Kompaniya

VAKOLATXONASI «SIEMENS» O‘ZBEKISTONDA

Elektrotexnika uskunalari - ishlab chiqarish, sotish

Siemens — Global innovatsiyalar tarmog‘i.

«Siemens» firmasining O‘zbekistondagi faoliyati 1891-yilda Markaziy Osiyo temir yo‘liga Morze apparatlari yetkazib berilishi bilan boshlangan. 1904-yilda Siemens ishtirokida Toshkent shahrida o‘lkadagi ilk 200 raqamli telefon stansiyasi qurilgan. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, mamlakat hukumati va «Siemens» AJ mas’ul shaxslari 1993-yilda shartnoma imzolab, o‘zaro ishonchga asoslangan uzoq muddatli hamkorlikka poydevor qo‘ydilar. Bugungi kunda Siemens elektronika va elektrotexnika sohasida jahon yetakchisi hisoblanadi. Konsernning 475 000 dan ortiq xodimi yangi mahsulotlar va yechimlar ishlab chiqish, kompleks loyihalarni amalga oshirish hamda mijozlarning shaxsiy talablariga mos ravishda keng ko‘lamli xizmatlar ko‘rsatish ustida ishlamoqda. Siemens dunyoning 190 dan ortiq mamlakatida o‘z buyurtmachilarini turli tijoriy va texnik vazifalarni hal etish uchun innovatsion texnologiyalar va keng qamrovli nou-xau bilan ta’minlaydi. Konsern quyidagi biznes yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi:

  • avtomatlashtirish va boshqaruv
  • energetika
  • transport
  • tibbiyot
  • informatika
  • yoritish texnikasi

Bundan tashqari, Siemens qo‘shma korxonalarda ishtirok etgan holda maishiy va kompyuter texnikasi bozorlarida ham faoliyat olib boradi:

  • BSH Bosch und Siemens Hausgerate GmbH — maishiy texnika
  • Fujitsu Siemens Computers — kompyuter texnikasi

Shuningdek, konsern moliya va ko‘chmas mulkni boshqarish sohalarida ham xizmat ko‘rsatadi.

Manzil
100084, г. Ташкент, пр-т Амира Темура, 107Б
Telefon
78 1204123
Sayt
www.siemens.uz
E-mail
info.uz@siemens.com
Rahbarlar

Kompaniya shaxslari