G Gulyamov  Muzaffar
O‘zbekistonning 100 ta eng muvaffaqiyatli top-menejeri

Gulyamov Muzaffar

«Men uchun mijoz muammosini doimo faqatgina hal qilish emas, balki murakkab narsalar tushunarli bo‘ladigan tizim yaratish muhim bo‘lgan.»

G‘ulyamov Muzaffar Mahamatnazarovich 1980 yil 26 oktabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Mening professional faoliyatim shaxsiy biznesimdan anchagina oldin boshlangan. 2005 yilda men bojxona ishi va huquqshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha Oliy harbiy bojxona institutini tugatdim, so‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tizimida ishladim.

Bu tajriba menga muhim narsani — tashqi iqtisodiy faoliyatni ichkaridan ko‘rish imkoniyatini berdi. Men biznes uchun bu yo‘l qanchalik murakkab bo‘lishi mumkinligini anglab yetdim: qonunchilik, bojxona jarayonlari, hujjatlar, sertifikatlash, logistika, muddatlar, xatarlar. Shu bilan asta-sekin shunday xulosaga keldimki, tadbirkorga faqat alohida xizmat ko‘rsatuvchi emas, balki barcha masalalarni o‘z zimmasiga olib, jarayonni natijagacha yetkaza oladigan hamkor kerak. Shu tariqa 2013 yilda Perfect Control Service tashkil etildi.

Men ishni yaxshi biladigan malakali ekspertizadan boshladim, ammo boshidanoq faqat bojxona rasmiylashtiruvi kompaniyasini emas, balki mijoz tez, professional va minimal xavflar bilan o‘z vazifasini to‘liq hal qilishi mumkin bo‘lgan tizim yaratishni maqsad qilgandim.

Bugungi kunda biz tashqi iqtisodiy faoliyatning to‘liq siklini qamrab olamiz: tovarlarni TN VED bo‘yicha tasniflash, sertifikatlash, xalqaro shartnomalarni tayyorlash, bojxona rasmiylashtiruvi, ombor va transport-logistika jarayonlari.

Faoliyatimizning o‘tgan yillari davomida biz 100 dan ortiq korporativ mijozlarga ega bo‘ldik, jamoamiz esa har oy 500 dan ziyod bojxona deklaratsiyalarini rasmiylashtirmoqda. Biz bilan yirik ishlab chiqarish va xalqaro kompaniyalar hamkorlik qilmoqda. Men uchun bu raqamlar o‘z-o‘zicha muhim emas. Ular biznesning ishonchi va mas’uliyatini anglatadi va buni har kuni ish sifati bilan tasdiqlab borish lozim bo‘ladi.

Ammo ma’lum bir vaqt kelganda men quyidagini anglab yetdim: agar soha rivojiga haqiqatan ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘lsang, faqat yaxshi xizmat ko‘rsatish yetarli emas. Muhit yaratish kerak.

Shu tariqa PCS Education tashkil etildi. Biz to‘plangan bilim va amaliy tajribani yangi avlod mutaxassislariga yetkazishga qaror qildik. Bugungi kunda ta’lim markazi bojxona ishi, tashqi iqtisodiy faoliyat va logistika sohalarida professionallar tayyorlaydi, bitiruvchilarimiz soni esa 1000 nafardan oshdi.

Biz to‘plangan bilimlarni va amaliy tajribamizni mutaxassislarning yangi avlodiga berishga qaror qildik.

PCS Logistics keyingi qadamimiz bo‘ldi. Bu yana bir muhim yo‘nalishni — xalqaro yuk tashish va logistika jarayonlarini boshqarishni birlashtirish imkonini berdi. Natijada bugun bizda Perfect Control Service, PCS Education va PCS Logistics kabi o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi uchta yo‘nalishdan iborat yagona ekotizim shakllandi.

Agar bizning falsafamizni ikki so‘z bilan ifoda qilish kerak bo‘lsa, men shunday der edim: murakkabni soddalashtirish.

Mijoz uchun tizim ichida qancha jarayon kechayotgani muhim emas. Uning vazifasi — o‘z biznesi bilan shug‘ullanishdir. Bizning vazifamiz esa tashqi iqtisodiy faoliyatni uning uchun shartnoma tuzishdan tortib bojxona rasmiylashtiruvi, logistika va yetkazib berishgacha maksimal darajada samarali ishlashini ta’minlashdan iborat hisoblanadi.

Umuman olganda, yaxshi biznes muammoni chuqur anglashdan boshlanadi, degan qat’iy ishonchdaman. Kuchli biznes esa shu muammoni har safar qo‘lda hal qilishni to‘xtatib, uni doimiy ravishda yechishga qodir tizim yarata olganingizda paydo bo‘ladi.

Bugun biz rivojlanishning yangi bosqichida turibmiz. Raqamlashtirish, avtomatlashtirish va zamonaviy texnologiyalar tashqi savdoni tubdan o‘zgartirmoqda. Men bunda ulkan imkoniyatlarni ko‘ryapman. Bizning vazifamiz — muddatlarni qisqartirish, xarajatlarni kamaytirish, tavakkalchilikni minimallashtirish hamda murakkab jarayonlarni biznes uchun yanada shaffof va oldindan aytish mumkin bo‘lgan holatga keltirish uchun texnologiyalardan foydalanishdir.

Ortga nazar tashlasam, qonuniy bir yo‘lni ko‘raman: mutaxassislikdan — tadbirkorlikka, bitta kompaniyadan — kompaniyalar guruhiga, alohida bir xizmatdan — butun bir ekotizimga.

Lekin men uchun bu yakun emas.

Biznesda biror kun kelib: “Biz hamma narsaga erishdik”, deb bo‘lmaydi. Siz to‘xtashingiz bilanoq bozor sizsiz harakatlanishda davom etadi. Shu sababli, bugun qilayotgan ishlarimizni ertaga qanday qilib yanada yaxshiroq, tezroq va samaraliroq qilish mumkinligi meni doim qiziqtiradi.

Kompaniya haqida

MChJ «PERFECT CONTROL SERVICE»

«PERFECT CONTROL SERVICE» MChJ — 2013 yildan beri faoliyat yuritayotgan, bojxona rasmiylashtiruvi sohasidagi professional kompaniyadir. Kompaniya import va eksport yuklarini rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi: bojxona hujjatlarini tayyorlash va tekshirish, tovarlarni tasniflash (TN VED), tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha maslahatlar, sertifikatlar va ruxsat beruvchi hujjatlarni olishgacha bo‘lgan to‘liq xizmatlar.

PCS LOGISTICS — xalqaro tashuvlar, yuklarni majmuaviy kuzatib borish, hamda muddatlar va yo‘nalishlarni optimallashtirish.

PCS EDUCATION — bojxona rasmiylashtiruvi va tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha mutaxassislarni o‘qitish.

Manzil
100031, Toshkent, Afrosiyob ko'chasi, 2
Telefon
(+998) 97 7560004, (+998) 90 9931112
Sayt
pcs-2013.uz
E-mail
perfect_control_service@mail.ru