“Derbensev M. A.” YaTT o‘z faoliyatini 2001-yilda boshlagan. Korxona tantanalar uchun binolarni bezatish, shuningdek, bayram tadbirlarini o‘tkazishga ixtisoslashgan. Kompaniya zamonaviy aerodizaynni — Portugaliya va Meksikada ishlab chiqarilgan geliyli hamda folgali havo sharlari bilan bezatishni taklif etadi. Binolar va banket stollarini matolar bilan bezatish (drapirovka), gullar bilan yasatish xizmatlari ham mavjud. Kompaniya arsenalida ovoz va yorug‘lik uskunalari, turli maxsus effektlar, lazer shoulari bor. “Derbensev M. A.” YaTT Madaniyat va sport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Madaniy-ommaviy va sport tadbirlarini o‘tkazish direksiyasi, “O‘zbeknavo” DAK, “Infocom” va boshqa ko‘plab tashkilotlar bilan hamkorlik qilib keladi. Poytaxt va respublika viloyatlaridagi eng yirik restoran va mehmonxonalar kompaniyaning mijozlari hisoblanadi.