Gyunter Uve
Uve Gyunter 1965-yil 7-sentyabrda Sharqiy Germaniyaning Leypsig shahrida tug‘ilgan.
Maktabni tugatgach, elektromexanik sifatida ta’lim oldi. Keyin armiya, Sovet Ittifoqida xizmat qilgan.
1990-yilda Kiyev harbiy bilim yurtini leytenant unvoni bilan tamomlagan.
1992-yilda Leypsigdagi Myunxen institutini "savdo bo‘yicha tijoratchi" mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
1993-1996-yillarda "HypoVereinsbank Germany" bankida ishlagan
1996-yildan beri "Siemens" kompaniyasida ishlaydi.
1996-2001-yillarda Rossiya-Ukraina-Germaniya qo‘shma korxonasi "MKM Telekom" kompaniyasining tijorat direktori lavozimida ishlagan. Kiyev (Ukraina)
2002-2004-yillarda - Siemens kompaniyasining Qozog‘istondagi vakolatxonasi direktori.
2004-yilda Siemens kompaniyasining Turkmanistondagi vakolatxonasida ish boshladi.
2007-yil fevral oyidan buyon Siemens kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga rahbarlik qilib kelmoqda.
Oilali, bir farzandi bor.
O‘RTA OSIYO BILAN TANISHUVIM 2002-yili Qozog‘iston Respublikasidan boshlangan. Bu shunchaki xizmat safari emas, ayni paytda mening tanlovim ham edi. Mutlaqo o‘zgacha madaniyat – bu men uchun juda qiziq edi. So‘ngra Turkmaniston bo‘ldi, 2007-yildan boshlab esa Siemens’ning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi shtab-kvartirasi O‘rta Osiyoning «oltin o‘rtalig‘i» – O‘zbekistonda joylashdi.
SIEMENS KOMPANIYASI Berlinda va Myunxenda joylashgan bo‘lib, boy an’analarga ega hamda o‘z faoliyatining barcha sohalarida bozorda yetakchi o‘rinlarni egallab kelayotgan, dunyodagi eng yirik elektrotexnika va elektronika firmalaridan biri hisoblanadi. Mana 160 yildirki, kompaniya tarixi mijozlar, aksiyadorlar va xodimlar manfaati yo‘lida korxonani barqaror boshqarish bilan ajralib turadi. Siemens buning zamirida uzoq muddatli iqtisodiy muvaffaqiyat, ekologik ongli xatti-harakatlar hamda jamiyat oldidagi mas’uliyat uyg‘unligini ko‘radi.
KONSERN 190 dan ortiq mamlakatdagi kuchli xalqaro ishtiroki bilan tavsiflanadi. Siemens o‘z mahsulotlarini dunyoning turli mamlakatlaridagi 290 ta korxonada ishlab chiqaradi. Kompaniyaning biznes portfeli oltita faoliyat sohasiga taqsimlangan: informatika va aloqa, avtomatlashtirish va boshqaruv, energetika, transport, tibbiyot hamda yorug‘lik texnikasi. Siemens kompaniyasining xalqaro biznesi 13 ta asosiy departament mas’uliyatida bo‘lib, moliyaviy operatsiyalar va ko‘chmas mulkni boshqarish ham shular jumlasidandir.
BIZNING BARCHA oltita faoliyat sohamiz kelajakning mega-tendensiyalarini aks ettiradi. Sog‘liqni saqlash, energetika, suvni tozalash va suv ta’minoti, mobillik, xavfsizlik, logistika va avtomatlashtirish sohalarida Siemens kelajak uchun yechimlarni ishlab chiqmoqda. “Global innovatsiyalar tarmog‘i” sifatida Siemens o‘zining keng qamrovli portfelining sohalararo sinergiyasidan foydalanadi va o‘z biznesini markazlashgan strategik yo‘nalish hamda markazlashmagan biznes mas’uliyati va tashkiliy tuzilma bilan aniq uyg‘unlikda olib boradi, buni mahalliy qiymat yaratish bilan birga qo‘shib amalga oshiradi. Kompaniyaning an’anaviy kuchli jihatlari uning innovatsion salohiyati, mijozga yo‘naltirilganligi, global ishtiroki va moliyaviy ishonchliligidir.
