UY-JOY VA SANOAT QURILISHI OBYEKTLARINI LOYIHALASHTIRISH SOHASIDAGI XIZMATLARNING TO‘LIQ MAJMUASI.
“MIKAZ” YOAJ, hozirgi kunda “MIKAZ PROEKT” MCHJ firmasi 1989-yildan buyon, ya’ni 18 yildirki, bino va inshootlarni loyihalashtirish xizmatlari bozorida faoliyat yuritib kelmoqda. Firma O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi Arxitektura va qurilish departamentining loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha litsenziyalariga ega. Ayni paytda Rossiya Federatsiyasida bino va inshootlarni loyihalashtirish uchun litsenziya olish ishlari olib borilmoqda.
1992–2003-yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Hukumat aloqa xizmati firmaning asosiy buyurtmachilari bo‘lgan. Ular uchun harbiy shaharchalardan tashqari, respublikamizda muqobili yo‘q ixtisoslashtirilgan inshootlar ham loyihalashtirilgan.
2004-yildan boshlab “MIKAZ” YOAJ eksport shartnomalari asosida O‘zbekiston tashqarisida faol ish yurita boshladi. Asosiy buyurtmachi – Qozog‘istonning eng yirik qurilish korporatsiyasi “Bazis A”. Bu davr ichida Qozog‘iston Respublikasi uchun bir nechta yirik turar-joy majmualari loyihasi bajarildi.
Barcha zaruriy xizmatlar va ko‘ngilochar maskanlar infratuzilmasiga ega bo‘lgan, yuqori darajada qulay, hashamatli turar-joylar loyihalashtirish va qurilish sohasidagi eng so‘nggi, ilg‘or texnologiyalar asosida ishlab chiqilmoqda. “MIKAZ” YOAJ – zamonaviy dunyoda talab yuqori bo‘lgan erkin planirovkaga imkon beruvchi, bikrlik diafragmali rigelsiz karkasni qo‘llovchi sanoqli loyiha tashkilotlaridan biridir.
Qurilayotgan barcha obyektlar firma mutaxassislari tomonidan doimiy mualliflik nazoratiga olinib, texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi.
Firma o‘tgan yillar davomida nafaqat O‘zbekistondagi, balki yaqin va uzoq xorijdagi buyurtmachilar uchun ham ishonchli hamkor sifatida o‘zini namoyon qila oldi.