Karimov Jamshid Fatxullayevich
Karimov Jamshid Fatxullayevich 1977-yil 24-avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
1999-yilda Toshkent Moliya Institutining Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari fakultetini tamomlagan.
2003-yilda Toshkent Davlat Universitetining aspiranturasini tamomlagan.
2011-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1994–1996-yillarda — «O‘zsanoatqurilishbank» ATBda mutaxassis lavozimida ishlagan.
1996–1998-yillarda — «Coca Cola» kompaniyasida sotuvlar bo‘yicha buxgalter lavozimida faoliyat yuritgan.
1999–2000-yillarda — Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Uzexpocenterda iqtisodchi bo‘lib ishlagan.
2000-yilda — «NFK Audit» auditorlik firmasida direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
2002-yil avgust oyidan boshlab — «Holis Guruh» MChJ auditorlik tashkilotining Bosh direktori/Hamkori. 2011-yildan boshlab ushbu tashkilot «GRANT THORNTON» brendi ostida faoliyat yuritmoqda.
Quyidagi jurnallarda maqolalari chop etilgan: «Biznes-konsultant», «Bozor, pul va kredit», «Soliq to‘lovchining jurnali», «Federal auditorlik ma’lumotnomasi» (Rossiya Federatsiyasi), «Marketing Mix» axborot-tahliliy jurnali.
— «HOLIS GURUH» BRENDI OSTIDA faoliyat yuritib, biz katta yutuqlarga erishdik. Birinchi mustaqil reyting kompaniyasi «Audit reyting» bahosiga ko‘ra, «Holis Guruh» O‘zbekistondagi eng yaxshi auditorlik tashkiloti deb topilgan. Kompaniya xalqaro va milliy audit standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlar auditi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida sifat menejmenti tizimini joriy etdi. 2010-yilda esa «Holis Guruh» Amerikaning Savdo-sanoat palatasi — AMCHAM Uzbekistan a’zoligiga qabul qilindi va Jenevada bo‘lib o‘tgan 35-xalqaro sifat bo‘yicha konvensiyada «Xalqaro sifat uchun oltin yulduz» mukofotiga sazovor bo‘ldi.
— BIZNING ASOSIY YUTUG‘IMIZ: 2011-yildan boshlab Holis Group kompaniyalar guruhi xalqaro tashkilot — Grant Thornton International brendi ostida faoliyat yuritmoqda. Bu nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham mijozlarimiz uchun yangi xizmatlarni rivojlantirish imkonini berdi. Ushbu qadam xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvning navbatdagi bosqichi bo‘ldi, xalqaro hamkorlik va hamkor tashkilotlar mutaxassislarining tajribasidan foydalanish imkoniyatini yaratdi.
— GRANT THORNTON FAOLIYATI O‘zbekistonda mamlakatimizning keyingi iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi va ilg‘or xalqaro tajriba asosida audit, konsalting va baholash yo‘nalishlarini rivojlantirishga, yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan.
— YILLAR DAVOMIDAGI FAOLIYAT natijasida kompaniyada kelajakka ishonchli qarash shakllandi. Bu esa oldinga intilish, kasbiy dunyoqarashni kengaytirish, mukammal sifat va mijozlarga e’tibor tamoyillariga sodiq qolish istagi bilan uyg‘unlashadi. Bizning ishimizning eng katta e’tirofi — O‘zbekiston korxonalari va xalqaro kompaniyalar bilan uzoq muddatli hamkorlik bo‘lib, u iliq va mustahkam biznes munosabatlariga aylanganidir.
— GRANT THORNTON INTERNATIONAL A’ZOLIGI tufayli biz milliy va xalqaro kompaniyalarga xalqaro standartlarga muvofiq taqdim etilayotgan moliyaviy ma’lumotlarga investorlar ishonchini oshirishga yordam beradigan to‘liq xizmatlar majmuasini taqdim etamiz. Mijozlarimiz Grant Thornton International vakolatxonalari mavjud bo‘lgan dunyoning turli mamlakatlarida malakali yordam olishlari mumkin. Bu, ayniqsa, transmilliy kompaniyalar uchun juda muhimdir.
— KOMPANIYA RIVOJLANMOQDA, faoliyat geografiyasi kengaymoqda, zamonaviy bozor talablari va mijozlar ehtiyojlarini hisobga olgan holda ish uslubi takomillashmoqda. Ammo asosiy tamoyillarimiz o‘zgarmaydi: xizmatlarning yuqori sifati, har bir mijozga individual yondashuv, u bilan doimiy aloqada ishlash, yuqori professional va axloqiy me’yorlarga rioya qilish.
AUDITORLIK TASHKILOTI MChJ «GRANT THORNTON»
“GRANT THORNTON” O‘zbekistonning davlat va xususiy sektor korxonalariga auditorlik, soliq, ekspertiza xizmatlari hamda maslahatlarning to‘liq majmuasini taqdim etadi. Kompaniya mutaxassislari mahalliy va xalqaro bozorlarni chuqur anglash bilan birga, yuqori raqobatli bozor sharoitida biznesning ravnaq topishiga yo‘naltirilgan texnik jihatdan ilg‘or tizimlarni ham mukammal biladi. Xalqaro tajribaning mahalliy ekspert bahosi va bilimlari bilan uyg‘unligi mijozlarga boshqaruv konsaltingi, moliyaviy audit, buxgalteriya hisobi, iqtisodiy va moliyaviy tahlil kabi sohalarda yuqori sifatli xizmatlar olish imkonini beradi. Biz moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va xalqaro audit standartlari sohasida ko‘p yillik tajribaga egamiz.
- Manzil
- 100128, Toshkent sh., Abay ko‘chasi, 1A
- Telefon
- 71 2304543, 71 2444745
- Sayt
- www.grantthornton.uz, www.gtv.uz
- audit@uzgt.uz