Zairova Go‘zal Jo‘rayevna
Zairova Go‘zal Jo‘rayevna, Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan.
1977-yilda Reshetov nomidagi RPIRAIL (Jahon tillari universiteti) ni tamomlagan.
1993-yilda Biznesga ko‘maklashish institutini (Vena, Avstriya) menejment yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.
1973-yilda G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida kotiblikdan reklama va targ‘ibot tahririyati mudiri lavozimigacha ko‘tarildi.
1984-yil - O‘zbekiston Qadimiy zargarlik fondining bosh saqlovchisi.
1992-yilda "Tadbirkor ayol" ADJU qoshidagi "Sitora" sho‘ba korxonasi direktori lavozimida ishlagan.
1998-yilda "Osiyekoservis" firmasi direktori lavozimida ishlagan.
2001-yil - "O‘zbekteatr" texnik-ishlab chiqarish birlashmasi qoshidagi "Artamadad" maxsus jamg‘armasining tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha eksperti.
2007-yil - "INVEST KREDIT" kredit uyushmasi Kengashi raisi.
Ikki o‘g‘ilning onasi.
PUL har doim zarur, ammo u ayniqsa kerak bo‘ladigan holatlar ham uchraydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlari insonni o‘zi va oilasiga munosib turmush tarzini ta’minlash uchun qat’iy harakat qilishga undaydi. Kredit ittifoqi – bu odamlar o‘rtasidagi moliyaviy vositachi va bu boradagi falsafamiz mohiyati juda oddiy: o‘zingga yordam berar ekansan, boshqalarga ham ko‘maklashasan. Kredit ittifoqi, bankdan farqli o‘laroq, kapitallar birlashmasi emas, balki odamlar uyushmasidir. Pay badali miqdoridan qat’i nazar, ittifoq a’zolari teng sharoit va huquqlardan foydalanadilar. Kredit ittifoqining o‘ziga xos jihati shundaki, kredit olish uchun barcha arizalar eng qisqa muddatlarda ko‘rib chiqiladi. Biz eng shoshilinch ehtiyojlarni – to‘y o‘tkazish, davolanish, o‘qish, mebel va avtotransport xaridi kabi va boshqa ko‘plab maqsadlarni moliyalashtiramiz. Ammo eng asosiysi – biz bilan siz o‘zingizga ishonch va so‘zsiz moliyaviy madad tuyg‘usiga ega bo‘lasiz.
HAYOTIMNING eng asosiy qoidasimi? Bu – o‘zligingni saqlab qolish, o‘zing bilan hamohanglikda yashash va har bir o‘tgan kun uchun Yaratganga shukrona aytish. Xoh eng chuqur jarlik tubida, xoh eng yuksak tog‘ cho‘qqisida bo‘l, o‘zingga xiyonat qilma va o‘zgarma. Zero, har birimiz hayotdan nimani so‘ragan va nimaga tayyor bo‘lsak, ayni o‘shani olamiz. Taqdirga minnatdor bo‘la bilish kerak. Faqat pul haqida o‘ylamay, o‘z ishingizni halollik va mehr bilan bajarsangiz, pulning o‘zi sizni topib keladi. Boy va o‘ziga to‘q odamning birovga hasad qilishga vaqti ham, kimdandir g‘azablanishiga hojat ham yo‘q. Hasadgo‘ylar va g‘azabnoklar butun umrini shu ahvolda, hech narsasiz o‘tkazadi, o‘z sevimli ishi bilan band bo‘lganlarning esa, chindan ham, hasad qilishga vaqti bo‘lmaydi. Parvoz qanchalik baland bo‘lsa, yuksaklikka intilib, o‘z maqsadlaringga erishish ham shunchalik oson bo‘ladi. Asosiysi – balandlikdan qo‘rqmaslik...
MEN san’atni barcha ko‘rinishlarida juda yaxshi ko‘raman va muvaffaqiyatli biznesning o‘zi ham bir san’at, deb hisoblayman. G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida ham, O‘zbekiston Antikvar-zargarlik fondining Bosh saqlovchisi bo‘lib ishlagan paytlarimda ham hayotim ijod va go‘zallik qurshovida o‘tdi. Osip Mandelshtam, Marina Svetayeva, Umar Xayyom singari siymolarning chin she’riyatini sevib mutolaa qilaman...
BOZOR munosabatlari kirib kelgach, hayot go‘zalligini his etish uchun yangi yo‘llarni izlashga to‘g‘ri keldi. G‘oya tezda tug‘ildi. O‘zbekiston ishbilarmon ayollari uyushmasining ulkan ko‘magini olib, o‘z shaxsiy biznesimni – dastlab kasanachilik asosida ayollar uchun trikotaj kiyimlar, so‘ngra tikuvchilik ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘ydim va zamonaviy dizaynni yaratish hamda ish jarayonini ta’minlashni o‘z zimmamga oldim. Menga doim yangi ish o‘rinlari yaratish yoqqan. Nazarimda, ayol kishiga nafaqat ma’naviyat va ziyolilik, balki moliyaviy mustaqillik ham zarur.
YANA bir muhim narsa – o‘zgalarning dardini ko‘ra bilish, yordam berishga intilishdir. Zero, muhabbat, do‘stlik, sadoqat – bular shunchaki aytilgan so‘zlar, xolos. Odamlarga esa ularning amaldagi isboti kerak. Donishmand xalq naqllari orasida bir juda o‘rinli gap bor: Birovga pichoq sanchishdan oldin, o‘zingga sanchib ko‘r. Agar og‘rimasa...
KREDIT ITTIFOQI «INVEST KREDIT»
“INVEST KREDIT” kredit ittifoqi: “Biz bilan hamkorlik — muvaffaqiyatingiz kafolati!”
“INVEST KREDIT” kredit ittifoqi 2007-yilda ittifoq a’zolari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarga ixtiyoriy teng huquqli a’zolik asosida depozitlarni qabul qilish hamda kreditlar ajratish bo‘yicha moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan. Omonatchilar uchun 60 dan ortiq turdagi depozit mahsulotlari ishlab chiqilgan. “INVEST KREDIT” bir oydan ikki yilgacha bo‘lgan muddatga tijorat, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va iste’mol kreditlarini taklif qiladi. “Yoshlar yili” hamda kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq loyihalarga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, Kredit ittifoqida omonatlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida kredit majburiyatlarining o‘z vaqtida so‘ndirilishi ustidan qat’iy nazorat olib boriladi. Kredit siyosati ajratiladigan kreditlarning eng yuqori miqdorini, kredit muddati va foizlarini belgilash tartibini, garov ta’minotining maqbul shakllarini hamda berilgan kreditlar bo‘yicha monitoring o‘tkazish talablarini belgilab beradi.
“INVEST KREDIT” — bu tezkor moliyaviy yordam, ishonchli va bilimdon hamkor hamda moliyaviy xizmatlar va kreditlash bozorining raqobatbardosh ishtirokchisidir.
- Manzil
- ...
- Telefon
- ...