“BALANS PLUS” MChJ — professionallar jamoasi.
“BALANS PLUS” MChJ 2005-yil 21-noyabrda tashkil etilgan.
Kompaniyaning faoliyat yo‘nalishlari: konsalting, o‘qitish va keng qamrovli buxgalteriya xizmatlari. U o‘z shtatida professional buxgalterlar, auditorlar, marketologlar, huquqshunoslar, o‘qituvchilar va moliyaviy maslahatchilardan iborat jamoaga ega. Kompaniya buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish sohasida autsorsing xizmatlarini ko‘rsatadi, marketing tadqiqotlarini o‘tkazishni taklif qiladi, huquqiy maslahatlar beradi, shuningdek, biznesni rejalashtirish, boshqaruv hisobi va kadrlar tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Kompaniya tadbirkorlarga buxgalteriya hisobining barcha yoki ayrim yo‘nalishlarini, huquqiy va muayyan boshqaruv masalalari yechimini professionallarga topshirish imkoniyatini taqdim etadi.