ML Mileykovskaya Larisa Borisovna
O‘zbekistonning 100 ta eng muvaffaqiyatli top-menejeri

Mileykovskaya Larisa Borisovna

«SEVGAN MASHG‘ULOTIM, SEVIMLI SHAHARIM, SEVIMLI OILAM»

Mileykovskaya Larisa Borisovna 28-mart kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.

1975-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining mexanika-texnologiya fakultetini muhandis-texnolog, materialshunos mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

1975–1983-yillarda Yengil sanoat vazirligining Hisoblash markazida ishlagan.

1983–1994-yillarda Moliya vazirligida faoliyat yuritgan.

1994–1998-yillarda «MIKAZ« firmasi direktori o‘rinbosari bo‘lgan.

1998-yildan «MIKAZ« Yopiq aksiyadorlik jamiyati direktori.

Turmush qurgan, ikki nafar farzandi bor.

Tashkilotimizning o‘n sakkiz yillik faoliyati haqida o‘ylaganingizda, hayotimizda hamma narsa naqadar nisbiy ekanini anglab yetasiz. Bu bir asrlik va undan ko‘proq tarixga ega kompaniyalar bilan solishtirganda, albatta, ko‘p emas. Ammo yangi iqtisodiy sharoitlarga moslasha olmagan, biznes tamoyillarini tushunmagan va o‘zlari yaratgan “farzandlari”ni saqlab qololmagan minglab odamlarni eslasak, bu ancha katta muddat. Inson umri uchun esa bu juda uzoq vaqt.

O‘SHA PAYTLARI mamlakat tarixi va iqtisodiyotida yangi bir davr boshlanayotgan, voqealar kelajakda qanday tus olishini aniq (ishonch bilan) aytishning iloji yo‘q edi. Biz, ikki muhandis, o‘z ishimizni boshlash katta tavakkal ekanini juda yaxshi tushunardik. O‘shanda ikkimiz ham ma’lum bir mavqega erishgan edik: men – O‘zR Moliya vazirligi Hisoblash markazining bosh mutaxassisi, turmush o‘rtog‘im esa – “O‘zqishloqloyihaqurilish”ning loyihalar bo‘yicha bosh muhandisi edilar va o‘sha zamonga yarasha yaxshigina maosh olardik. Lekin, aftidan, qandaydir qoniqmaslik, o‘z harakatlarimizda ko‘proq erkinlikka intilish, nima qila olishingni tanlash imkoniyati hamda ikkimizda ham bor bo‘lgan tashkilotchilik qobiliyatlarini ishga solish istagi kuchli edi. Axir, ko‘p yillar davomida mehnat ta’tilimizni pionerlar lagerida tarbiyachi bo‘lib o‘tkazganimiz, men esa institutda o‘qib yurgan kezlarim vojaklik qilganim bejiz emasdi. Menga nimadir tashkil qilish, yaratish yoqadi.

VA BIZ JUR’AT ETDIK, lekin birdaniga emas. Avvaliga men qarshi bo‘ldim. Bir tomondan – oila, ikki farzand va yomon bo‘lmagan ish, ikkinchi tomondan esa – mutlaqo mavhum istiqbollar. Turmush o‘rtog‘im “erkin suzish”ga ketdilar, men esa yana bir necha yil davlat ishida qoldim.

ILK PAYTLAR juda og‘ir kechdi. Garchi hozir tushunib yetdimki, agar biznes bilan jiddiy shug‘ullansangiz, u har doim qiyin bo‘lar ekan. Shunchaki, ish rivojlangani sari bir muammolar o‘rnini boshqalari egallaydi. Boshida mablag‘ oilaga emas, aksincha, oiladan biznesni “oyoqqa turg‘izish” uchun ketardi. Choraklik mukofot pullari, 13-oylik, hatto oila budjetini ham qisishga to‘g‘ri keldi. Dam olish kunlarisiz, har kuni yarim tundan o‘tib, soat ikkigacha, go‘yo “ikki smena”da ishlardik.

