Xolmatov Ulug‘bek Baxtiyorovich
Xolmatov Ulug‘bek Baxtiyorovich, 1964-yil 19-sentyabrda shifokorlar oilasida tug‘ilgan.
1986-yilda Toshkent tibbiyot institutining stomatologiya fakultetini tamomlagan.
1986-2000 yillar - xususiy tibbiy amaliyot bilan shug‘ullangan.
1995 yil - tadbirkorlar o‘rtasidagi respublika tanlovida g‘olib bo‘lgan. Shvetsiyaga sayohat bilan taqdirlangan.
1992 yildan hozirgacha - "STOMASERVICE" MChJ bosh direktori
Oilali, ikki nafar farzandi bor.
MENING KLINIKAMDA devorga Gippokrat qasamyodi matni yozilgan katta plakat osib qo‘yilgan. Har bir shifokorimiz o‘z ish joyiga kelib, tanish so‘zlarga ko‘z yugurtiradi va shifokorlik burchini ado etishga sozlanadi. “O‘z kuchim va aql-idrokimga muvofiq, vijdonan bajarishga...”
HAM SHIFOKOR BO‘LIB QOLISH, ham biznes bilan shug‘ullanish juda mushkul. Faoliyatimizni yangi boshlagan paytlarda tadbirkorlik va shifokorlikni birga olib borishga harakat qilardim. Amerikalik professor, ko‘ngilli Stenli Makenbergning maslahati bilan “goh shifokorlik qalpoqchasini, goh tadbirkorlik qalpoqchasini kiyardim”, ammo keyinroq birini tanlash kerak degan qarorga keldim. Endi men bemorlarni davolamayman. Buning o‘rniga xodimlarim va hamkasblarim pul masalasini o‘ylamasdan, faqat davolash bilan shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib beryapman. Qo‘l ostimda besh nafar shifokor va to‘rt nafar assistent ishlaydi, ular bemorga aynan zarur bo‘lgan muolajani tavsiya etishadi.
BIZ JUDA AHIL JAMOAMIZ. Ko‘pchilik men bilan o‘n-o‘n besh yildan beri ishlab keladi. Muvaffaqiyatli hamkorlik uchun “nima yaxshiyu nima yomonligi” aniq-ravshan belgilab qo‘yilgan savodli shartnoma kerak, deb hisoblayman. Shunda hech qanday tushunmovchilikka o‘rin qolmaydi. Bizda “Muammolar qutisi” degan narsa bor: istalgan bemor yoki kompaniya xodimi o‘z shikoyatini anonim tarzda yozib qoldirishi mumkin. Bu qutini har kuni shaxsan o‘zim tekshiraman.
TIBBIY TURIZM – ayni paytda biz o‘zlashtirayotgan istiqbolli yo‘nalish. Ingliz tilida sayt yaratdik. Men ko‘plab xorijiy klinikalarda bo‘lganman, biznikidek darajadagi tibbiy xizmatlar narxi u yerlarda o‘n baravar qimmat. Ya’ni, Toshkentga birinchi klassda uchib kelib, yuqori darajada davolanish, Samarqand va Buxoroni ziyorat qilish mumkin – bularning bari Yevropa klinikasidagi davolanishdan ancha arzon tushadi. Agar sayyohlarga juda yoqadigan sharqona mehmondo‘stligimizni ham hisobga olsak... Ko‘plab xorijliklar allaqachon shunday qilishyapti. Aytgancha, ularning ayrimlari, agar tish protezi taqishsa, bizdan ehtiyot shart ikkitadan buyurtma berishadi.
STOMATOLOGIYA – ilm talab qiladigan soha. Unda har yili yangi kashfiyotlar qilinadi, yangi texnologiyalar ixtiro etiladi. Stomatologiyada rivojlanishdan to‘xtab qolish mumkin emas. Doimiy ravishda o‘z ustida ishlash va yangiliklarni o‘zlashtirib borish zarur. Masalan, hozir biz butun davolash jarayonini avtomatlashtiradigan stomatologik qurilmaga buyurtma berdik. U bilan rentgenning hojati qolmaydi, qurilma butun jarayonni ko‘rish imkonini beruvchi maxsus skaner bilan jihozlangan.
