MA Musaxoniy Alisher
O‘zbekistonning 100 ta eng muvaffaqiyatli top-menejeri

Musaxoniy Alisher

«Agar o‘z huquqlaringizdan foydalanmasangiz, ulardan begona kimsalar foydalanadi»

Musaxoniy Alisher 1963-yil 28-avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

1985-yilda ToshDU yuridik fakultetini sud-prokurorlik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Universitetni tugatgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullangan.

1990-1995-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Kotibiyatida, Toshkent Davlat Yuridik institutida ishlagan.

1994-yilda "Huquqiy Madad" konsalting firmasini ta’sis etgan, keyinchalik u auditorlik-huquqiy firmasiga aylantirilgan va keyinchalik faqat advokatlik faoliyatiga ixtisoslashgan.

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi boshqaruvi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar assotsiatsiyasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasidan saylangan, Toshkent viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasi hamraisi, hakamlik sudyasi, Xalqaro Advokatlar Ittifoqi (Hamdo‘stligi) a’zosi, Moskva shahridagi MS (S) A Prezidiumi a’zosi.

Uylangan, ikki farzandi bor.

HAYOTIMDA va advokatlik faoliyatimda ko‘pincha halol odamlar bilan uchrashaman. Bular – o‘z ishini vijdonan, qonunga tayanib yuritadigan kishilardir. Oddiy insonning huquqiy ongi hayotiy tajriba asosida shakllanadi va boyib boradi. Tabiatan “adolat uchun kurashuvchi” bo‘lgan insonlar ham bor. Biz huquqshunoslar esa bunday odamlarga yordam berishimiz, ularga professional ko‘mak ko‘rsatishimiz lozim. Mabodo kimdir chindan ham xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, advokatlar uning inson sifatidagi huquqlari buzilmasligini ta’minlashga va qonuniylik tamoyiliga rioya etilishiga yordam beradi. Har bir inson o‘z shaxsiga qilingan tajovuzlardan himoyalanish va malakali huquqiy yordam olish huquqiga egadir.
Oliy Kengashdagi faoliyatim yakunlanayotgan paytdayoq advokatlik bilan shug‘ullanishni o‘ylab qo‘ygandim. Qonun ijodkorligi va asosan tadbirkorlik huquqi bilan shug‘ullanganim sababli, yo‘nalish tanlashim mantiqan to‘g‘ri edi – biznes-advokatura, ya’ni tadbirkorlik faoliyatiga yordam ko‘rsatish. Avvaliga biznesga oid barcha masalalar bo‘yicha maslahat beradigan konsalting firmasini ochdim. Keyinroq, 1998-yilda advokatlik faoliyati litsenziyalanishi munosabati bilan advokatlik litsenziyasini olgach, iqtisodiy yo‘nalishdagi ishlar advokatlik firmamizning ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Firmamizga 15 yil bo‘ldi va u o‘z sohasini mukammal biladigan professionallardan iborat ahil jamoaga aylangan. Mijozlarimiz orasida yirik kompaniyalar, nufuzli tadbirkorlar, o‘z biznes segmentida mustahkam o‘rin egallagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek, faoliyatini endi boshlayotgan va huquqiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan tadbirkorlar va menejerlar bor.

MEN HAR DOIM faqat o‘zing yaxshi biladigan va o‘zingni ishonchli his qiladigan soha bilan shug‘ullanish tamoyiliga amal qilaman. Men uchun bu – iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasi, shuningdek, qisman iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlardir. Men kelishuv bitimlari, barcha nizolarni muzokaralar va o‘zaro murosaga kelish yo‘li bilan hal etish tarafdoriman. Tadbirkorlar uchun o‘zaro bahslarda murosaga kelish, vaqt, pul va asablarni behuda sarflamaslik, kompaniya obro‘siga putur yetkazmaslik hamisha afzalroqdir. Hozirgi kunda fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi muammo va nizolarni, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi xo‘jalik nizolarini tezkor, maxfiy va qisqa muddatda hal qila oladigan Hakamlik sudlarini rivojlantirish zarur. Biznesda qonunbuzarliklar ko‘pincha kimningdir yovuz niyati tufayli emas, balki vaziyatlar taqozosi, hujjatlarni rasmiylashtirishga, o‘z mulkiy huquqlari va shartnoma majburiyatlarini mustahkamlashga yetarlicha savodli yondashmaslik oqibatida yuzaga keladi.

PUL – bu vosita. Faqat ishlash emas, balki pul topish kerak. Lekin pulning o‘zi maqsad bo‘lishi uchun emas, balki o‘z ustida ishlash, kamolotga erishish uchun. Boyish maqsadi emas, ishga bo‘lgan qiziqish ustuvor bo‘lishi lozim. Hayotda eng muhimi – o‘zingga chin dildan qiziq bo‘lgan ish bilan shug‘ullanish, jamiyat va insonlarga foyda keltirishdir, pul esa o‘z-o‘zidan kelaveradi.

Kompaniya haqida

MChJ «HUQUQIY MADAD»

Mijozning huquqiy muammolarini hal qilish – advokatlarning huquqiy yordami, ya’ni tadbirkorlar haqida huquqiy g‘amxo‘rlik demakdir.

“Huquqiy Madad” advokatlik firmasi O‘zbekiston bozorida 1994-yildan buyon faoliyat yuritib keladi va O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari hamda norezidentlariga keng ko‘lamli yuridik xizmatlar va maslahatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan.

Advokatlik firmasi shtatida huquq va tadbirkorlik sohalarida katta tajribaga ega bo‘lgan, xo‘jalik, jinoyat va fuqarolik huquqi bo‘yicha huquqiy ko‘mak, yordam va maslahatlar beruvchi professional huquqshunoslar faoliyat yuritadi. Firmaning www.hmadad.uz interaktiv resursi mavjud bo‘lib, u orqali mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilish hamda birinchi savolga elektron yoki oddiy pochta orqali bepul javob olish mumkin.

Manzil
100054, Toshkent sh., Lutfiy ko'chasi, 6/205
Telefon
(+998) 90 3206036, (+998) 55 5106036
E-mail
hmadaduz@umail.uz