Abdullaeva Leyla Alievna
Deyarli 25 yildan buyon Golden Pages O‘zbekistonning eng taniqli biznes brendlaridan biri va mamlakat axborot makonidagi yo‘lboshchi bo‘lib kelmoqda. Bu yillar davomida deyarli hamma narsa o‘zgardi: texnologiyalar, muloqot usullari, iste’molchilik odatlari, qaror qabul qilish tezligi. Biz ham o‘zgardik.
Qachonlardir Golden Pages deganda, avvalo, bosma ma’lumotnoma ko‘z oldimizga kelardi. Bugun esa bu — O‘zbekiston biznesiga ko‘zga ko‘rinarli bo‘lish, mijozlar va hamkorlar topish, o‘z tovar va xizmatlarini ilgari surish, zamonaviy raqamli muhitda rivojlanishga yordam berishdek yagona vazifa atrofida birlashgan axborot va IT-mahsulotlarining yaxlit ekotizimidir.
Ushbu ekotizimda O‘zbekistonning yetakchi biznes axborot platformalaridan biri bo‘lgan goldenpages.uz markaziy o‘rinni egallaydi. Bu yerda mamlakat kompaniyalari va korxonalari, tovarlari va xizmatlari, aloqa ma’lumotlari va faoliyat yo‘nalishlari haqidagi dolzarb axborotlar jamlangan.
Ammo bugungi kunda goldenpages.uz shunchaki axborot qidirishdan ancha kengroq tushunchadir. Bu — kompaniyalarga o‘zini tanitish, mashhurligini oshirish, yangi mijozlarni jalb qilish va ishbilarmonlik nufuzini mustahkamlashga yordam beradigan raqamli maydon. Foydalanuvchilar uchun u ishonchli ta’minotchilar, ishlab chiqaruvchilar, hamkorlar va zarur xizmatlarni topishning qulay vositasi bo‘lsa, tadbirkorlar uchun esa potensial mijozga aynan ularning mahsuloti kerak bo‘lgan paytda topilish imkoniyatidir.
Ekotizimni brend tarixi boshlangan va tasdiqlangan biznes-ma’lumotlarni an’anaviy formatda jamlashda davom etayotgan mahsulot — Golden Pages bosma ma’lumotnomasi to‘ldiradi.
78 140 09 09 telefon ma’lumot xizmati va koll-markaz foydalanuvchilar bilan jonli muloqotni ta’minlasa, @GPuzbot Telegram-boti zarur ma’lumotni bevosita smartfondan tez va oson topish imkonini beradi.
Raqamli strategiyamizning alohida yo‘nalishi — bu TOVAR.UZ. U kompaniyalarning tovar va takliflarini O‘zbekiston bozorida ommalashtirish va targʻib qilish uchun yaratilgan B2B savdo platformasidir. Biz uni biznes o‘z mahsulotini namoyish eta oladigan, xaridorlar esa kerakli tovarlar va ta’minotchilarni topa oladigan zamonaviy raqamli peshtaxta sifatida rivojlantirmoqdamiz.
Bu loyihalarning barchasi shaklan turlicha bo‘lsa-da, yagona tizim sifatida ishlaydi.
Bugungi Golden Pages — bu biznes ehtiyojlari atrofida birlashgan axborot, qidiruv, targʻibot, kommunikatsiya va texnologiyalardir.
Har bir IT-mahsulotimiz ortida jamoamizning ulkan kundalik mehnati yotadi. Biz doimiy ravishda ma’lumotlarni yangilab, tartibga solib boramiz, qidiruv va interfeyslarni takomillashtiramiz, jarayonlarni avtomatlashtiramiz, yangi raqamli vositalar va sun’iy intellektni joriy etamiz.
Vazifamiz shunchaki texnologiyalar ortidan ergashish emas. Biz uchun ularning tadbirkorga qanday amaliy foyda keltira olishini anglash muhim.
