To‘xtayev Zilola Bahodirovna
1981-yil 27-yanvarda Surxondaryo viloyatining Boysun shahrida tug‘ilgan.
2001-yilda Toshkent Davlat Sharqshunoslik Institutining fors va ingliz filologiyasi yo‘nalishini (bakalavriat) tamomlagan, 2005-yilda Chet tillar institutining ingliz tili yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichini tugatgan.
2006-yildan boshlab — tadbirkorlik faoliyatini boshlagan.
Turmush qurgan, 3 nafar farzandni tarbiyalamoqda.
BIZ ODAMLARGA OZODALIK MADANIYATINI ULASHAMIZ. Har bir ish ozodalikdan boshlanadi, zero u – salomatlik, qulaylik va ijobiy obro‘-e’tibor demakdir. Biz esa o‘z ishimizni mamnuniyat bilan bajarib, ishonib topshirilgan binolarni Yevropa standartlariga mos holatga keltiramiz. O‘zbekistonda tozalash xizmati, ya’ni klining xizmat ko‘rsatish sohasi sifatida endigina shakllanmoqda. Hozircha odamlarga professional tozalashning ahamiyatini anglatish ancha mushkul, biroq biz buni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz va yaqin kelajakda O‘zbekiston viloyatlarida filiallarimizni ochishni rejalashtirmoqdamiz.
ROYAL CLEAN SERVICE XIZMAT DARAJASI uy xizmatchilari va farroshlardan iborat stixiyali klining bozori taklif etayotgan xizmatlardan bir pog‘ona yuqori turadi. Bizning va ularning ish natijalarini solishtirganda, tozalashga bo‘lgan jiddiy yondashuvimizga oid har qanday shubha darhol yo‘qoladi. Biz binolarni shunchaki tozalashni yuqori texnologik jarayon darajasiga ko‘tardik: faqat professional uskunalar, preparatlar va yuvish vositalari bilan ishlaymiz, klining xodimlarimiz esa muntazam ravishda malaka oshirib, attestatsiyadan o‘tadilar. Professional tozalash ko‘nikmalarini xorij tajribasidan o‘rganamiz. Shuningdek, alohida parvarish talab qiladigan, qimmatbaho va tez-tez almashtirib bo‘lmaydigan tosh – marmarni kristallash texnologiyasini joriy etdik va rivojlantirib bormoqdamiz. Barcha ishlarni a’lo darajada bajarish barobarida, mijozlarning istaklariga nihoyatda sinchkovlik bilan yondashamiz va zudlik bilan e’tibor qaratamiz. Mijoz natijadan yuz foiz qoniqmaguncha ishni yakunlamaymiz. Xizmatlarimiz sifati tufayli ko‘plab mijozlar kompaniyamiz tashkil topganidan beri biz bilan birga.
SHARQ ISHBILARMON AYOLI UCHUN oila birinchi o‘rinda turadi, martabaga erishish esa yaqinlari va qarindoshlarining qo‘llab-quvvatlashi bilangina haqiqatga aylanadi. Mening oilam katta, uyim katta, bir vaqtning o‘zida ko‘p ishlarni bajaraman va turli-tuman vazifalarning ulkan hajmini uddalayman. Avvalo, men ayolman – rafiqa, ona, qiz va kelinman. Ammo men uch yil bola parvarishi ta’tilida o‘tira olmayman, tug‘ruqdan besh kun o‘tgach ishga chiqaman, chunki biznesim kutib turmaydi, u hayotimda muhim o‘rin egallaydi.
PUL MUSTAQILLIK hamda o‘ziga va o‘z kuchiga ishonch bag‘ishlaydi. Ammo pul baxt keltirmaydi. Mening eng katta baxtim – farzandlarim; ular bilan bog‘liq har bir narsa quvonch va hayrat baxsh etadi. Bo‘sh vaqtlarimni ularga bag‘ishlayman, ular bilan birga bo‘lishni yaxshi ko‘raman: birga sayr qilamiz, kitob o‘qiymiz, o‘ynaymiz. Ularning aqlli va ziyrak bo‘lib ulg‘ayayotganini ko‘rib zavqlanaman. Hayotimning bu jihati e’tiborimdan chetda qolmasligi juda muhim.
KLINING KOMPANIYASI «ROYAL CLEANING SERVICE»
“ROYAL CLEANING SERVICE” tozalash kompaniyasining faoliyati poklik va shinamlik yaratishga yo‘naltirilgan. Kompaniya binolarni professional tozalash, hududlarni obodonlashtirish sohasida faoliyat yuritadi hamda ofislar, do‘konlar, xonadonlar, restoranlar, ta’lim muassasalari, ko‘rgazma zallari va galereyalar, aeroportlar, avtoturargohlar va boshqa ko‘chmas mulk obyektlariga kompleks professional xizmat ko‘rsatishni taklif etadi. Shuningdek, yumshoq va qattiq qoplamalar, yumshoq mebellar, jalyuzilar va pardalar, basseynlarni kimyoviy tozalash, marmarni kristallash, derazalarni yuvish va boshqa ishlarni amalga oshiradi.
Kompleks tozalash ishlarini mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, elektr va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha dastlabki yo‘riqnomadan o‘tgan yuqori malakali, maxsus o‘qitilgan xodimlar bajaradi. Mijozning manziliga unga qulay vaqtda boriladi; maxfiylik hamda ko‘rsatiladigan xizmatlarning yuqori sifati kafolatlanadi.
- Manzil
- ...
- Telefon
- ...