FAOLIYATIMIZNING ENG BOSHIDANOQ turmush o‘rtog‘im bilan vazifalarimizni bo‘lib olganmiz. Ular – quruvchi-konstruktor, yuqori malakali mutaxassis. Barcha texnik masalalar, xizmat safarlari, buyurtmalarni ta’minlash, eng murakkab muzokaralar va shartnomalar ularning zimmalarida. Mening zimmamda esa tashkiliy, kadrlar masalalari va, albatta, moliya. Men ko‘pincha hazillashib, mening vazifam eng qiyini – pul sarflash, ularniki esa osonrog‘i – pul topish, deyman. Lekin hammaga ayonki, yo‘q narsani sarflashning iloji yo‘q.

KO‘P YILLARDAN buyon soliqqa oid qonunchilikdagi biron-bir o‘zgarishni o‘tkazib yubormaslik uchun “Soliq va bojxona xabarlari” gazetasining har bir sonini sinchiklab o‘rganaman. Vijdonli soliq to‘lovchi bo‘lish – iqtisodiy jihatdan foydali. O‘zbekistonda soliq qonunchiligi, ayniqsa, kichik korxonalarga nisbatan juda yaxshi, faqat undan to‘g‘ri foydalana bilish va soliqlarni yaxshi tushunish kerak.

AYNI PAYTDA firmamiz nafaqat O‘zbekistonda, balki yaqin xorij mamlakatlarida ham loyihalash sohasida o‘z o‘rnini mustahkam egallagan. Biz yuqori malakali mutaxassislarni munosib maosh bilan ta’minlay olamiz. Bu sohada chindan ham yaxshi mutaxassislar kam va bu hozir katta muammo. Xodimlarga qo‘yiladigan eng asosiy talab – professionallik. Turar joy binolarini loyihalash – xatoga o‘rin yo‘q bo‘lgan o‘ta mas’uliyatli ish. Zamonaviy qurilishda (“s lista”) xatolar juda qimmatga tushadi, shuning uchun bir necha bosqichli jiddiy nazorat tizimi mavjud. Qurilishlar kecha-yu kunduz davom etadi va ko‘pincha qarorlarni deyarli o‘sha zahoti qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Bu biznesda vaqt katta rol o‘ynaydi, u xususiy investorlarning xarajatlari miqdorini, bank kreditlari bo‘yicha foizlarni belgilaydi. Va bu bog‘liqlik teskari proporsionaldir. Uyga juda kamdan-kam hollarda kechki soat 9 dan oldin qaytamiz.

HAYOTNING BUNDAY SUR’ATI, albatta, ko‘p narsalardan bebahra qoldiradi. Teatr, jiddiy adabiyot, ta’til... Hozir faqat hamdardlik hissini uyg‘otmaydigan, chalg‘itadigan asarlarni o‘qiyapman. Lekin men hamma narsaga baravariga erishib bo‘lmaydi, deb hisoblayman, nimadandir voz kechishga to‘g‘ri keladi va bu o‘z biznesing uchun bir xil “to‘lov”dir. Garchi, kimdir barchasiga ulgurayotgandir, ehtimol. Men esa ulgurmayman.

MENING ahil oilam, ajoyib farzandlarim bor, yaqinda esa o‘g‘lim nabirali qilib quvontirdi. Farzandlarim oilaviy biznesda biz bilan birga ishlaydi va bu ularning o‘z qarori. O‘g‘lim transport institutini, qizim esa matematika fakultetini bitirgan. O‘ylaymanki, baxt – bu hayotdagi muvaffaqiyatlaringni anglashingdir. Ba’zan, to‘g‘ri yo‘ldan ketyapmanmi, o‘zi kerakli ishni tanladimmi, to‘g‘ri yashayapmanmi, degan o‘ylar kelganida, ularni yodga olish kerak. Yodingda bo‘lsinki, sening ahil oilang va sevimli ishing bor.

BOLALIGIMDA KIM BO‘LISHNI ORZU QILGANMAN? Bilmadim… Ko‘pchilik qizlar kabi raqqosa yoki aktrisa bo‘lishni istagandirman. “Sen yetim emassan” filmi suratga olinayotganda, hatto kinosinovlarga ham chaqirishgan. Ammo mendan aktrisa chiqmadi – o‘z vaqtida yig‘lay olmadim, rolimga kira bilmadim.