Aynan shuning uchun biz doimo o‘z ustimizda ishlaymiz. Menga, masalan, mahsulotni ishlab chiqish jarayonini chuqurroq tushunish va IT-jamoa bilan bir professional tilda gaplashish muhim edi, shu sababli Product Management bo‘yicha ta’lim oldim. Bugungi kunda texnologik o‘zgarishlar sur’ati juda katta, sun’iy intellekt esa g‘oyalarni ancha tezroq amalga oshirish imkonini bermoqda. Ilgari oylab ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazishni talab qilgan ishlarni bugun mutlaqo boshqa sur’atda sinash va takomillashtirish mumkin.
Biroq texnologiyalarning o‘zi odamlarsiz hech narsaga yaramaydi.
Golden Pages’ning asosiy kuchi — bu bizning jamoamiz. Bozorni biladigan, murakkab vazifalarni yecha oladigan, o‘zgarishlardan cho‘chimaydigan va kompaniya mahsulotlarini birgalikda rivojlantiradigan mutaxassislar. Ko‘pchilik biz bilan yillardan beri ishlaydi. Aynan inson tajribasi va yangi texnologiyalar uyg‘unligi Golden Pages’ga doimo olg‘a intilish imkonini beradi.
Biz o‘z vazifamizni shunchaki ma’lumot taqdim etishdan kengroq deb bilamiz.
Biz O‘zbekiston biznesiga ko‘zga ko‘rinarli bo‘lishga yordam beramiz.
Tadbirkorga o‘z kompaniyasi haqida so‘zlab berishiga ko‘maklashamiz. Ishlab chiqaruvchiga — mahsulotini taqdim etishiga. Xaridorga — ta’minotchi topishiga. Kompaniyaga — yangi mijozlarga chiqishiga. Hamkorlarga — bir-birini topishiga.
Oxir-oqibat, mamlakatning zamonaviy ishbilarmonlik muhiti aynan shunday minglab aloqalardan tashkil topadi.
Me’moriy ta’lim menga eng asosiysini — alohida unsurlarni emas, butun tizimni yaxlit ko‘ra olishni o‘rgatgan bo‘lsa kerak. Bugun men Golden Pages’ga aynan shunday qarayman: bitta sayt, ma’lumotnoma yoki servis sifatida emas, balki har bir mahsulot bir-birini kuchaytirib turadigan jonli raqamli ekotizim sifatida.
Bunda muvozanatni saqlash muhim. Men uchun bu — sport, harakat, sayohat va oila. Sport qayta kuch to‘plashga va tiniq fikr bilan qaror qabul qilishga yordam beradi, sayohatlar ufqni kengaytiradi, oila esa asosiy tayanch nuqtasi bo‘lib qoladi.
Ammo kasbiy nuqtayi nazardan, mening asosiy turtkim juda oddiy — odamlar va biznesga haqiqatan ham kerak bo‘lgan narsani yaratish.
Golden Pages O‘zbekiston bilan birga o‘zgarmoqda. Biz o‘n yilliklar davomida to‘plangan tajribani saqlagan holda, kelajakka nazar tashlaymiz: IT-mahsulotlarni rivojlantiramiz, sun’iy intellektni joriy etamiz, yangi servislar yaratamiz va biznesni mijozlar bilan bog‘lashning yangi yo‘llarini izlaymiz.
MChJ «GOLDEN PAGES»
Golden Pages 2002-yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistonning yetakchi axborot va ishbilarmonlik platformalaridan biridir.
Kompaniya goldenpages.uz biznes portalini, Golden Pages bosma nashrini, 78-140-09-09 telefon ma’lumot xizmatini, call-markazni, @GPuzbot Telegram-botini, TOVAR.UZ savdo platformasini hamda biznes uchun mo‘ljallangan boshqa raqamli servislarni o‘zida birlashtiradi.
20 yildan ortiq vaqt davomida Golden Pages kompaniyalarga mijozlar, hamkorlar va rivojlanish uchun yangi imkoniyatlarni topishda, foydalanuvchilarga esa mamlakat korxonalari va xizmatlari haqida dolzarb ma’lumotlarni olishda yordam berib kelmoqda.
Golden Pages. Biznes qidiruvdan boshlanadi!
- Manzil
- 100007, Toshkent, Mirzo Ulug'bek shoh ko'chasi, 30
- Telefon
- 78 1406566, (78) 1400909
- Sayt
- goldenpages.uz
- info@goldenpages.uz