ELEKTROTEXNIKA VA ELEKTRONIKA sohasidagi yetakchi kompaniya uchun innovatsiyalar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Texnologik taraqqiyotning peshqadami bo‘lish uchun biz 2006-xo‘jalik yilida tadqiqot ishlari va yangi ishlanmalarga (FuE) 5,7 milliard YEVRO sarmoya kiritdik, mijozlar buyurtmasi asosidagi FuE departamenti faoliyati ham shunga kiradi. O‘tgan xo‘jalik yilida Siemens kompaniyasi tadqiqotchilari va muhandislari jami 10 400 ga yaqin ixtiro yaratdilar (o‘sish 17% ni tashkil etdi), shundan qariyb 6 200 tasi patent olish uchun taqdim etildi. Konsern Germaniyada patent olish bo‘yicha eng yirik ariza beruvchi hisoblanadi, Yevropada ikkinchi o‘rinni egallaydi va AQSHda eng yaxshi o‘nta kompaniya qatoriga kiradi. Tadqiqot ishlari va yangi ishlanmalar bilan shug‘ullanuvchi 49 000 nafarga yaqin xodimning aksariyati dasturiy ta’minot loyihalari ustida ishlaydi. Shu tariqa, Siemens dasturiy mahsulotlar sohasida dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biridir. Bundan tashqari, kelgusida biz mahsulotlarimiz, texnik yechimlar va uskunalarimizga qo‘shimcha ravishda xizmat ko‘rsatish operatsiyalari doirasini kengaytirishga e’tibor qaratamiz.
KORXONANI SHAFFOF, mas’uliyatli hamda uning qiymatini doimiy oshirishga yo‘naltirilgan tarzda boshqarish va nazorat qilish Siemens kompaniyasining biznes siyosatiga bo‘lgan ishonchning zaruriy shartidir. Aksiyadorlar huquqlarini hurmat qilish va himoyalash, hamkorlikning shaffofligi va dolzarbligi, shuningdek, Boshqaruv va Kuzatuv kengashi o‘rtasidagi samarali va yaqin hamkorlik Siemens kompaniyasida an’anaviy ravishda yuksak qadrlanadi. Xalqaro va milliy korporativ boshqaruv standartlari Siemens kompaniyasida uzoq vaqtdan beri amalda qo‘llanib kelinmoqda. Bundan tashqari, korporativ rezident sifatida biz faoliyat yuritayotgan joylardagi yashash sharoitlarini yaxshilashga o‘z hissamizni qo‘shamiz. Biz yoshlar ta’limini qo‘llab-quvvatlaymiz, ijtimoiy muammolarni hal etishda ishtirok etamiz hamda san’at va madaniyat rivojiga ko‘maklashamiz.
DUNYONING 100 TA MAMLAKATIDAN 800 000 ga yaqin aksiyadorga ega bo‘lgan Siemens bugungi kunda eng yirik ochiq aksiyadorlik jamiyatlaridan biridir. Aksiyadorlik kapitalining taxminan 55 foizi Germaniyadan tashqarida joylashgan. 2001-yil mart oyidan boshlab Siemens kompaniyasi aksiyalari Nyu-York fond birjasida (NYSE) ham joylashtirilgan.


VAKOLATXONASI «SIEMENS» O‘ZBEKISTONDA
Siemens — Global innovatsiyalar tarmog‘i.
«Siemens» firmasining O‘zbekistondagi faoliyati 1891-yilda Markaziy Osiyo temir yo‘liga Morze apparatlari yetkazib berilishi bilan boshlangan. 1904-yilda Siemens ishtirokida Toshkent shahrida o‘lkadagi ilk 200 raqamli telefon stansiyasi qurilgan. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, mamlakat hukumati va «Siemens» AJ mas’ul shaxslari 1993-yilda shartnoma imzolab, o‘zaro ishonchga asoslangan uzoq muddatli hamkorlikka poydevor qo‘ydilar. Bugungi kunda Siemens elektronika va elektrotexnika sohasida jahon yetakchisi hisoblanadi. Konsernning 475 000 dan ortiq xodimi yangi mahsulotlar va yechimlar ishlab chiqish, kompleks loyihalarni amalga oshirish hamda mijozlarning shaxsiy talablariga mos ravishda keng ko‘lamli xizmatlar ko‘rsatish ustida ishlamoqda. Siemens dunyoning 190 dan ortiq mamlakatida o‘z buyurtmachilarini turli tijoriy va texnik vazifalarni hal etish uchun innovatsion texnologiyalar va keng qamrovli nou-xau bilan ta’minlaydi. Konsern quyidagi biznes yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi:
- avtomatlashtirish va boshqaruv
- energetika
- transport
- tibbiyot
- informatika
- yoritish texnikasi
Bundan tashqari, Siemens qo‘shma korxonalarda ishtirok etgan holda maishiy va kompyuter texnikasi bozorlarida ham faoliyat olib boradi:
- BSH Bosch und Siemens Hausgerate GmbH — maishiy texnika
- Fujitsu Siemens Computers — kompyuter texnikasi
Shuningdek, konsern moliya va ko‘chmas mulkni boshqarish sohalarida ham xizmat ko‘rsatadi.
- Manzil
- 100084, г. Ташкент, пр-т Амира Темура, 107Б
- Telefon
- 78 1204123
- Sayt
- www.siemens.uz
- info.uz@siemens.com