Kompaniya

O‘QUV MARKAZI «KARYERA»

Ta’lim

“Karyera” O‘MM — “Sifatli ta’lim — muvaffaqiyat va mansab o‘sishi garovidir”

“Karyera” o‘quv-maslahat markazi aholining turli toifalariga pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish maqsadida 2002-yilda tashkil etilgan.

Markazning asosiy vazifasi — zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatishdan iborat. Markaz mehnat bozorida eng talabgir bo‘lgan yo‘nalishlar: buxgalteriya hisobi, kompyuter savodxonligi, dizayn va menejment bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlaydi.

O‘quv markazida tajribali o‘qituvchi-amaliyotchilardan iborat ahil jamoa faoliyat yuritadi va ularning ko‘pchiligi “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” unvoniga sazovor bo‘lgan. O‘qituvchilar tarkibining kasbiy mahorati doimo eng yuqori darajada saqlab turiladi. Ayni paytda kompaniya shtatida 40 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi.

Markazning yangi egallagan mutaxassisligi bo‘yicha muvaffaqiyatli ishga joylashgan minglab bitiruvchilari — “Karyera” O‘MMda olingan ta’lim sifatining eng yaxshi isbotidir.

“Karyera” kadrlar agentligi — “Natija uchun ishlaymiz”.

Agentlik turli faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori va o‘rta bo‘g‘in xodimlarini professional tanlash bilan shug‘ullanadi. Ish izlovchilarning salmoqli qismini O‘quv markazi tinglovchilari tashkil etadi. Markazning kadrlar agentligi hamkor korxonalar oldida nomzodlarning o‘qitilish sifati uchun to‘liq mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Bundan tashqari, agentlik kompaniyalarga konsalting xizmatlarini taqdim etadi: mehnat qonunchiligi yuzasidan maslahatlar, kasbiy va shaxsiy rivojlanish treninglari, kadrlar va boshqaruv konsaltingi, ishga nomzodlarni kasbiy va psixologik testdan o‘tkazish.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zbekko‘mir” AJ, “O‘zelektroapparat” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va boshqa ko‘plab tashkilotlar kompaniyaning korporativ mijozlari hisoblanadi.

Manzil
...
Telefon
...
Sayt
www.kariera.uz
E-mail
u-centr1@mail.ru
Rahbarlar

Kompaniya shaxslari