SAYOHAT QILISH menga xos emas. Yo‘l yurishni umuman yoqtirmayman. Narsalarni yig‘ishtirishni, uyimni tark etishni xush ko‘rmayman. Men uyjonli odamman… Hech qachon Toshkentdan ketmayman. Men shu yerda tug‘ilganman. Ehtimol, ko‘pchilik insonlar o‘zi tug‘ilib o‘sgan shaharni yaxshi ko‘radi. Men Toshkentni juda sevaman. Men uchun u – eng go‘zal shahar.

Men uchun bu eng yaxshi shahar, u yerda o‘zimni qulay va shinam his qilaman, yashil, gullarga burkangan, turli-tuman favvoralar va shildirab oqayotgan ariqlari ko‘p. Bunday shaharlar butun dunyoda ko‘p emas. Ammo u yanada go‘zalroq va ulug‘vorroq bo‘lishi, eng go‘zal poytaxtlardan biriga aylanishi, o‘ziga xos va zamonaviy bo‘lishi mumkin. Uning ajoyib radial tuzilishi zamonaviy qurilish uchun ulkan salohiyatga ega. Toshkentda gipermarket tashkil etishda ishtirok etishni juda xohlardim. Butun dam olish kunlari butun oila bilan kelish mumkin bo‘lgan va har kim o‘ziga mashg‘ulot topadigan joy. Bolalar muz maydoni yoki basseynga borishlari, ota-onalar esa zarur xaridlarni amalga oshirishlari, qahvaxonada o‘tirishlari, bouling o‘ynashlari mumkin. Bu ajoyib oilaviy dam olish kuni bo‘lardi. Bunday gipermarketlar Moskvada, Ostonada, Sankt-Peterburgda mavjud va qachondir Toshkentda ham albatta paydo bo‘ladi.

YOLG‘ONNI YOQTIRMAYMAN. Bunga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilaman. Kichik yolg‘on katta ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. Biznesda bu juda muhim. Hayotda esa ayniqsa...

Kompaniya haqida

ООО «MIKAZ PROEKT»

ПОЛНЫЙ КОМПЛЕКС УСЛУГ В СФЕРЕ ПРОЕКТИРОВАНИЯ ОБЪЕКТОВ ЖИЛИЩНОГО И ПРОМЫШЛЕННОГО СТРОИТЕЛЬСТВА.

Фирма ЗАО «MIKAZ», ныне ООО «MIKAZ PROEKT», осуществляет свою деятельность на рынке услуг по проектированию зданий и сооружений на протяжении 18 лет, начиная с 1989 года. Фирма имеет лицензию Государственного Комитета Республики Узбекистан по архитектуре и строительству и лицензию Департамента архитектуры и строительства Республики Казахстан на выполнение работ по подготовке проектно-сметной документации, в настоящее время ведётся работа по получению лицензии на проектирование зданий и сооружений Российской Федерации.

В период с 1992 по 2003 гг. основными Заказчиками являлись: Министерство Обороны РУз, Служба Национальной Безопасности РУз, Служба Правительственной Связи РУз, для которых, помимо военных городков, проектировались специализированные сооружения, не имеющие аналогов в Республике.

С 2004 года ЗАО «MIKAZ» стала активно осуществлять свою деятельность за пределами Узбекистана по экспортным договорам. Основной Заказчик — крупнейшая строительная корпорация Казахстана «Базис А». За этот период для Республики Казахстан было выполнено несколько крупных жилых комплексов.

Проектируемое элитное жилье повышенной комфортности с полной инфраструктурой необходимых услуг и развлечений разрабатывается на основе новейших передовых технологий в области проектирования и строительства. ЗАО «MIKAZ» — одна из немногих проектных организаций, применяющих безригельный каркас с диафрагмами жёсткости, обеспечивающий свободную планировку, так востребованную в современном мире.

За всеми строящимися объектами специалистами фирмы осуществляется постоянный авторский надзор и техническое сопровождение.

За годы работы Фирма зарекомендовала себя надёжным партнёром для Заказчиков не только Узбекистана, а также ближнего и дальнего зарубежья.

Manzil
100100, г. Ташкент, ул. Аския, 29
Telefon
71 2536107, 71 2536278
E-mail
mikaz@ars.uz