KY Kiselyova Yelena Anatolyevna
O‘zbekistonning 100 ta eng muvaffaqiyatli top-menejeri

Kiselyova Yelena Anatolyevna

Ta’sischi XK «SAVA CONSULT»
«Tajriba – izlanuvchan aqlning anglangan hosilasidir…»

2 iyun 1960-yilda Andijonda tug‘ilgan.

ToshDUning amaliy matematika va mexanika fakultetini tamomlagan.

1991-yil — tashqi iqtisodiy faoliyat, marketing va menejment bo‘yicha kurslarni tamomlagan (VOIR universiteti).

1993-yil — buxgalteriya hisobi bo‘yicha kurslarni tamomlagan.

1994-yil — trenerlar tayyorlash treningi (TOT).

1996-yil — Germaniya Texnik Hamkorlik Jamiyati (GTZ) ko‘magida amalga oshirilgan «O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish» hukumatlararo loyihasi doirasida konsultantlar tayyorlash treningida (TOC) ishtirok etgan. Xorijiy va mahalliy biznes tuzilmalari bilan, shuningdek, xalqaro loyihalarda ko‘p yillik professional ish tajribasiga ega.

1995-2001-yillar — Biznesga ko‘maklashish markazida bosh buxgalter, biznes-trener va konsultant lavozimlarida ishlagan.

2006-yildan — «SAVA CONSULT» konsalting kompaniyasi ta’sischisi.

2010-yildan — sertifikatlangan KAIZEN-amaliyotchisi.

«Iqtisodiy sharh», «Menejment», «Konsultant» jurnallarida maqolalari chop etilgan.

SAVA, SUCCESSFUL BUSINESS ADMINISTRATION VIA ADVICE, ya’ni “Maslahat orqali muvaffaqiyatli boshqaruv” — bu nom bizning missiyamizni to‘laqonli ifodalaydi: bilim va tajribaga tayanib, hamkorlarimiz biznesi uchun eng maqbul yechimlarni topish hamda har bir loyiha ustida ishlash orqali mavjud resurslar salohiyatini ochish va ro‘yobga chiqarish.

MASLAHATCHILARDAN NIMALAR KUTILADI? Muammolar mohiyatini, korxonaning o‘ziga xos jihatlarini, O‘zbekiston bozorining umumiy manzarasini tushunish; har bir qadam muvaffaqiyat sari yetaklaydigan ekspert bilimlari, tavsiyalar va kompaniyadagi zaruriy o‘zgarishlar; xodimlar bilan ishlashda esa — ularni samarali mehnatga undash.

BIZ RIVOJLANISHNING YANGI POG‘ONASIGA KO‘TARILISHGA YORDAM BERAMIZ, yangi sifat darajasiga erishishga, takomillashtirish charxpalagini harakatga keltirishga ko‘maklashamiz. Takomillashuv yo‘liga o‘tgan, muayyan samaradorlikka va sifatli mehnat standartlariga erishgan mijoz yanada oldinga intilish zaruratini anglab yetadi. Ana shunday keskin o‘sish kerak bo‘lganda, biz yordamga kelamiz. Ko‘pincha o‘zgarishlar uchun sarflanadigan vaqt va moddiy xarajatlar juda kam bo‘ladi, natija esa eng dadil taxminlarni ham oqlaydi: savdo hajmi ortadi, mehnat unumdorligi yuksaladi. Mijozga ichki texnologiya va bilimlarni taqdim etish orqali biz unga mustaqil fikrlash, muammolarni aniqlash va ularning yechimini topish imkoniyatini beramiz. Vazifalarni hal qila olish qobiliyati va rivojlanish istagi mijozning o‘zida qolishi lozim.

KORXONA VA MENEJMENT-MASLAHATCHINING MUVAFFAQIYATLI HAMKORLIK PLATFORMASI — bu rahbarda o‘zgarishlarga nisbatan ongli ehtiyojning mavjudligidir: faoliyat yo‘nalishini izlash, rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tish, xarajatlarni kamaytirish hamda resurslarni tejashning ichki zaxiralarini topish zarurati.

