«AZIA» pivosi — ilg‘or texnologiyalar va vaqt sinovidan o‘tgan an’analarning uyg‘unligi.
“Ziyobaxsh-Uni-Treyding” O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasi O‘zbekiston Respublikasining Buxoro shahrida joylashgan. Kompaniya Germaniyadan keltirilgan zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan «AZIA» pivo zavodiga egalik qiladi. Zavodning quvvati 100 000 HL (10 000 000 litr)ni tashkil etadi va uni ikki barobarga oshirish imkoniyati mavjud.
«AZIA» pivo zavodi O‘zbekistondagi eng zamonaviy pivo ishlab chiqarish korxonalaridan biridir. Zavod pivo sanoatining jahondagi yetakchi kompaniyalari uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, ular transmilliy kompaniyalar korxonalaridagi uskunalardan aslo qolishmaydi. Ishlab chiqarish jarayoni maksimal darajada avtomatlashtirilgan (bu mualliflik nazoratini inkor etmaydi) va pivochilikning eng yuqori xalqaro standartlariga javob beradi.
Pivo zavodi 4 turdagi pivo ishlab chiqaradi:
Bavariya pivochilik texnologiyasi qoidalari va pivo sofligi to‘g‘risidagi qonunga qat’iy rioya qilgan holda «AZIA-Pilsner», «AZIA-Premium», «AZIA-Light» va «AZIA Alkogolsiz» navlarini ishlab chiqaradi.
Sifat segmenti bo‘yicha «AZIA» brendi ostidagi pivo mahalliy ishlab chiqaruvchilar orasida yagona bo‘lib, yuqori segment — «premium» klassiga mansubdir. «Ziyobaxsh-Uni-Treyding» qo‘shma korxonasi pivo sifatiga alohida e’tibor qaratadi. Bunga xorijiy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilinadigan eng sifatli xomashyodan foydalanish orqali erishiladi. Pivoning solod, xmel, pivo xamirturushi, filtrlash materiallari kabi asosiy tarkibiy qismlari Germaniyadan import qilinadi.
«Ziyobaxsh-Uni-Treyding» qo‘shma korxonasi pivo yuqori sifatiga asosan quyidagi omillar tufayli erishadi:
- korxonada o‘rnatilgan zamonaviy texnologik uskunalar;
- pivo tayyorlashda ishlatiladigan sifatli xomashyo;
- pivo sofligi to‘g‘risidagi qonunga binoan qo‘llaniladigan ishlab chiqarish texnologiyasi.