Rasulev Farhod Qahramonovich
Rasulev Farhod Qahramonovich, 1978-yil 2-oktyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
1994–1997-yillar – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
1997–1998-yillar – IATA (Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi) tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan mehmonxona boshqaruvi va turizm bo‘yicha professional kurslar, London.
1998–2000-yillar – oilaviy biznesga tegishli mehmonxonalarda administrator, boshqaruvchi, logist, turizm bo‘yicha menejer.
2000–2008-yillar – «BCD Travel» bosh direktori.
2008-yildan hozirgacha – «Dolores Travel Services» bosh direktori.
HAMMASI G‘OYADAN BOSHLANGAN. Katta akam Rovshan elchixonada logist bo‘lib ishlar ekan, 1996-yili Buxorodagi «Sasha va o‘g‘li» nomli xususiy mehmonxonada to‘xtabdi. O‘shanda u kechqurun mehmondo‘st hovlidagi ayvonda o‘tirib, birdan O‘zbekiston kabi madaniy qadriyatlar izlab kelinadigan mamlakatda kelajak mini-mehmonxonalarniki ekanini o‘ylab qolibdi. Yevropacha servis va sharqona kolorit uyg‘unlashgan, zamonaviy xizmat va aloqa turlari taqdim etiladigan, ayni paytda o‘zingni sharqlik do‘stlaringnikida mehmonda o‘tirgandek his qiladigan maskanlar kelajagi...
SHU TARZDA, 1996-YILI Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan olingan kredit hisobiga ilk mini-mehmonxonamiz – «Sambux» dunyoga keldi. Men esa institutdan akademik ta’til olib, Londonga jo‘nadim va u yerda bir o‘quv yili davomida jahon geografiyasi, mehmonxona xo‘jaligi, turizm, aviachiptalarni bron qilishning “Galileo” tizimi kabi mehmonxonalarni boshqarish uchun zarur bo‘lgan hamma narsani o‘rgandim. Toshkentga qaytgach, “bir kishilik orkestr” singari bir yo‘la bir nechta vazifani bajarishga kirishdim: xodimlarga rahbarlik qildim, ma’mur bo‘ldim, nonushta va tushliklarni dasturxonga tortdim, kechqurun esa kompyuter qarshisiga o‘tirib, xatlar, so‘rovlar va buyurtmalarga javob yozdim… Taxminan bir yarim yil mehmonxonaning o‘zida yashadim.
1996-YILDAN 2006-yilgacha biz sakkizta mehmonxona qurdik: «Sambux-tur», «Rovshan», «Orzu», «Orzu-elit», «Elit», «Grand-Orzu», Buxoroda «Semurg» va tog‘ bag‘rida «Bog‘i shamol».
KOMPANIYA G‘OYASIGA yetishishim uchun sakkiz yil kerak bo‘ldi. Men mijozning chipta bron qilishdan tortib, mehmonxonaga joylashishigacha bo‘lgan barcha masalalarini hal qiladigan agentlik yaratishni istardim. Viza bilan qo‘llab-quvvatlash, yo‘nalishlarni rejalashtirish, reyslarni ulash, ekskursiyalar tashkil etish, transport va safarda zarur bo‘ladigan boshqa ko‘plab xizmatlarni o‘z ichiga olgan agentlik.
BIZNING KOMPANIYA shunchaki ekstra-klass servis emas, u mijozning sayohati bexavotir o‘tishiga bo‘lgan ishonchi va xotirjamligidir. Shunchaki turistik agentlik emas, balki ko‘plab masalalar yechimini ishonib topshirish mumkin bo‘lgan ishonchli hamkordir. Buning uchun a’lo darajadagi obro‘-e’tiborga ega bo‘lishimiz va nufuz orttirishimiz kerak edi. Biz bu vazifani uddaladik.
YURTIMIZGA XORIJDAGI QIZIQISH yildan-yilga ortib bormoqda. Bu yerga intellektual salohiyatli kishilar tashrif buyuradi. Ularni Sharqning milliy-tarixiy jihatlari, an’ana va madaniyati qiziqtiradi. Men milliy madaniyatimizni yuksak hurmat qilaman va har qanday vaziyatda o‘zbeklar – noyob xalq ekanini ko‘rsatishga harakat qilaman. Menga e’tiroz bildira boshlashsa, jonim chiqib ketay deydi. Gap millatda ham emas. O‘zbekiston haqiqatan ham betakror tabiiy va insoniy resurslarga ega. Bu yerda nafaqat millatlarning ulkan qorishuvi, balki bir-birining urf-odat va qadriyatlarini hurmat qilish, qabul qilish ham mavjud. Yahudiy, rus, o‘zbek yoki koreys bayrami bo‘ladimi – qaysi millatga mansubligingdan qat’i nazar, barcha birgalikda xursandchilik qilishi uchun bir bahona.
