“Bravo” mebel saloni 2005-yilda tashkil etilgan. Salon o‘zining tayyor mebellari hamda import mahsulotlarini sotishga ixtisoslashgan. “Bravo” kompaniyasining oshxona garnituralari respublikamizda keng ommalashgan bo‘lib, shu tufayli salon “Choice of the year in Uzbekistan” tomonidan tashkil etilgan “2006-yilning O‘zbekistondagi 1-sonli mahalliy oshxona mebeli” sertifikatiga sazovor bo‘lgan.
Mebel ishlab chiqarishda Yevropaning yuqori sifatli butlovchi qismlari va xomashyosidan foydalaniladi. Mebel fabrikalari zamonaviy xorijiy uskunalar bilan jihozlangan.
Kompaniyaning bosh mutaxassislari Italiyada malaka oshirganlar.