BA’ZAN SHUNDAY BO‘LADI: rahbar rivojlanishni istaydi, xodimlar esa bu jarayonga to‘sqinlik qiladi; marketing xizmati o‘zgarishlarga tayyor, ammo ishlab chiqarish bo‘limi hamon eski uslubda ishlaydi. Bunga sabab — o‘zgarishlarga tayyorgarlik darajasining turlichaligidir: kimdir o‘z qarashlari va yondashuvlarini zudlik bilan o‘zgartirishga moyil, kimdir chekkada turib, “ishning oxiri nima bo‘larkin”, deya kuzatadi, yana kimdir esa ochiqchasiga qarshilik ko‘rsatadi. Bu holatda mas’uliyatni o‘z zimmaga olishga undash muhim. Insonni butunlay o‘zgartirib bo‘lmaydi, biroq unga rivojlanishning boshqa bir imkoniyatini ko‘rsatish mumkin va zarur. Bizning vazifamiz: vaziyatni tahlil qilish, jamoani birlashtirish va uni o‘zgarishlarga sozlash. Eng asosiysi, rahbar o‘zgarishlar uchun sharoit yaratib berishi kerak. Rivojlanishga intiladigan, o‘zgarishlar muhimligini anglaydigan mijozlar bilan ishlash biz uchun har doim yoqimli va qulay.

TOSHKENTDAGI KORXONALARDA KAIZEN TIZIMINI (“uzluksiz takomillashtirish”) joriy etish — bizning sevimli yo‘nalishlarimizdan biridir. KAIZEN — bu tejamkor ishlab chiqarish falsafasi bo‘lib, u katta sarmoyalarsiz ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirishga, axborot oqimlarini yo‘lga qo‘yishga, ofis faoliyatini takomillashtirish va optimallashtirishga yordam beradi. “Bu samaradorlikni oshirish va takomillashtirish usullari majmuyi emas, balki o‘ziga xos bir madaniyatdir. Uzluksiz takomillashuv insonlarni doimiy o‘rganishga undaydi va nafaqat o‘zgarishlarga qulay sharoit yaratadi, balki ularni tabiiy va zaruriy holatga aylantiradi”, — deydi Jeffri Layker “Toyota Taomili” asarida.

TADBIRKORLIK – bu ilm, demak, uni o‘rganish kerak. Korxonani yaxlit bir tizim sifatida “generalcha tasavvur” qila olgan, ildiz muammolarni aniqlash vositalari va metodikasini puxta egallagan holda, men muammolarni “kaftdagidek” ko‘rishga, o‘zaro bog‘liqlikni anglashga, maqsadlarni belgilashga hamda korxonaning uyg‘un va samarali rivojlanish vazifalarini aniqlashga yordam beraman.

Kompaniya haqida

XK «SAVA CONSULT»

«SAVA CONSULT» — biznesingiz uchun 911 xizmati!

Biznesni samarali boshqarish, jamoani jipslashtirish bo‘yicha konsalting xizmatlarini taqdim etamiz. Buning uchun jahon kompaniyalarining mashhur texnologiyalari hamda O‘zbekiston bozorining o‘ziga xos jihatlari inobatga olingan holda yaratilgan mualliflik ishlanmalarimiz asosida trening, seminar va biznes-kurslar o‘tkazamiz.

Kompaniyamiz maslahatchilari quyidagi yo‘nalishlarda yuqori malakaga ega:

  • Strategik rejalashtirish;
  • Xodimlarni rivojlantirish;
  • Marketing tadqiqotlari;
  • Kompaniyani bozorda ilgari surish konsepsiyasini ishlab chiqish;
  • Jarayonlarni optimallashtirish uslubi (KAIZEN).

Manzil
...
Telefon
...