MEN YIGIRMA YETTI MAMLAKATDA BO‘LGANMAN va bu dunyodagi barcha davlatlarning atigi 11 foizidir. Malayziya, Ispaniya, Isroil menga juda yoqdi… Nazarimda, turizm sohasida har tomonlama rivojlangan insonlar ishlaydi: ular hamma narsaga qiziqadi, xushmuomala va har qanday madaniyatni oson qabul qiladi. Malayziyada bir oz malayziyalik, Ispaniyada bir oz ispanga aylanadi... Har holda, o‘zimdan kelib chiqib shunday xulosa qilaman.
BOLALIGIMDA xalqaro jurnalist yoki razvedkachi bo‘lishni orzu qilardim. Ba’zan shuni eslab, bu orzularim zamirida bir joyda qo‘nim topmaslik, sayohatlarga bo‘lgan chanqoqlik yotgan bo‘lsa kerak, deb o‘ylab qolaman. Men juda faol hayot tarzini olib boraman va bu menga yoqadi. Garchi dam olishni tashkil etish sohasida ishlasam-da, o‘zim dam olishni bilmayman. Sakkiz yil ichida atigi ikki marta ta’tilga chiqdim. Shunda ham to‘rtinchi kunga kelib bekorchilik jonimga tegishni boshladi. Va men darhol o‘zimga biror ish topdim. Yoshi ulg‘aygan sari “ishga mukkasidan ketish” noto‘g‘ri ekanini tushunib boryapman, albatta. Kamdan-kam hollarda “o‘z qobig‘imga o‘ralib olaman”: uyga qamalib, bir talay film va kitob yig‘aman, telefonlarimni o‘chiraman… Shu tariqa kuch to‘playman.
Tadbirkor uchun ENG ZARUR XISLAT – qaror qabul qilishga jur’atli bo‘lishdir. Gohida tarozi pallasining bir tomonida tavakkal, ikkinchi tomonida esa xotirjamlik turadi. Ammo xotirjamlik dividend keltirmaydi. Va to‘g‘ri qaror qabul qilish kerak. Ayrimlar oqim bo‘ylab suzishni ma’qul ko‘rsa, boshqalar o‘sha oqimni yaratishni afzal biladi. Bu birinchilar ikkinchilardan yomon degani emas. Bu shunchaki ustuvorliklar tanlovi, xolos.
Meni hech qachon pand bermagan TAMOYIL – bu o‘z sezgimga ishonishdir. Va eng muhimi – birinchi taassurotga. Ba’zida bir inson nega yoqishi yoki yoqmasligi mutlaqo tushunarsiz bo‘ladi. Lekin, odatda, men uchun bu o‘sha inson bilan ish yuritish yoki yuritmaslikni hal qiluvchi omildir.
TADBIRKORLIK RUHI yangi imkoniyatlar izlashga undaydi. Muvaffaqiyatli biznes daraxt kabidir – unda tinimsiz yangi shoxlar o‘sib chiqadi. Har safar – yangi vazifa. Agar bu investitsiyalar portfeli bo‘lmasa, asosiysi, hamma narsa bir o‘zanda oqishi kerak. Nazarimda, muvaffaqiyat uchun ko‘plab sohalarda havaskor bo‘lgandan ko‘ra, bir sohada mukammallashib, o‘z ishining ustasi bo‘lish muhimroq.
Shunday qilib… «Daraxtni» ekib bo‘ldim, uylarni qurdim…
…qolgani hali oldinda.
СП ООО «DOLORES TRAVEL SERVICES»
«Идти вперёд, не оглядываясь назад...»
Компания «Dolores Travel Services» была основана в 1998 году.
Уже к началу третьего тысячелетия, к 2000 году, компания заняла уверенную позицию на рынке туристических услуг Узбекистана, успешно развивая инфраструктуру и налаживая связи с партнёрами по всей республике.
На сегодняшний день «Dolores Travel Services» лидирует в списке узбекистанских туристических агентств по въездному туризму в Центральную Азию, Узбекистан и сопредельные государства, по территории которых проходит Великий Шёлковый Путь.
Как профессиональный туроператор в Узбекистане, за восемнадцать лет работы в пределах субконтинента компания «Dolores Travel» приобрела превосходную репутацию, заработала авторитет у партнёров и туристов по всему миру: из России, Соединенных Штатов Америки, Новой Зеландии, Австралии, Израиля, Японии, Малайзии, Сингапура и стран Европы.
- Manzil
- 100015, г. Ташкент, ул. Кичик Бешагач, 104А
- Telefon
- 78 1208883, 78 1209012
- Sayt
- www.dolorestravel.com
- operator@dolores.uz