ota - onasini keraklicha ta’minlay olsin. Bunday yondashish xatto ish joylar soni juda ko‘payib ketsa hamki, doim hukm suradi, degan fikrdaman. Vatandoshlarim yurtimiz va yaqinlaridan uzoqda emas, balki kelajagi buyuk O‘zbekistonimizda ishlashlarini hamisha orzu qilaman. Men bilan ishlayotganlar mo‘l - ko‘lchilikda yashayotganlarini bilib, bunda mening ham hissam borligidan ko‘nglim xotirjam bo‘ladi.
MEN ENDI XAYRLI YO‘L BOSHIDAMAN, tinimsiz o‘rganaman, xali kelgusida qilinadigan ishlar ko‘p, qancha o‘zlashtiriladigan narsalar bor. Ishlab chiqarish darajasini yuqori pog‘onalarga ko‘tarish maqsadi bilan tajribalarda, ish jarayonida kengroq bilim olyapman, o‘rganayapman. Internetdagi maxsus servislardan ma’lumotlarni yig‘aman, so‘ngra sinab ko‘raman hamda nazariyani amalda mustahkamlayman. Yaqin kunlarda malakani oshirish maqsadida O‘zbekiston savdo - sanoat palatasining tadbirkorlarga taqdim etadigan granti bo‘yicha chet elga borib o‘qib kelishni rejalashtiryapman. Yevropa zavod va fabrikalarida maslahat va tavsiyalar olish, butun ishlab chiqarish jarayonini o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rish - bebaho tajribadir.
KELAJAKKA ULKAN REJALAR TUZYAPMAN, agar ulardan yarmini amalga oshirolsam, ayni muddao bo‘lardi. Aytadilarku: «Yaxshi niyat - yarim davlat»,- deb. Niyatim bunday: qurilish kollejlari va institut talabalarini yig‘ib, ularni materiallar bilan ta’minlab, ish sharoitini yaratib, mahsulotimiz bilan tanishtirilsa, uni qanday ishlatilishini yaqqol ko‘rsatilsa. Konkurs e’lon qilinib, qandaydir innovatsion usul yoki noyob qurilish texnologisi yaratgan talabaga 10 000 000 so‘m miqdorida mukofot taqdim qilinsa.
ASL ORZUIM - ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish joylari yaratish, o‘z vatandoshlarimni keng ko‘lamda ish bilan ta’minlashdir.
MChJ «MOVIY OMAD FAYZ»
Korxona 2012-yil tashkil topgan bo‘lib, «Moviy» brendi ostida qurilish materiallarini ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanadi.
Mahsulot assortimenti: shpatlevka, turli ko‘rinishdagi qurilish emulsiyasi, gruntovkalar, akrilli lok, besh xil travertin va boshqalar.
Niyatimiz - mijozlarga halol va sifatli xizmat ko‘rsatish!
- Manzil
- 151903, Buvaydo, Dehqonobod ko'chasi, 5
- Telefon
- (+998) 90 3243311, (+998) 95 0600009
- Sayt
- www.moviy.uz
- uliqov85@mail.ru