ISHONCHIM KOMILKI, agar profilaktikaga e’tibor berilsa, yaxshi stomatolog xizmatlari ko‘pchilik uchun hamyonbop bo‘ladi. Yiliga ikki marta stomatolog ko‘rigiga borish – yaxshi odat. “Gollivudcha tabassum”ning bahosi aynan shu odatdan shakllanadi. Stomatologlarga borishdan qochishning asosiy sababi – qo‘rquv – endi o‘z dolzarbligini yo‘qotgan. Hozirgi muolajalar nafaqat og‘riqsiz, balki kresloda o‘tirib uxlab olish yoki maxsus ko‘zoynakda film tomosha qilish ham mumkin.
QIZIQISHLARIM – ov, baliq ovi va nodir avtomobillar. Menda 1940-yilda ishlab chiqarilgan, ittifoqchilar Sovetlar Ittifoqiga sovg‘a qilgan Amerika “Villis”i bor. U butun urushni bosib o‘tib, Berlingacha borgan. Haydovchi general Akuninni olib yurgan va urushdan keyin o‘sha jipni unga sovg‘a qilishgan. U bir amallab Toshkentga yetib kelgan va mashina ellik yildan ortiq hovlida turib qolgan. Eng qizig‘i, barcha hujjatlari joyida edi. Mana shunday bir noyob nusxa. To‘g‘ri, u hozircha kolleksiyamdagi yagona avtomobil…
TAQDIR TAQOZOSI BILAN, mening biznesimda yangi texnologiyalar va qadimgi an’analar yonma-yon, chambarchas bog‘lanib ketgan. Klinika hududida 102 yoshli, davlat muhofazasiga olingan eman daraxti o‘sadi. Zamonaviy binomiz yarim asrdan oshiq tarixga ega cherepitsa bilan qoplangan, eski, ko‘mirda pishirilgan g‘ishtdan qurilgan. Shifokorlarim eng ilg‘or texnika va o‘ta zamonaviy materiallardan foydalanishadi. Lekin har kuni ikki ming yildan ko‘proq vaqt avval berilgan Gippokrat qasamyodiga ko‘z yugurtirib qo‘yadilar...


ООО «STOMASERVICE»
ООО «STOMASERVICE» образовано 1 декабря 1992 года и оказывает стоматологическую помощь по терапии, хирургии и протезированию на высоком современном уровне.
ООО «STOMASERVICE» оснащено стоматологическим оборудованием компаний «Sirona» (Германия), «Dentsply» (США), «Maillefer» (Швейцария). Специалисты компании прошли обучение за рубежом и работают по новым цифровым технологиям.
Качеству и надёжности лечения в клинике «STOMASERVICE» доверяют более 10 000 пациентов, в числе которых сотрудники посольств, консульств, международных организаций, звёзды отечественной эстрады, кино и телевидения.
Особое внимание уделяется стерильности и безопасности. За двадцать лет деятельности клиники не было зарегистрировано ни одного случая заражения гепатитом и другими инфекционными заболеваниями.
С 1996 года ООО «STOMASERVICE» официально признано Палатой предпринимателей г. Ташкента лучшим медицинским учреждением.
В 2005 году Европейский союз наградил дипломом и золотой медалью «За качество и эффективность».
В 2014 году получен международный диплом в Женеве за «Высокое качество».
В 2016 году клиника эстетической стоматологии переименована на клинику цифровой стоматологии.
Девиз компании: «Уважение личности! Внимание к клиенту! Высшее качество работы!»
- Manzil
- 100187, г. Ташкент, ул. Буюк Ипак Йули, 235
- Telefon
- 71 2668899, (+998) 98 3144488
- Sayt
- www.stomaservice.uz
- clinica@stomaservice.uz